Shavkat Rahmonning "Avtoportret" she’rining badiiy tahlili She’rning tarixiy-biografik konteksdagi tahlili


Download 38.73 Kb.
bet2/5
Sana18.06.2023
Hajmi38.73 Kb.
#1554588
1   2   3   4   5
Bog'liq
Avtoportret” she’rining badiiy tahlili

She’rning tematik xususiyatlari.
Bir qarashda matnda milliylik, an’anaviylik aqidalari yaqqol ko`zga tashlanmaydi, ammo matnni professional o`rganib,tushunib, ichiga chuqur kirib boradigan bo`lsak, o`zbek xalqiga xos xususiyatlarni ko`rish mumkin. Tarixdan ma’lumki, xalqimiz ko`p kulfatlar ko`rgan, ne-ne qora kunlarni matonat bilan yengib, qaro kunlarni boshidan o`tkazgan. Tosh kelsa kemirib, suv kelsa simirib, bo`ron-u dovullardan eson-omon o`tib kelgan. Sfinks haykali ramziy ma’noda o`zbek xalqi deb hisoblaymiz, “Qora shamol uxlar boshida, quloqlari tayyoragohdir” mustamlakachilik davridagi vaziyat “qora shamol” – sho`rolar imperiyasi, ularning bosib olgandagi manzarasi gavdalantirilgan. Mustamlaka bo`lganimizdan so`ng biz Rossiya hukumatiga bo`ysundik, buyruqlarini bajardik, ular bizni xohlagan ko`yiga solib qo`g`irchoq qilib o`ynatdilar, bizdan, yer-mulkimizdan, tabiiy boyliklarimizdan foydalandilar. Boshqaradigan shaxs doim jamoaning boshi hisoblangan, shoir shuni nazarda tutgan holda Sfinksning aynan boshida qora shamol uxlashini, quloqlari esa tayyoragoh vazifasini bajarganligini ifoda etgan.
“Sfinksning chehrasi – yuzi, yarmi qora, yarmisi oqdir.” Bu matnda keltirilgan “chehra”, “yuz” so`zlari matnda bir qancha ma’no anglatyapti, birinchisi: xalqimizga xos go`zal urf-odatlar, hech bir xalqda takrorlnmas an’analari borligini anglatsa, ikkinchidan, ularing ochiq yuzligi, samimiyligi, yuzlaridan insoniylik balqib turishi kabi ma’nolarni anglatmoqda. Keyingi misradagi ‘qora” va “oq” ranglarning kelishi esa bir o`rinda bir-biriga qarama qarshilik, ya’ni mustamlakachilik davrida hamma ham oppoq bo`lavermagan, oramizda imperiyaga “sadoqat bilan xizmat qilganlar” ham talaygina topilgan. Shoir aynan shu ma’noda qo`llagan bo`lishi ham mumkin. Yana boshqa tomondan qaraydigan bo`lsak, qora rang avval ishlatilganligining sababi xalqimiz qora kunlarni boshidan o`tkzadi, Yaratganga shukurlar bo`lsinki, mustaillikka erishib yorug` kunlarga ham yetdik. Mana shuning uchun ham oq rang keyin ishlatilgan bo`lsa kerak.
“Ko`zlarida qotgan yildirim, osmonlarni rangga qoradir.” Yildirim – chaqmoq ekanligini hisobga oladigan bo`lsak, ko`zlarida hali ham chaqmoq aks etadi, ularning ko`zidagi uchqun so`nmagan. Menimcha bunda ramziylik bor. Uchqun bu – ma’rifatparvarlar. Ulargina mustaqillikka bo`lgan yagona umid edi, faqat ulargina yagona umid uchquni bo`lib qolishgan.
Xalqimiz matonati mana shu baytda tasviriy ifodalab berilgan. Shavkat Rahmon xalqimiz shoniga yuksak baho berishi o`z millatdoshlari bilan fahrlanishini yaqqol ko`rsatib beradi.
“Jaranglatib so`ngaklarini, bo`ronlarni yirtib boradir”. Bu baytda o`zbeklar hayotini ham chetlab o`tmagan urush, yuqorida ta`kidlaganimizdek, mustakamlakachilik davri siyosatiga qarshi kurashda xalqimiz ancha matonat ko`rsatgan. Baytdagi “bo`ron” so`zini ramziy ma’noda urush hamda mustamlakachilik davrini tasvirlab kelgan deyish mumkin.
Uchinchi misrada “gul”, “chechak” soz`lari yorug` kunlardan, hursandchilikdan darak bermoqda, xalqimiz mustaqillikka erishgach, ularning hayotida chiroyli kunlar boshlanganligini, shunday hayotda yashay boshlaganidan dalolat bermoqda. “bir-biridan chiroyli kunlar kaptarlarday uchar qo`lidan”.
Shavkat Rahmon yuqoridagi xulosalarga tayanadigan bo`lsak, bizningcha xalqini sevuvchi shoir va ushbu she’rida isbotlab bera olgan.
Keyingi tahlilimiz she’rning tematik kompozitsiyasiga qaratilgan. She’rning tematik xususiyatlarini uning sarlavhasi, epigrafi, she’rdagi ilk va oxirgi misra yoki jumla, qofiya va takrorlar belgilab beradi, chunki, aynan mana shu nuqtalarda she’rning mazmuni kuchayadi, his-tuyg`u, kechinmalar kulminatsion nuqtasiga chiqadi. Hamma she’rlarda ham epigraf yoki sarlavha bo`lavermaydi, bu shoirlarning tabiatiga bog`liq.
Lirik asarda boshlanma vazifasini ilk misra, ilk qo`sh misra, yo ilk band bajarishi mumkin. Boshlanma o`zi o`quvchini she’rni qabul qilishga emotsional jihatdan tayyorlaydi. Bu vazifani yuqoridagilardan tashqari she’r sarlavhasi, epigrafi yoki janr qaydi bajarishi mumkin. Janr qaydi bu – misol uchun, milliy she’riyatimiz uchun noodatiy bo`lgan janrlarda yozilgan she’rlar sarlavhasi ostiga elegiya, epigramma, rondo, rondel kabilar yozib qo`yiladi. Bu juda kam uchraydi. Biz tanlagan she’r matnida esa sarlavha yozilgan. Avtoportret. Sarlavhaning o`zi tushunarsiz atama bo`lib, o`quvchini izlanishga undaydi. Sarlavha ma`nosi qidirib topiladi, rassom o`z tashqi ko`rinishini ko`zguga qarab ifodalshi bu – avtoportret deyiladi. Demk, o`quvchi hayolida shoir o`z-o`zini so`zlar orqali tasvirlab bergan ekan degan tasavvur paydo bo`ladi. Ko`rinib turibdiki bunda ko`proq sarlavha boshlanma sifatida muhim rol o`ynayabdi. O`quvchi she’rning ruhiy dunyosiga kirib bordi.
Qora shamol uxlar boshida,
quloqlari tayyoragohdir.
Sfinksning chehrasi – yuzi,
yarmi qora yarmisi oqdir.
Bandni o`qigach sfinks yuzining yarmiga soya tushib turgan haykali ko`z oldimizda gavdalanadi. Shoir qofiya, vazinga qoidalariga e’tibor qilgan holda so`zlarni chuqur ma’noli va o`z o`rnida qo`llay olgan. Ravhanbek Tursunovning shoir haqida aytgan fikrlarini esga oladigan bo`lsak – “Shavkat Rahmon yosh qalamkashlar uchun katta maktab, toki so`zlarni tanlab, qayrab ishlataylik, purma’no fikrlar tebrataylik”. Ushbu adabiyotshunos olim fikrlariga asoslanadigan bo`lsak, shoir iqtidoriga shubha qilmasak ham bo`ladi.
Ko`zlarida qotgan yildirim,
osmonlarni rangga qoradir.
jaranglatib so`ngaklarini,
bo`ronlarni yirtib boradir.
Ikkinchi bandda ham bo`ronlarga qarshi turib, sinovlarga duch kelganda ham ko`zlaridagi o`t hech qachon o`chmaganligi, sokinligini yo`qotmaganligini ko`rsatib bergan.
Kulganida munis chechaklar
potrab chiqar o`ng-u so`lidan.
Bir-biridan chiroyli kunlar
kaptarlarday uchar qo`lidan.
Keying bandga keladigan bo`lsak shoirning hayotida ko`p xursandchilik kunlar bo`lgan, 1980-yillar adibning shoirlik mavqeyi baland bo`lgan, eng cho`qqiga chiqqan davrlar desak ham bo`laveradi, ijod zavqiga berilgan, el orasida hurmat qozogan, gullab yashnaydigan davri edi.
Eng baxtiyor lahzalarda ham
uning sokin isyoni so`nmas.
Tug`ilmagan shunchaki aslo
u hech qachon shunchaki o`lmas.
So`nggida shoir ushbu kunlarni ham sokin, vazmin holda qarshi olganligi, lekin ijod olamida chinakkamiga jar sola olgan ijodkor sifatida bo`y ko`rsatdi. “Eng baxtiyor lahzalarda ham uning sokin isyoni so`nmas. ”Shoir-u ijodkorlar o`rtasida o`z-o`ziga bundanda ortiq ta’rif bera oladigan ijodkor topilmasa kerak. Haqiqatdan ham shoir o`z davrida ijod olamiga quyundek, sokinlik bilan kirib kela oldi.

Download 38.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling