Diplomsiz ziyoli
Download 0.51 Mb.
|
Эшонов Чоршанбе 1960
- Bu sahifa navigatsiya:
- Haydarov Jumanazar (1961-2018)
- RASHIDNING QO‘LIDAN KELMAYDIGAN ISH… Xolmirzoev Rashid (1961-2010)
BOYNING KAMTARIN QIZI
Safarqulova Mahbuba Darband qishlog’ida boy-badavlat saxiy inson Muhammadin Safarqulov xonadonida tug’ilgan Mahbuba yoshligidan chaqqon va mehnatkash bo’lib voyaga yetdi. O’rta maktabni tamomlab, hamqishlog’imiz Bekmurodov Safarga turmushga chiqdi. U barcha farzandlarini barkamol qilib voyaga yetkazdi. Ammo na chora, o’lim haq. Ayni “yashayman, farzandlarning huzur-halovatini ko’raman” degan paytda hayot o’zining bebaqoligini namoyon qildi. Bir kunda opa-singil, pochcha falokat tufayli hayotni tark etdi. Undan Sayyora, Ulug’bek, Ja’far ismli farzandlar qoldi. Haydarov Jumanazar (1961-2018) Qumqo’rg’on tumanida tug’ilib voyaga yetib, o’sha yerda ishlagan hamqishlog’imiz haqida to’liq ma’lumot ololmadik. BURCHNI ADO ETISH CHOG‘IDA… Hayitov Ne’mat (1961-2006) Ne’mat Darband qishlog’ining Surxi guzarida tug’ildi. U o’rta maktab tahsilidan so’ng 1996 yilda Termiz davlat universitetini tugatgan. O’sha yildan boshlab Termiz shahar ichki ishlar bo’limida huquqbuzarlikning oldini olish bo’limida, so’ngra pasport bo’limi noziri sifatida ishlagan. Ish faoliyati davrida halollik poklikka intilib yashagan hamqishlog’imiz ichki ishlar tizimidagi barcha topshiriqlarni sharaf bilan ado etgan. Jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilish ish intizomiga qat’iy rioya etish, nizom asosida berilgan barcha topshiriqlarni o’z vaqtida ado etishni uddalagan. Ish jarayonida sog’ligi yomonlashib 1986 yilda 45 yoshida hayotdan ko’z yumdi. Uning ichki ishlar sohasidagi xizmatlari bir necha marotaba rag’abatlantirilgan edi. Undan besh farzand qoldi. RASHIDNING QO‘LIDAN KELMAYDIGAN ISH…? Xolmirzoev Rashid (1961-2010) Rashid Darband qishlog’ining Sangchil dahasida tug’ildi. Qishloqdagi 10 sonli o’rta maktabni tamomlagach, Termiz pedagogika bilim yurtiga kirib jismoniy tarbiya bo’limini bitirgan. Uzoq yillar Darband qishlog’idagi maktablarda jismoniy tarbiya fanidan dars beradi. Shu yillar mobaynida ko’plab sportchi shogirdlar tayyorladi. Rashid sportchi bo’lish bilan birga o’ta mehnatkash, usta kishi edi. Qo’lidan kelmaydigan ishning o’zi yo’q edi. Uning xushmuomalagi do’stlarga mehribonligi, shirinsuxanligi hali-haligacha do’stlar tilidan tushmaydi. U yurak xurujidan vafot etdi. Ammo shu qisqa umrida rafiqasi bilan farzandlari: Dilbar va Dalerni barkamol qilib tarbiyaladi. (Tojikcha matn bor) Ashki xunolud Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling