Shavkat Rahmonning "Avtoportret" she’rining badiiy tahlili She’rning tarixiy-biografik konteksdagi tahlili


Download 38.73 Kb.
bet1/5
Sana18.06.2023
Hajmi38.73 Kb.
#1554588
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Avtoportret” she’rining badiiy tahlili

Shavkat Rahmonning “Avtoportret” she’rining badiiy tahlili




  1. She’rning tarixiy-biografik konteksdagi tahlili.

  2. She’rning milliy adabiy-madaniy kontekstdagi tahlili.

  3. She’rning tematik xususiyatlari.

  4. She’rning tashqi kompozitsiyasi (grafik shakllantirilishi).

  5. She’rning tematik kompozitsiyasi.

  6. Janr xususiyatlari.

  7. Til xususiyatlari. Badiiy tasvir vositasi va ifoda vositalari.

  8. She’rning ritmik-intonatsion qurilishi.

AVTOPORTRET


Qora shamol uxlar boshida,
quloqlari tayyoragohdir.
Sfinksning chehrasi – yuzi,
yarmi qora, yarmisi oqdir.
Ko`zlarida qotgan yildirim,
osmonlarni rangga qoradir,
jaranglatib so`ngaklarini,
bo`ronlarni yirtib boradir.

Kulganida munis chechaklar


potrab chiqar o`ng-u so`lidan.
Bir-biridan chiroyli kunlar
kaptarlarday uchar qo`lidan.

Eng baxtiyor lahzalarda ham


uning sokin isyoni so`nmas.
Tug`ilmagan shunchaki aslo
u hech qachon shunchaki o`lmas.

1980
She’rning tarixiy-biografik kontekstdagi tahlili.


Shavkat Rahmonni yaqindan taniganlar “sokin isyon” jumlalarini naqadar shoir xarakteriga mos ekanligini bilishadi.
Shavkat Rahmon o`tgan asrning 50-yillarda tug`ilib ijod qilgan. Hozirgi Qirg`iziston hududidagi O`sh viloyatida yashab (asli o`zbeki), qisqa umri davomida dovrug` qozongan shoir bizning qalbimizda ham o`chmas iz qoldirgan. Matbuotda Moskvadagi adabiyot institutida e’lon qilingach, o`z she’rlarini yuboradi va tanlovdan o`tadi. U yerda tengdoshlari Halima Xudoyberdiyeva, Murod Muhammad Do`st, Sobit Madaliyev kabi adiblar bilan yonma-yon saboq oladi. 1973-yil Moskvadagi M. Gorkiy nomidagi Adabiyot institutini bitirgach, Toshkentga ko`chib keladi. G`afur G`ulom nomidagiAdabiyot va san’at nashriyotida muharrir, bo`lim boshlig`i, O`zbekiston Yoshlar uyushmasi mas’ul xodim bo`lib ishladi.shavkat Rahmon 1996-yili 2-oktabrda uzoq davom etgan kasallikdan so`ng vafot etdi. Shoir fe’l- atvori o`ziga xos bo`lgan. Bu shoir yaqinlarining xotiralarida aks etadi. Shavkat Rahmonning ukasi Mahmudjon:”Shoirni eslab turish millatdoshlarimiz, yangi avlod uchun kerakli narsa, deb o`ylayman. Akam Toshkentda istiqomat qilgani bilan ona O`shni doim yodda tutgan. Hislatlaridan aytsam, doim boshlagan ishini oxiriga yetkazadaigan, o`ziga xos o`jarligi bor, kamso`z inson edi. Yetmishinchi yillar Moskavadagi Adabiyot institutida o`qigani ketti, bitirdi va Toshkentdagi nashriyotda ishladi. Akamday inson bilan faxrlanmay bo`lmaydi”.
Avtoportet so`zi aslida amaliy san’atlarga oid atama bo`lib, rassom yoki haykaltarosh ko`zguga qarab o`z portretini yaratadi. Shoir esa buni badiiy san’atga yo`g`irdi va so`zlar orqali o`z portretini yaratdi. Lirik qahramon sfinks haykali sifatida gavdalantiriladida, uning boshida qora shamol qo`nib dam oladi. Bilamizki Sfinks necha asrlardan beri vaqtga qarshi tura olgan, “sfinksning chehrasi-yuzi, yarmi qora, yarmisi oqdir.” – shoir o`z umri davomida yaxshi kunlar bilan birgalikda qora kunlarni ham boshidan o`tkazgan. Lekin ularni bardosh va sabr toqat bilan, mayin tabassum bilan yengib o`tgan, ya’ni bu yerda “chehra” so`zi she’rga ijobiy kayfiyat bermoqda. Shoir tabiatan kamgap, sabr-bardoshli, avval o`ylab, keyingina muddaoga o`tadiganlar xilidan. Shoir ko`zguga qarab o`z aksini ko`rganida buni ifodalash uchun Sfinksdan yaxshiroq muqobilini topa olmagan (menimcha ham to`g`ri tanlov).



Download 38.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling