Diplomsiz ziyoli


Download 0.51 Mb.
bet20/52
Sana17.06.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1522625
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   52
Bog'liq
Эшонов Чоршанбе 1960

Hamroev Do’stmat polvon
(1966-2020)
Zukko, bilimdon polvon hamqishlog’imiz Muzrabotda tug’ildi. Yoshligidan ilm-ma’rifatni sevgan Do’smat o’rta maktabni a’lo baholar bilan tamomlab, Dushanbe Qishloq xo’jalik institutida o’qidi. U oliygohda ham eng faol talabalardan bo’lgan edi. O’sha davrlardayoq kurashga qiziqib kuragi yerga tegmagan polvon sifatida tanildi. Talabalik davrlaridayoq Muzrabot Darbandga tashkil etilgan to’ylarga kelib kurashgan.
Do’stlariga mehribon, dilkash hamsuhbat sifatida ko’p yoru do’stlari bor edi. Istarasi issiq, ayollarni o’ziga rom etish xususiyati bo’lgan hamqishlog’imizni taqdir uch nafar umr yo’ldoshi bilan siyladi. Hamasiga birdek munosabatda bo’lib farzandlarini katta qilishga yordam berdi. Farzandlari ham otaga mehr qo’yib uning aytganini bajaradigan solih farzandlar bo’lib voyaga yetishdi. O’zi ham hayotda qoqilishlariga qaramasdan tashabbuskor, tashkilotchi inson sifatida xalqimizning to’yu ma’rakasida ishtirok etar, qo’lidan kelgancha ularga yordam berishga harakat qilar edi.
Rafiqalari: Ikromova Farog’at, Safarova Mahina, Bo’ronova Manzura. Farzandlari: Sitora Marjiniso, Ruxshona, Ahmadsho.
QALB JAVHARI
Umurqulov Sherali
(1966-2012)
Darband qishlog’ida tug’ilgan hamqishlog’imiz o’rta maktabni tamomlab Termiz shahrida kooperativ texnikumda tahsil oldi. Umrining oxirigacha Termiz shahrida tadbirkorlik bilan shug’ullanib savdo sohasida ishlaydi. O’ta mehribon, do’stparvar, oilaparvar inson bo’lgan edi u. Hamqishloqlarning to’yu ma’rakasida ishtirok etib, nochor, nogiron oilalarga beminnat yordam qilardi. Chunlki uning qalbida javhari bor edi. U Sherxonova Hilolga uylanib, farzandlari: Shahboz, Ozod, Mushtariylarni oqil farzandlar qilib kamolga yetkazdi.

SAFAR UYGA QAYTMADI…


A’zamov Safar
(1966-?)
Safar Darband qishlog’ida tug’ildi. U o’rta maktabni tamomlagach, Dushanbeda oliygohda o’qib qaytdi. Vatanga qaytgach, Termiz shahrida ishladi. Hamqishlog’imizga uylangan Safar noma’lum sabablarga ko’ra uydan chiqib ketib qaytib kelmagan. Uni ko’p yillar axtarishdi. Ammo bundan biron natija chiqmadi. Uning ayoli Salomova Olmaxon Bo’rixol, Xolida, Maftuna ismli farzandlarini o’zi katta qildi.



Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling