Shavkat Rahmonning "Avtoportret" she’rining badiiy tahlili She’rning tarixiy-biografik konteksdagi tahlili


Download 38.73 Kb.
bet5/5
Sana18.06.2023
Hajmi38.73 Kb.
#1554588
1   2   3   4   5
Bog'liq
Avtoportret” she’rining badiiy tahlili

She’rning janr xususiyatlari.

  • She’r janri

She’r barmoq vaznida yozilgan.

Sarlavha: Avtoportret.
Matn besh banddan iborat, har bir band 4 misradan tashkil topgan.
Yondosh matn: mavjud emas.
Epigraf: mavjud emas.
Bag`ishlov: mavjud emas.
She’r yozilgan sana: 1980-yil.
Joy qaydi: mavjud emas.

Til xususiyatlari. Badiiy til vositalari va ifoda vositalari.
1-band.
“Qora shamol uxlar” – shamol hech qachon to`xtamaydi, u har doim harakatda bo`ladi. Shuni inobatga oladigan bo`lsak bu yerda mubolag`a sifatida qo`llanilgan. “Quloqlari tayyoragohdir” – quloq bu yerda airoportga o`xshatilyapti ya’ni, metafora ma’no ko`chish turidan foydalanilgan. “Sfinksning chehrasi – yuzi” bu yerda sinonim so`zlarning orasida tire “ - “ belgisining qo`llanilishi ma’no kuchayishiga xizmat qilgan.
2-band.
“Ko`zlarida qotgan yildirim” – bunda yildirim, ya’ni chaqmoq ko`zlarida chaqnab turgan uchqunga o`xshatilgan. Bevosita metaforadan foydalanilgan. “Jaranglatib so`ngaklarini” – bunda shamol ovozi go`yoki suyaklarning jaranglashiga qiyoslanyapti, ushbuda ham metafora ma’no ko`chish turi qo`llanilgan. “Bo`ronlarni yirtib boradir” – bunda ham metafora san’atidan foydalanilgan. Sababi bo`ronni yirtib bo`lmaydi, faqat unga qarshi yurish mumkin.
3-band.
2-misradagi “chechaklar potrab chiqar o`ng-u so`lidan” – bunda maysalarning chiqishiga “potrab” sifati berilmoqda va shu narsa estetik ta’sirni oshirishga xizmat qilyapti.
4-band.
2-misradagi “sokin isyoni so`nmas” – bu bir-biriga qarama-qarshi ikki so`zning yonma-yon kelishi ma’no kuchaytirishga xizmat qilgan.
She’rning ritmik intonatsion qurilishi.
Qora shamol uxlar boshida, 4 + 5 = 9
quloqlari tayyoragohdir. 4 + 5 = 9
Sfinksning chehrasi – yuzi, 3 + 4 = 7
yarmi qora, yarmisi oqdir. 4 + 5 = 9
Ko`zlarida qotgan yildirim, 4 + 5 = 9
osmonlarni rangga qoradir, 4 + 5 = 9
jaranglatib so`ngaklarini, 4 + 5 = 9
bo`ronlarni yirtib boradir. 4 + 5 = 9

Kulganida munis chechaklar 4 + 5 = 9


potrab chiqar o`ng-u so`lidan. 4 + 5 = 9
Bir-biridan chiroyli kunlar 4 + 5 = 9
kaptarlarday uchar qo`lidan. 4 + 5 = 9

Eng baxtiyor lahzalarda ham 4 + 5 = 9


uning sokin isyoni so`nmas. 4 + 5 = 9
Tug`ilmagan shunchaki aslo 4 + 5 = 9
u hech qachon shunchaki o`lmas. 4 + 5 = 9
Yuqorida she’rning ham ritmik, ham intonatsion jihatdan turoqlanishini ko`rib turibmiz. She’rdagi bo`g`inlar sonining bir xilligi bu she’r o`qish ritmining bir xilligini ta’minlab beradi. Faqatgina bundan mustasno birinchi bandning 3-misrasida bo`g`inlar soni 7tani tashkil qiladi. Menimcha bunda shoir she’rning mazmun jihatiga ko`proq e’tibor qaratgan.

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yhati:



  1. Quronov. D. Adabiyot nazariyasi asoslari. Navoiy universiteti. - T.:2018.

  2. Boboyev.T. Adabiyotshunoslik asoslari.

  3. Yo`ldashev.M. Badiiy matnninglisoniy tahlili. – T.:2007.

  4. Shavkat Rahmon “Saylanma”. Toshkent, 1997-y.

  5. “Abadiyat oralab” Shavkat Rahmon. Toshkent, “Movrounnahr”. 2012-y.




Download 38.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling