Diplomsiz ziyoli


Download 0.51 Mb.
bet23/52
Sana17.06.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1522625
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   52
Bog'liq
Эшонов Чоршанбе 1960

32 YIL YETARLI BO‘LDI…
Sag’iraeva Latofat
(1968-2000)
Hayotni erta tark etgan hamqishloqlar ism-sharifiga ko’zingiz tushar ekan, yuraklar zardobga to’ladi. Chunki Alloh taolo inoyati bilan yaratilgan odamzod bu hayotni ertami-kechmi, tark etmog’i aniq. Hayotda zurriyot qoldirishga ham ulgurmagan hamshilog’imiz L.Sag’iraeva 32 yoshida hayot bilan vidolashdi. U Muzrabot tumanining Yangiobod qishlog’ida tug’ilgan edi. A. Lohutiy nomli o’rta maktabni tugatib, Termiz tibbiyot kollejida tahsil oldi. 5 yilcha Termiz shahar tibbiyot muassasalarida ishladi. Latofat 2000 yilda kasallik tufayli vafot etdi. Ammo shu qisqa umr ko’plab insonlarning sog’lig’ini tiklashga kifoya qildi.

JO‘SHQIN HAYOT VA BIR DAQIQALIK SUKUT


Safarov Solihjon
(1968-2020)
Inson hayoti davomida yaxshi nomga ega bo’lsa, bundan ortiq baxt yo’q. Siz haqingizda atigi bir kishi qayg’urib, sizni yodga olishga intildimi, demakki, sizning hayotingiz izsiz o’tmagan. Hamqishloqlarimizning aksariyati elu-yurt uchun ezgu amallarni bajarganligi bois el nazariga tushib, ularning porloq xotirasi yaxshilik bilan yod etilmoqda. Afsuski, juda barvaqt olamni tark etgan insonlar ham ko’p.
Bunday paytda marhumning yaqinlari, uni taniganlar, mahalla-ko’y: “bandahilik ekan-da, e, ettang”, deb qo’yadi. Biroq ba’zi insonlarning hayoti mahalla doirasidan chiqib ketadi. Kerak bo’lsa butun tuman, butun viloyat uning o’limidan nadomat chekadi. Solihjonning ham bevaqt o’limi bir zumda viloyat bo’ylab tarqaldi. Viloyat hokimligi o’z majlisida hokimiyat xodimi Solihjonning vafoti munosabati bilan barcha yig’ilish ishtirokchilari o’rinlaridan turib bir daqiqa sukut bilan yod etib, keyin majlisni boshlashgan edi.
Solihjon Safarov ham qisqa umri davomida xalqimizning nazariga tushdi. Termiz shahar hokimligiga biron bir masala yuzasidan murojaat qilsak, albatta, Solihjonga murojaat eting, deb maslahat olardik, maslahat berardik. Ha, Solihjon biron marotaba biron kishining ra’yini qaytarmagan yoki uning ishini hal bo’lmaydi, deb javob bermagan. Hamisha unga oxirigacha yordam berishga intilar edi. Ishini hal qilib berib ko’p insonlarning duosini olgan edi u.
Afsuski, kasallik shunday ezgu faoliyatning barvaqt tugashiga sabab bo’ldi. Biroq ortidan qolgan ezgu amallari uning nomini saqlab qoldi. U ziyoli oilada dunyoga keldi. Otasi Jo’ra Safarov butun umrini xalq farzandlariga bilim berish, shu bilan bir qatorda muxbir, jurnalist sifatida elu yurtimizning mushkulini oson qilishga bag’ishladi.
S. Safarov Darband qishlog’ida o’rta maktabni muvafaqiyatli tugatib, 1985-1991 yillarda Tojikiston davlat universitetining mexanika fakultetida o’qidi. Shundan so’ng Termiz shahriga kelib 2005 yilda Termiz davlat universitetining iqtisod fakultetini sirtdan tamomlaydi. So’ng 1991-1999 yillarda Termiz shahridagi “Sohibkor” agrofirmasida muhandis ta’minlovchi vazifasida ishladi. 1999-2003 yillar Termiz shahar hokimligi qoshidagi uy-joy ta’mirlash va foydalanish bo’limida bosh muhandis, 2003 yildan boshlab umrining oxirigacha Termiz shahar hokimligida turli lavozimlarda o’zini ko’rsatdi.
Solihjon ish faoliyati davomida O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20 va 25 yilligi hamda O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 25 yilligi esdalik ko’krak nishonlari va faxriy yorliqlari bilan taqdirlandi. Eng muhimi, u o’ziga topshirilgan vazifalarni sidqidildan bajarishga intildi va bunga erishdi ham. Ru rafiqasi To’raeva Sayyora bilan Matluba, Zarina, Suxrob, Nigina ismli farzandlarni kamolga yetkazdi.

SAHNAORTI IJODKORI



Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling