Diplomsiz ziyoli


Download 0.51 Mb.
bet3/52
Sana17.06.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1522625
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52
Bog'liq
Эшонов Чоршанбе 1960

Ramazonov Xolmahmad
(1960-1982)
Xolmahmad asli Sherobodda tug’ildi. U 1977 yil Muzrabotda A.Rudakiy nomidagi maktabni tugatib haydovchilik kursida o’qidi. 1977-1978 yillarda Qarshi savdo texnikumini tamomlab, 1982 yilgacha Muzrabot tuman savdo va non kombinatida xazinachi bo’lib ishladi. Bir qarashda uning hayoti to’kis edi. Ammo “har to’kisda bir ayb” deganlari rost. Unga elning mehrini, e’tiborini ulashgan tangri bittagina zurriyot bermadi. Hamqishlog’imiz mehribon, mehnatkash kishilar haqidan hazar qiladigan insof diyonatli inson bo’lgan. Zuryodsiz o’tib ketgan hamqishlog’imiz xotirasi qalblarimizda mangu saqlanadi.


ADOLATLI HUKMFARMO
Mahmadshoev Ulug’bek
(1961-2014)
Darband qishlog’ining Bozorsoy mahallasida ziyoli oilada tug’ilgan Ulug’bek Ibn Sino nomli 9 o’rta maktabni tamomladi. Maktab tahsilidan so’ng Tojikiston davlat universitetining Huquqshunoslik fakultetida tahsil oldi. 1988 yilda o’qishni tugatib, bir muddat Dushanbe shahar temir yo’l prokraturasida ishlaydi. So’ngra Respublika temir yo’l sudida va umrining oxirigacha Tojikiston oliy sudida sudya sifatida sharaf bilan ishlaydi.
Ulug’bek Mahmadshoev maktab davridayoq a’lo o’qishi, yaxshi xulq-atvori bilan hamqishloqlar nazariga tushgan edi. O’z bilimi, kuch-g’ayrati, shijoati, a’lo baholarga o’qiganligi va o’qishdagi faolligi uchun bir ovozdan Dushanbe shahriga ishga qoldiradilar. Bilimli odamning zamoni edi u paytlar. Ishladingmi, o’qidingmi, albatta, boshqalardan yaxshiroq yashaysan. Bunday halol kurashda Ulug’bek singari haqiqiy zo’rlar yutib chiqadi. Ulug’bek ham davrning bunday adolatli chaqirig’iga “labbay” deb javob berdi. U sudya sifatida kasbdoshlar hurmati va ishonchiga sazovor bo’ladi.
Biroq kasallik tufayli 2014 yilda vafot etdi. U Dushanbe shahridagi qabristonga dafn etildi. U mana shu mazmunli umrida rafiqasi Jaylovova Anoroy bilan farzandlari Shamima, Malikshoh, Adhamshoh, Nozima, Matinlarni kamolga yetkazdi. Hozirgi kunda farzandlari ham otasining kasbini davom ettirib, Dushanbeda huquqshunoslik sohasida sharaf bilan ishlab kelmoqda.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling