Glossariy Folklor


Download 36.84 Kb.
bet3/5
Sana02.06.2024
Hajmi36.84 Kb.
#1834541
1   2   3   4   5
Bog'liq
Glossariy

Yozuvchi - nosir, adabiyotning nasr (proza) janrida asarlar yozuvchi shaxsdir. Yozuvchi romanistqissachihikoyachiertakchiesseist boʻlishi mumkin.
Adabiy janr – Epik, lirik, dramatik janrlar mavjud. Lyroepik janrlar ham ajralib turadi. Janrlar, shuningdek, hajmga ko’ra katta (roma va epik romanlar), o’rta (“o’rta” adabiy asarlar – hikoyalar va dostonlar), kichik (hikoya, qissa, qissa) ga bo’linadi.
Nasriy – adabiy tur; vazn va qofiya singari sheʼriyatga xos unsurlarga ega boʻlmagan yozma nutq mahsuli. Yevropa xalqlari adabiyotida boʻlganidek, Sharq xalqlari adabiyotida ham N. Yozma nutq shakli sifatida sheʼriyatga nisbatan kechroq paydo boʻlgan. 5—8-asrlarga oid Urxun-Enasoy yodgorliklarini turkiy xalqlar adabiyotidagi N.ning eng qad. Namunalari, deb hisoblash mumkin.
An’ana – oʻtmishdan kelajak-ka meros qoladigan, avloddan avlodga oʻtadigan, jamiyat hayotining turli sohalarida namoyon boʻladigan moddiy va maʼnaviy qadriyat. Milliy, madaniy, maishiy, ijtimoiy-siyosiy, diniy va boshqa A.lar bor. A.lar xalqlarning tarixiy rivojlanishi jarayonida shakllanadi.
Teatr - (yunoncha θέατρον – “tomoshagoh”) cheklangan joyda bir yoki bir necha aktyorlar ijro etadigan sahna ko’rinishi orqali tomoshabinga fikr uzatuvchi san’at janridir. Ba’zan teatr tomoshalari oʻtkaziladigan binolarni ham teatr deb atashadi (aslida ularni teatr binosi deb atash oʻrinli).
Hayvonlar haqidagi ertak – Ertaklar yaratila boshlaganda esa mazkur an`ana bu janrga ham meros bo`lib o`tgan. Shuning uchun hayvonlar haqidagi ertaklarni yaratilish davrini ularda obraz sifatida ishtrok etayotgan hayvon va qushlar nomgiga voqealar tavsifiga va harakat doirasiga qarab belgilash mumkin.
Odob - (arabcha — „adab“ soʻzining koʻpligi) — jamiyatda eʼtirof etilgan xulq normasi. Shaxs maʼnaviy hayotining tashqi jihatini ifodalaydi va oʻzgalar bilan munosabat (oila, mehnat jamoasi, turli marosimlar)da namoyon boʻladi
Tarbiya – shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, maʼnaviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon; insonning jamiyatda yashashi uchun zarur boʻlgan xususiyatlarga ega boʻlishini taʼminlash yoʻlida koʻriladigan chora tadbirlar yigindisi.
Asar – shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, maʼnaviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon; insonning jamiyatda yashashi uchun zarur boʻlgan xususiyatlarga ega boʻlishini taʼminlash yoʻlida koʻriladigan chora tadbirlar yigindisi.

Download 36.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling