Glossariy Folklor


Hunar – Muayyan koʻnikma, mahorat talab qiladigan, tirikchilikning asosiy manbai hisoblanuvchi ish, mashgʻulot; kasb Sanʼat –


Download 36.84 Kb.
bet2/5
Sana02.06.2024
Hajmi36.84 Kb.
#1834541
1   2   3   4   5
Bog'liq
Glossariy

Hunar – Muayyan koʻnikma, mahorat talab qiladigan, tirikchilikning asosiy manbai hisoblanuvchi ish, mashgʻulot; kasb
Sanʼat – ijtimoiy ong va inson faoliyatining oʻziga xos shakli. Sanʼat qadimiy tarixga ega boʻlib, u jamiyat taraqqiyotining ilk bosqichlarida mehnat jarayoni bilan, kishilar ijtimoiy faoliyatining rivojlanishi bilan bogʻliq holda vujudga kela boshlagan
Drama – (qadimgi yunoncha: drama — „harakat“) — 1) badiiy adabiyotning 3 asosiy turidan biri (epos, lirika bilan bir qatorda). Drama teatrga ham taalluqli.
Musiqa unsurlari – inson hissiy kechinmalari, fikrlari, tasavvur doirasini musiqiy tovushlar izchilligi yoki majmui vositasida aks ettiruvchi sanʼat turi. Uning mazmuni oʻzgaruvchan ruhiy holatlarni ifodalovchi muayyan musiqiy-badiiy obrazlardan iborat. Cholg’u asboblari ham musiqa unsurlari deb yuritiladi.
Ovutmachoqlar – Harakatli o’yinlar bolalar tomonidan avval egallangan harakat ko’nikmalarini takomillashtirish va jismoniy sifatlarni tarbiyalash metodi bo’lib xizmat qiladi. O’yin jarayonida bola o’z e’tiborini harakatni bajarish usuliga emas, balki maqsadga erishishga qaratadi.
Lapar – musiqiy folklor janri; voqeabandligi va kuy tuzilishi jihatidan uncha murakkab boʻlmagan, tor diapazonli, naqarotsiz, cholgʻu joʻrligisiz aytiladigan qoʻshiqlarga yaqin.
Tema - xalq qoʻshiqlari turi. Oʻzbek, qozoq, qoraqalpoq, uygʻur, qirgʻiz folklorida keng tarqalgan. Paydo boʻlish davriga koʻra anʼanaviy va zamonaviy turlarga boʻlinadi.
Afsona – xalq ogʻzaki ijodi (folklor) janri. U xayolot, uydirma va toʻqimadan iborat boʻlsada, soʻzlovchi va tinglovchi tomonidan haqiqatdek tasav-vur etiladi, hatto boʻlib oʻtgan davri, makon ham koʻrsatiladi
Xalq dramasi – ogʻzaki dramaturgiya — xalq orasida yaratilgan, xalqqa namoyish etiladigan oʻyin-to-moshalar tarzidagi aloxida folklor janri.
Asotir – juda qadim zamonlarda koinot va hayotning paydo boʻlishi, tabiat hodisalari, dunyoning oxiri va tugashi haqidagi kishilarning aqidayu xayollarini, afsonaviy qahramonlarning muʼjizalarini bayon qiluvchi rivoyat va afsonalar.
Askiya - (arab, zakiy — oʻtkir zehnli, hozirjavob) — oʻzbek xalq ogʻzaki ijodi turi; folklor janri; ikki va undan ziyod kishi yoki guruhning xalq yigʻinlari (sayil, toʻy, bayram)da maʼlum mavzu boʻyicha badiiy soʻzda tortishuvi.

Download 36.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling