Glossariy Folklor
Download 36.84 Kb.
|
Glossariy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qoʻshiqlari
- Dehqonchilik
- Chorvachilik
Glossariy Folklor – xalq oĝizaki ijodi. Alla – butun dunyo onalari tomonidan aytiladigan, bolalarni uxlatishga qaratilgan mayin qòshiq. Unda onalarning orzu-istaklari, armonlari ohanglarga qo’shilib yangraydi. Ertak - xalq og'zaki poetik ijodining asosiy janrlaridan biri; toʻqima va uydirmaga asoslangan sehrli sarguzasht va maishiy xarakterdagi epik badiiy asar. Ermaklar – 1. Vaqtni koʻngilchogʻlik bilan yoki zerikmay oʻtkazish uchun xizmat qiladigan narsa, mashgʻulot. 2. Koʻngilga tasalli beradigan, ovutadigan narsa, kimsa; ovunchoq, yupanchiq. Tez aytish – xalq ogʻzaki ijodining bir turi. Tez aytishda yanglishib ketish mumkin boʻlgan qofiyadosh soʻzlardan tuzilgan jumlalar qoʻllanadi. Topishmoq – bu narsaning nima ekanligini bilishni tinglovchi yoki o’quvchining ixtiyoriga qoldiradigan o’yin bo’lib, uning xususiyatlarini ismini tilga olmay, bilvosita aytib beradi Qoʻshiqlari – keng ma’noda she’riy-musiqiy janr; ashula. Lirik qo‘shiq. Hajviy qo‘shiq. Xalq qo‘shiqlari. Qo‘shiq aytmoq. Qo‘shiq bastalamoq. Erkalama – mеhr xurujidan tug’iluvchi badihalardir. Oʻyinlar – tarbiyalash va hordiq chiqarish vositalaridan biri. Oʻyin insoniyatning butun tarixi mobaynida diniy marosim, sport, harbiy va boshqalar mashqlar, shuningdek, sanʼat, ayniqsa uning ijro shakllari bilan qoʻshilib kelgan. Maqol - xalq ogʻzaki ijodi janri; qisqa va loʻnda, obrazli va obrazsiz, grammatik va mantiqiy tugallangan maʼnoli hikmatli ibora, chuqur mazmunli. Muayyan aniq shaklga ega. Ovchilik - Ov bilan shugullanishlik; ovchi kasbi. Ovchi odam bogʻbonlik qilib daromad topishidan koʻra, koʻproq qanday boʻlsa ham, oʻz ovchiligi orqali kattaroq oʻlja tushirish, uning boʻladigan joylari haqida koʻproq bosh qotirishi maʼqul. Dehqonchilik – oʻsimlik mahsulotlari ishlab chiqarish uchun madaniy oʻsimliklar (qishloq xoʻjaligi ekinlari)ni yetishtirish; qishloq xoʻjaligining asosiy tarmoklaridan biri. Aholini oziq-ovqat mahsulotlari, chorvachilikni yem-xashak, koʻpgina sanoat tarmoushri (oziq-ovqat, toʻqimachilik, farmatsevtika va boshqa)ni xom ashyo bilan taʼminlaydi. Chorvachilik - qishloq xoʻjaligining asosiy tarmoklaridan biri. Chorvachilik mahsulotlari yetishtirish uchun chorva mollarini boqish va urchitish bilan shugʻullanadi Download 36.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling