Shavkat Rahmonning "Avtoportret" she’rining badiiy tahlili She’rning tarixiy-biografik konteksdagi tahlili


She’rning milliy adabiy-madaniy kontekstdagi tahlili


Download 38.73 Kb.
bet4/5
Sana18.06.2023
Hajmi38.73 Kb.
#1554588
1   2   3   4   5
Bog'liq
Avtoportret” she’rining badiiy tahlili

She’rning milliy adabiy-madaniy kontekstdagi tahlili.
Bir qarashda matnda milliylik, an’anaviylik aqidalari yaqqol ko`zga tashlanmaydi, ammo matnni professional o`rganib,tushunib, ichiga chuqur kirib boradigan bo`lsak, o`zbek xalqiga xos xususiyatlarni ko`rish mumkin. Tarixdan ma’lumki, xalqimiz ko`p kulfatlar ko`rgan, ne-ne qora kunlarni matonat bilan yengib, qaro kunlarni boshidan o`tkazgan. Tosh kelsa kemirib, suv kelsa simirib, bo`ron-u dovullardan eson-omon o`tib kelgan.

  1. adabiy janrlar

Adabiy janr tushunchasi adabiy tur tushunchasi bilan almashinib qo`llanishi mumkin. Adabiy janrnig uchta asosiy turi mavjud:

  • epos

  • lirika

  • drama

Biz tanlagan matn - lirik tur janrlaridan biri hisoblandi. Lirika (yunoncha – cholg`u asbobi) adabiy tur sifatida qadimdan shakllangan bo`lib, o`zining bir qator xususiyatlariga egadir. Lirikaning asosiy belgisi bu - voqeani emas, balki, tuyg`u-kechinmalarni ifodalashidir. Aniqroq aytadigan bo`lsak, lirik qahramonning ichki kechinmalari, ularga turtki beradigan omildir. Lirik asarda voqelikdan kechinmani tasvirlash uchun yetarli darajadagi “parchalar”, detallargina aks etishi mumkin.
Lirik asarda asosiy obraz – lirik qahramon (lirik subyekt). Ko`pincha lirik qahramon deganda shoirning o`zi tushuniladi, lekin har doim ham emas. Chunki shoir o`zining ichki kechinmalarini ifodalashi ham, o`zganing ruhiy holatini tasvirlashi ham mumkin. Shoir Shavkat Rahmon “Avtoportret” she’rida lirik qahramon o`zi hisoblanadi. She’r sarlavhasidan anglaganimizdek, shoir lirik qahramon sifatida o`zini tasvirlaydi. O`sha davrda “Avoportret” yozish urf bo`lgan mahal edi. Shavkat Rahmon ham o`ziga tashqaridan nazar solishga harakat qiladi. O`ziga “ko`zlarida qotgan yildirim”, “uning sokin isyoni so`nmas”, “tug`ulmagam shunchaki aslo, u hech qachon shunchaki o`lmas” – kabi ta’riflarni beradi. “Avtoportret” mavzusini davom ettiradigan bo`lsak, Murod Ibrohim ham o`zining shu ohangida she’r yozgan. Muallif endi bu vaziyatda lirik qahramonni, ya’ni o`zini boshqa vaziyatda olib qarab, tasvirlaydi. Lirik qahramonni samoviy bir tarzda ko`zdan kechiradi. Ko`zgudan “tortib chiqarib” osmonga olib chiqib qo`yadi. Aniqrog`i, bu yumushni endi shoir lirik qahramonning hayollari bajaradi:
Xayollar qadoq kaftida
Meni ushlab ko`taradi dast.
Ochiq qolgan quloqlarimda
Tovush to`xtar, uziladi sas.
Biroq mazkur qahramon ko`kda turgan bo`lsa ham, o`zining barcha tomirlari bilan yerga bog`langan.
Ko`zguga qarasam jlmayib turib,
Ko`zguda ko`ringan ko`zlarim kular.
Ichimga sig`magan keskin tabasssum
Menim yuzlarimni kesib to`kilar.

Kulguli naqadar, sig`ar tasvirga


Oynaga qaragan afti basharam
Men kulsam sovuq, turqimni ko`rib,
Iljayib turibdi aksim ham.
To`g`ri, bu she’r avtoportretdan ko`ra ko`proq o`z-o`ziga chizilgan do`stlik sharjiga o`xhaydi. Biroq o`z ustidan bu qadar kulayotgan muallifning naqadar jiddiy inson ekanligini, uning ham oyoqlari dunyo tubinda turganligini biz misralar orasidan bir qarashdayoq ilg`ab olamiz. Shoirning rostgo`yligi ham shunda. Shoirning kamtarligi ham shunda. Shoirning mag`rurligi ham shunda. Ushbu shoir ham Shavkat Rahmon singari o`ziga boshqacha nigoh bilan qarab, ushbu yo`nalishda ham qalam tebratgan.

Download 38.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling