Suvsiz hayotni tasavvur qilib bo`lmaydi. Suv inson hayoti, tirikligimiz manbayidir
Download 16.84 Kb.
|
иктисодий сиёсат
- Bu sahifa navigatsiya:
- Reja: 1
Suv — hayot manbayi Suvsiz hayotni tasavvur qilib bo`lmaydi. Suv inson hayoti, tirikligimiz manbayidir. Odam och qolib bir necha kun yashashi mumkin, lekin suvsiz uzoq yashay olmaydi. Kundalik hayotimizda ham suvning ahamiyati va xizmati nihoyatda katta. Atrof-muhitning tozaligi, havoning mo`tadilligi, o`zimizning orastaligimiz ham suv tufayli. Shuning uchun ota-bobolarimiz suvni muqaddas bilib, uni tejashga katta e`tibor berganlar. Biz ham bu an`analarni davom ettirib, bir tomchi suvni ham ehtiyot qilib ishlatishimiz kerak. Soʻnggi yillarda mamlakatimizda suvdan oqilona foydalanish, uning sifati va xavfsizligini taʼminlash, shuningdek, suv isteʼmolini hisobga olishning zamonaviy innovatsion tizimlarini joriy etish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar koʻrilgan holda suvdan foydalanish, shu jumladan, suv taʼminoti va suv chiqarish sohasida izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. Suvdan foydalanishni samarali tartibga solishni taʼminlash uchun suv resurslarini boshqarish boʻyicha yangi tuzilmalar yaratilgan, suv taʼminoti va suv chiqarish sohasiga xususiy sektorni jalb qilish boʻyicha faol ishlar olib borilmoqda. Biroq global iqlim oʻzgarishi tufayli respublikada quruq fasllarning davomiyligi oshib bormoqda, togʻlarda qor zaxiralari maydoni kamaymoqda, kamsuvlik takrorlanishi tobora koʻpaymoqda, bu esa, oʻz navbatida, suv tanqisligi kelib chiqish xavfining oshishiga olib keladi. Shu bilan birga, mamlakat suv balansini boshqarishda vakolatli davlat organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish zarur darajada olib borilmayapti, shuningdek, suv resurslari sifati va xavfsizligi monitoringini amalga oshirishning samarali tizimi yaratilmagan. Reja: 1 Suvdan oqilona foydalanishni taʼminlash, aholi va iqtisodiyot tarmoqlarining xavfsiz Suv — hayot manbayi Suvsiz hayotni tasavvur qilib bo`lmaydi. Suv inson hayoti, tirikligimiz manbayidir. Odam och qolib bir necha kun yashashi mumkin, lekin suvsiz uzoq yashay olmaydi. Kundalik hayotimizda ham suvning ahamiyati va xizmati nihoyatda katta. Atrof-muhitning tozaligi, havoning mo`tadilligi, o`zimizning orastaligimiz ham suv tufayli. Shuning uchun ota-bobolarimiz suvni muqaddas bilib, uni tejashga katta e`tibor berganlar. Biz ham bu an`analarni davom ettirib, bir tomchi suvni ham ehtiyot qilib ishlatishimiz kerak.va sifatli suv resurslariga boʻlgan ehtiyojlarini qanoatlantirish, suv balansini boshqarishning samarali tizimini yaratish maqsadida, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi vazifalariga muvofiq: 1. Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) tomonidan yetakchi xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda, quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasining suv taʼminoti va suv chiqarish tizimini rivojlantirish strategiyasi konsepsiyasi ishlab chiqilayotgani maʼlumot uchun qabul qilinsin: respublikaning Yagona davlat suv fondi suvlarini hisobga olish, monitoring qilish, xavfsizligi va sifatini taʼminlashning yagona markazlashtirilgan tizimini yaratish, shuningdek, yagona suv balansini shakllantirish; respublika suv taʼminoti korxonalari negizida suv taʼminoti va suv chiqarish tizimlari obyektlarini ekspluatatsiya qilishda yagona operator funksiyasini bajarishni amalga oshiradigan alohida korporativ tuzilmani tashkil etish; respublikaning suv resurslarini boshqarish tizimini avtomatlashtirishni va ushbu sohadagi barcha biznes jarayonlarini raqamli formatga oʻtkazishni taʼminlaydigan “Raqamli suv taʼminoti korxonasi” tizimini joriy etish; soha korxonalarini modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlashni amalga oshirish maqsadida investitsiyalarni, shu jumladan, davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida jalb etish; zamonaviy talab va standartlarni hisobga olgan holda soha mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish.
suv balansining yagona axborot tizimini yaratgan holda Yagona davlat suv fondi suvlarining miqdoriy va sifat koʻrsatkichlari toʻgʻrisida vakolatli organlar va tashkilotlarning maʼlumotlarini toʻplash, umumlashtirish va tizimlashtirish orqali respublikaning yagona suv balansini shakllantirishni tashkil etish; suvni hisobga olishning holati, uning xavfsizligi va sifatini taʼminlash toʻgʻrisida vakolatli organlar va tashkilotlar tomonidan taqdim etilayotgan maʼlumotlarning ishonchliligi monitoringini oʻtkazish, zarur boʻlganda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ishlab chiqish; Yagona davlat suv fondi suvlarini hisobga olish, monitoring qilish, xavfsizligi va sifatini taʼminlash boʻyicha vakolatli organlar va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish; toza ichimlik suvining strategik zaxiralarini yaratishni tashkil etish, shu jumladan, katta hajmdagi zaxira manbalarini barpo etish; suvdan foydalanish sohasida zamonaviy innovatsion texnologiyalarni, shu jumladan, suvning miqdori va sifatini hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etishni muvofiqlashtirish, ularning respublika suv balansining yagona axborot tizimiga integratsiyalashuvini taʼminlash. 3. Vazirlikning markaziy apparati tarkibiga Yagona davlat suv fondi suvlarini hisobga olish, monitoring qilish, xavfsizligi va sifatini taʼminlash, respublikaning yagona suv balansini shakllantirish, shuningdek, suv taʼminoti va suv chiqarish tizimiga zamonaviy texnologiyalarni joriy etishni tashkil qilish va muvofiqlashtirishga masʼul boʻlgan vazirning birinchi oʻrinbosari lavozimi kiritilsin. 4. Vazirlik markaziy apparati tarkibida: Yagona suv balansini shakllantirish va monitoring qilish bosh boshqarmasi; Yagona davlat suv fondi suvlarining xavfsizligi va sifatini taʼminlash boshqarmasi; Suv taʼminoti va suv chiqarish tizimlariga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish boshqarmasi tuzilsin. Belgilab qoʻyilsinki, Vazirlikda yangi tashkil etilayotgan boshqarmalarning shtatlari soni Vazirlikning markaziy apparati va hududiy boʻlinmalarining tegishli shtatlar sonini qisqartirish hisobiga shakllantiriladi. 5. Vazirlik, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligining: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasini Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi huzuridagi Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi sifatida qayta tashkil etib, amaldagi vazifa va funksiyalarini, shuningdek, moliyalashtirish tartibini saqlab qolgan holda Vazirlik tarkibiga oʻtkazish; “Oʻzsuvtaʼminot” aksiyadorlik jamiyatini tashkil etish va uning ustav kapitalini mazkur Farmonning 1-ilovasida koʻrsatilgan Vazirlikning davlat unitar korxonalari ustav kapitalidagi davlat aktivlari va ulushlarini topshirish hisobiga shakllantirish, shuningdek, ushbu korxonalarni masʼuliyati cheklangan jamiyatlar sifatida qayta tuzish; 2020-yil 1-yanvardan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining koʻrsatilayotgan suv taʼminoti va suv chiqarish xizmatlari uchun toʻlovlarning toʻliqligi va oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlash, isteʼmolchilarning qarzdorligini kamaytirish boʻyicha funksiyalarini “Oʻzsuvtaʼminot” AJ va uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlarga oʻtkazish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin. 6. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq: Vazirlik tomonidan Yagona davlat suv fondining barcha suvlar turlariga nisbatan miqdoriy va sifat koʻrsatkichlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni aks ettiruvchi respublika suv balansining yagona axborot tizimi yuritiladi; Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi Yagona davlat suv fondining barcha suvlar turlariga nisbatan miqdoriy va sifat koʻrsatkichlari toʻgʻrisidagi hisob maʼlumotlarini tizimli ravishda Vazirlikka taqdim etib boradi; Vazirlik suvni hisobga olishning toʻgʻriligini, uning xavfsizligi va sifatini tasdiqlangan va yangilangan maʼlumotlarni yagona maʼlumotlar bazasiga kiritgan holda monitoring qiladi, shuningdek, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ishlab chiqadi hamda ularni suvdan foydalanishni tartibga solish sohasidagi vakolatli organlar va tashkilotlarga joʻnatadi; Vazirlik tizimli ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga va Vazirlar Mahkamasiga suvni hisobga olish holati, uning xavfsizligi va sifatini taʼminlash, shuningdek, respublikaning yagona suv balansini shakllantirish toʻgʻrisidagi hisobotni aniq takliflar bilan taqdim etib boradi. 7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi huzuridagi Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi toʻgʻrisidagi nizom va respublika aholisini suv taʼminoti va suv chiqarish xizmatlari bilan taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ni tasdiqlasin. 8. Moliya vazirligi Vazirlik bilan birgalikda bir oy muddatda suv taʼminoti korxonalarining xalqaro moliya institutlari oldidagi qarzdorligini xatlovdan oʻtkazsin va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga moliyaviy yukni kamaytirgan holda uni qoplash toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 9. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Vazirlik bilan birgalikda bir oy muddatda kelgusi yillarda xalqaro moliya institutlarining kredit mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladigan suv taʼminoti va suv chiqarish tizimini yaxshilash boʻyicha loyihalar roʻyxatini shakllantirish, shuningdek, past rentabelli loyihalar va taqdim etilayotgan xizmatlardan kredit qoplanishi 50 foizdan kam boʻlgan loyihalarning amalga oshirilishiga yoʻl qoʻymagan holda ular boʻyicha texnik-iqtisodiy asoslarni ishlab chiqishni taʼminlasin. 10. Vazirlik Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda xorijiy maslahatchilarni jalb etgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar suv taʼminoti va suv chiqarish tizimlarini modernizatsiya qilish va boshqarish boʻyicha davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida loyihalarni amalga
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda suvdan foydalanishning strategik yoʻnalishlari, yagona yondashuv, avtomatlashtirish mexanizmlari va bosqichlarini ishlab chiqish va uning barcha jarayonlarini raqamli formatga oʻtkazishni taʼminlasin. 12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 2-ilovaga muvofiq qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin. 13. Vazirlik manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining respublika suv taʼminoti tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisidagi qarori loyihasini; qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 14. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi R. A. Gulyamov zimmasiga yuklansin. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING QARORI AHOLINING ICHIMLIK SUV TA’MINOTI VA OQOVA SUV XIZMATLARI BILAN TA’MINLANGANLIK DARAJASINI OSHIRISH BO‘YICHA QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA Respublika aholisini toza va sifatli ichimlik suv bilan ta’minlash hamda oqova suv xizmatlarini yaxshilash borasida olib borilayotgan ishlarni yanada jadallashtirish, ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmatlari qamrovini oshirish orqali ularning munosib turmush sharoitlarini yaratish hamda sog‘lig‘ini saqlash maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasiga asosan: respublika aholisining ichimlik suv bilan ta’minlanganlik darajasini 87 foizga yetkazish, 32 ta yirik shaharlar va 155 ta tuman markazlarida oqova suv tizimlarini yangilash; markazlashgan ichimlik suv bilan qisman ta’minlangan 4 658 ta va markazlashgan ichimlik suv bilan ta’minlanmagan 2 263 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarida loyiha takliflarini ishlab chiqish hamda ichimlik suv ta’minotini yaxshilash asosiy maqsadli ko‘rsatkichlardan etib belgilanganligi ma’lumot va ijro uchun qabul qilinsin. 2. Quyidagilar: markazlashgan ichimlik suv ta’minoti va oqova suv chiqarish xizmati bilan qamrov darajasini oshirish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar ko‘rsatkichlari 1-ilovaga muvofiq; respublikadagi ichimlik suv ta’minoti og‘ir holatdagi mahallalarning 2022 — 2025-yillarda ichimlik suv ta’minotini yaxshilash bo‘yicha yig‘ma ko‘rsatkichlari va dasturi 2 — 2o-ilovalarga muvofiq; 2022 — 2024-yillarda respublika hududlarida ichimlik suv tarmoqlarini uy xo‘jaligigacha yetkazish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi 3-ilovaga muvofiq; umumiy o‘rta ta’lim maktablari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamda tibbiyot muassasalarini 2022 — 2025-yillarda ichimlik suv bilan ta’minlash dasturi 4 — 6-ilovalarga muvofiq; avvalgi yillarda qurilish-montaj ishlari yakunlanmagan yoki foydalanishga topshirilmagan ichimlik va oqova suv obyektlarini to‘liq foydalanishga topshirish bo‘yicha tarmoq jadvali 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Bunda, “O‘zsuvta’minot” AJ, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari quyidagi chora-tadbirlarning amalga oshirilishini ta’minlasin: suv ta’minoti og‘ir bo‘lgan 1 545 ta mahallani to‘liq xatlovdan o‘tkazish va ularni toifalarga ajratish; hududlarda mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan quduq qazish, suv minorasi qurish hamda tarmoq tortish ishlarini amalga oshirish, xususan xonadonlargacha suv tarmoqlarini tortish ishlarini aholining tashabbuslari va takliflariga asosan ular bilan hamkorlikda bajarish; mahallalarda Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining ijtimoiy buyurtmasi asosida suv inshooti hamda tarmoqlarini qurish va rekonstruksiya qilish; quduq qazish va markazlashgan tarmoq tortib kelish imkoni bo‘lmagan mahallalarda tashib kelinadigan suv hisobiga markaziy suv hovuzlarini qurib, xonadonlarga tarmoq tortish. 3. Belgilansinki: Oldingi tahrirga qarang. a) 2023-yildan boshlab, har yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-sentabrdagi “Ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv tizimini yanada takomillashtirish hamda sohadagi investitsiya loyihalari samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6074-son Farmoniga asosan davlat ijtimoiy buyurtmalari doirasida aholi punktlarini markazlashgan ichimlik suv va oqova suv chiqarish xizmati bilan ta’minlash loyihalarini moliyalashtirish uchun Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida 50 mlrd so‘m ko‘zda tutiladi; (3-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 4-avgustdagi PQ-346-son qaroriga tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.08.2022-y., 07/22/346/0709-son) b) mazkur qarorning: 2 — 2o-ilovalarida ko‘rsatilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun mahalliy budjetlardan jami 444,6 mlrd so‘m, shu jumladan joriy yilda 106,3 mlrd so‘m mablag‘ ajratiladi. Bunda, tuman hokimliklari tomonidan har yili mahallalar kesimida amalga oshirish mexanizmlari (xususiy sektorni jalb qilish, aholi bilan hamkorlikda, davlat ijtimoiy buyurtmasi asosida) va moliyalashtirish manbalari ko‘rsatilgan “yo‘l xaritalari” ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi; 3-ilovasida ko‘rsatilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun “O‘zsuvta’minot” AJ tomonidan 180 mlrd so‘m mablag‘ ajratiladi; 4 — 6-ilovalarida nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun joriy yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlaridan jami 50 mlrd so‘m, 2023-yildan boshlab har yili respublika va mahalliy budjetlardan teng ulushlarda 50 mlrd so‘mdan, jami 100 mlrd so‘m ajratilishi ko‘zda tutiladi. Bunda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tegishli vazirliklar bilan birgalikda ikki oy muddatda respublika bo‘yicha umumiy o‘rta ta’lim maktablari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamda tibbiyot muassasalarining xatlovdan o‘tkazilishini ta’minlasin va natijalariga ko‘ra birinchi navbatda ichimlik suv bilan ta’minlanadigan ijtimoiy obyektlar bo‘yicha aniq manzilli dasturlarni ishlab chiqsin. 4. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga ko‘ra: a) 2023-yil 1-yanvardan boshlab: aholiga qiyoslash muddati tugagan suv hisoblagichlarni yangisiga almashtirish “O‘zsuvta’minot” AJ va hududiy suv ta’minoti korxonalarining mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi; respublika hududiga texnik talablarga javob bermaydigan suv hisoblagichlarni va ularning qo‘shimcha vositalarini olib kirish hamda o‘rnatish taqiqlanadi; b) ichimlik suv ta’minoti obyektlari foydalanishga tayyor holda topshirilgan taqdirda (o‘lchov uskunalari o‘rnatilib, ichimlik suv uy xo‘jaligigacha yetkazilgan taqdirda) aholining ixtiyoriga ko‘ra davlat xizmatlari markazlari orqali yoki “O‘zsuvta’minot” AJ bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnoma tuzishga va o‘lchov uskunalarini tamg‘alashga ruxsat beriladi; v) 2023-yil 1-yanvardan boshlab yuridik shaxs va yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi iste’molchilar tomonidan hududiy suv ta’minoti korxonalariga masofadan ma’lumot uzatuvchi zamonaviy suv hisoblagichlar o‘rnatilishi talab etiladi. Bunda: mazkur kichik bandning birinchi xatboshisida nazarda tutilgan zamonaviy suv hisoblagichlarning har birini sotib olish bilan bog‘liq xarajatlar summasiga, lekin bitta zamonaviy suv hisoblagich uchun bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda, hisoblangan va to‘lanishi lozim bo‘lgan aylanmadan olinadigan soliq yoxud yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan to‘lanadigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i summalarini kamaytirish huquqi berilsin; 2024-yil 1-yanvardan boshlab masofadan ma’lumot uzatuvchi zamonaviy suv hisoblagichlarni o‘rnatmagan yuridik shaxs va yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi iste’molchilarga ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmatlari uchun suvni hisobga olish uskunasi bilan ta’minlanmagan iste’molchilar sifatida hisob-kitob amalga oshiriladi; g) yuridik shaxs bo‘lgan iste’molchilarning ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmatlari yuzasidan debitor qarzdorligi bo‘yicha o‘zaro hisob-kitoblarni solishtirish dalolatnomasi imzolangan taqdirda, qarzni undirish iste’molchining bankdagi hisob raqamiga to‘lov talabnomasini qo‘yish yo‘li bilan amalga oshiriladi; d) Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi davlat ijtimoiy buyurtmasi asosida tashkil qilingan Ichimlik suv ta’minoti korxonalarining elektron reyestrini yuritadi hamda ularga uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatadi. 5. Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi va “O‘zsuvta’minot” AJ: Moliya vazirligi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi nomidan olingan davlat tashqi qarzlari bo‘yicha 2022-yil 1-may holatiga shakllangan muddati o‘tgan qarzdorlikni qayta hisob-kitob qilsin va mazkur qarzdorlikni bartaraf etish yuzasidan bir oy muddatda taklif kiritsin; Texnik jihatdan tartibga solish agentligi bilan birgalikda ikki oy muddatda sovuq va issiq suvni hisobga olish uskunalarining turlariga nisbatan texnik talablarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin. 6. “O‘zsuvta’minot” AJ Texnik jihatdan tartibga solish agentligi bilan birgalikda bir oy muddatda “O‘zsuvta’minot” AJ qoshida Sovuq va issiq suvni hisobga olish uskunalarini (hisoblagichlarni) yechish, qiyoslashdan o‘tkazish hamda o‘rnatish bo‘yicha metrologiya xizmatini va uning hududiy filiallarini tashkil etsin. Bunda, Texnik jihatdan tartibga solish agentligi “O‘zsuvta’minot” AJ qoshida tashkil etiladigan metrologiya xizmatini va uning hududiy filiallarini akkreditatsiyadan o‘tkazishda amaliy yordam ko‘rsatsin. 7. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi “O‘zsuvta’minot” AJ bilan birgalikda: bir oy muddatda billing tizimining zarur ma’lumotlar bazalari (notarial, kadastr, ichki ishlar, davlat xizmatlari, to‘lov tizimlari va boshqalar) bilan to‘liq integratsiyasini ta’minlagan holda uning funksional imkoniyatlarini kengaytirish ishlarini yakunlasin; jismoniy va yuridik shaxs bo‘lgan iste’molchilarga ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmatlarini hisobga olish bo‘yicha to‘liq ishga tushirilgan billing tizimining to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnoma asosida doimiy ekspluatatsiya qilinishini ta’minlab borsin. 8. Belgilab qo‘yilsinki: a) Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tomonidan: har yili birinchi chorak yakuniga qadar yer osti chuchuk suv resurslari kamayib ketayotgan hududlarning ro‘yxati tasdiqlanadi; yer osti chuchuk suv resurslari kamayib ketayotgan hududlarda suvdan foydalanuvchilarga ular tasarrufida bo‘lgan burg‘i quduqlari uchun texnik pasportlar bir yil davomida beg‘araz tayyorlab beriladi; b) Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tomonidan har ikki yilda bir marta Tashqi ishlar vazirligi va “O‘zsuvta’minot” AJ bilan birgalikda respublikada faoliyat yuritayotgan barcha suv ta’minoti korxonalarini, xalqaro va xorijiy tashkilotlar hamda mutaxassislarni jalb qilgan holda ommaviy axborot vositalarida keng yoritiladigan “Tashkent Water Conference” xalqaro ko‘rgazma va konferensiyasi o‘tkaziladi. 9. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bilan birgalikda ikki oy muddatda ochiq suv havzalari va joylarning relyefiga oqiziladigan tozalangan oqova suvlarning yo‘l qo‘yiladigan cheklangan konsentratsiya miqdorini qayta ko‘rib chiqsin va natijasi bo‘yicha asoslangan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 10. Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, “O‘zsuvta’minot” AJ uch oy muddatda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda “Yakkabog‘-Qarshi” magistral suv quvurini xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining kredit mablag‘lari hisobidan qurish va mavjud suv taqsimlash inshootlarini rekonstruksiya qilish” loyihasini amalga oshirish uchun 100 million AQSh dollarini jalb qilish hamda loyihalashtirish va qurilish ishlarini 2022 — 2024-yillarda amalga oshirishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 11. Qashqadaryo viloyati hokimligi “O‘zsuvta’minot” AJ bilan birgalikda bir oy muddatda “Koson va Muborak tumanlari markazlari hamda Kitob-Shahrisabz yer osti suv konidan suv olish quvuriga yaqin bo‘lgan qishloq aholi punktlari suv ta’minoti tizimini rekonstruksiya qilish” loyihasi yuzasidan suv olish quduqlari, inshootlar va magistral tarmoqlarini qurish uchun 19,6 gektar yer maydoni belgilangan tartibda ajratilishini ta’minlasin. 12. “O‘zbekneftgaz” AJ G‘uzor tumanidagi “Obod”, “Do‘stlik”, “Buyuk karvon yo‘li”, “Tinchlik”, “Amir Temur” mahallalaridagi 12,5 mingdan ko‘proq aholini ichimlik suv bilan ta’minlash maqsadida 23,5 milliard so‘m mablag‘ Moliya vazirligi huzuridagi “Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish” jamg‘armasiga bosqichma-bosqich joriy yil 1-sentabrga qadar o‘tkazilishini ta’minlasin. 13. Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, “O‘zsuvta’minot” AJ quyidagilarni: 2023-yilning I yarim yilligida Jahon banki bilan birgalikda amalga oshirilayotgan qiymati 78 million AQSh dollari bo‘lgan “Nukus shahri hamda Taxiatosh va Xo‘jayli tumanlari markazlarida kanalizatsiya tarmoqlarini qurish” loyihasi bo‘yicha qurilish ishlarini boshlasin; bir oy muddatda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan birgalikda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasiga ajratilgan mablag‘lar hisobidan 10 milliard so‘m mablag‘lar Nukus shahri ichimlik suv tozalash inshootini rekonstruksiya qilishga yo‘naltirilishini ta’minlasin. 14. “O‘zsuvta’minot” AJ: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan birgalikda Nukus, Beruniy, Mo‘ynoq, Qo‘ng‘irot, Qorao‘zak va Amudaryo tumanlari ichimlik suv tizimini yaxshilashga doir, qiymati 172 million AQSh dollari bo‘lgan Osiyo taraqqiyot banki ishtirokidagi yirik loyiha bo‘yicha qurilish ishlarini 2024-yilda yakunlash choralarini ko‘rsin; Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda “Farg‘ona, Marg‘ilon shaharlari va suv yo‘lidagi aholi punktlarini suv bilan ta’minlashni tubdan yaxshilash” loyihasining 2-bosqichi bo‘yicha loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqsin hamda Osiyo taraqqiyot banki ishtirokidagi “O‘zbekiston Respublikasida shaharlarni rivojlantirish loyihalarini tayyorlashni moliyalashtirish” loyihasi doirasida iqtisod qilingan mablag‘lar hisobidan moliyalashtirish yuzasidan tegishli choralar ko‘rsin. 15. Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, “O‘zsuvta’minot” AJ “Farg‘ona, Marg‘ilon shaharlari va suv yo‘lidagi aholi punktlarini suv bilan ta’minlashni tubdan yaxshilash” loyihasining 2-bosqichi bo‘yicha qurilish ishlarini 2023-yilning II yarim yilligida boshlasin. 16. Moliya vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi “O‘zsuvta’minot” AJ bilan birgalikda Surxondaryo viloyatida suv taqsimlash inshootlari va tarmoqlarini yangidan qurish va boshqarish loyihasining davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida amalga oshirilishini ta’minlasin va 2023-yil 1-martga qadar o‘rnatilgan tartibda loyihaning konsepsiyasi, texnik va moliyaviy modellarini ishlab chiqib, tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 17. Qurilish vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va “O‘zsuvta’minot” AJ tegishli loyiha ilmiy-tadqiqot tashkilotlari bilan birgalikda 2023-yil 1-yanvarga qadar ichimlik va oqova suv hamda issiqlik ta’minotiga oid shaharsozlik normalari va qoidalarini xatlovdan o‘tkazib, ularga zamonaviy talablardan va xorijiy tajribadan kelib chiqib o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritsin. 18. Davlat dasturlari ijro etilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika shtabi (E.T. Yuldashev) mazkur qaror doirasida amalga oshiriladigan loyihalar bo‘yicha mablag‘larning maqsadli ajratilishi va sarflanishi ustidan doimiy nazorat o‘rnatsin hamda har yarim yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritib borsin. 19. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A.E. Burxanov) mazkur qaror doirasida ajratilgan mablag‘larning maqsadli ishlatilishi jarayonida ochiqlik va oshkoralikni ta’minlash ustidan doimiy nazorat o‘rnatsin. 20. “O‘zsuvta’minot” AJ boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilikka ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 21. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri Sh.S. Xidoyatov hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari belgilansin. Qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV Toshkent sh., 2022-yil 24-may Hulosa Hozirda mamlakatimizda Orol dengizi fojiasi oqibatlarini bartaraf etish bo'yicha keng ko'lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, chang bo'ronlari muammosini hal qilish uchun Orol dengizi o'rnidagi 1 mln gektar maydonga 2030 yilga qadar tuzga chidamli daraxt ko'chatlarini ekish ishlari reja asosida olib borilmoqda. Muxtasar aytganda, bugun atrofimizda ro'y berayotgan suv bilan bog'liq ekologik muammolar barchamiz uchun ogohlik qo'ng'irog'i hisoblanadi. Bundan har birimiz tegishli xulosa chiqarib, suvni tejash va isrof qilmaslik tamoyilini kundalik mezonimizga aylantirishimiz zarur. Zero, global muammolar, aslida, kichik e'tiborsizliklardan kelib chiqishini unutmaylik. Bugun bizga hayot va zavq ulashayotgan toza ichimlik suvidan kelajak avlod ham bizdek bahra olishga haqli. Foydalanilgan adabiyotlar Internet daytlari: 1. Internetdagi rasmiy saytimiz: www.tsue.uz 2. Elеktron pochta manzili: info@tsue.uz 3. www.economyta-culty.uz 4. Новости Узбекистана – www.uzreport.com 5. http:G`G`www.prezident.uz. 6. www.micro-macroiqtisodiyout.fan.uz Download 16.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling