Diplomsiz ziyoli


UNGA O‘XSHASHLARI KAM EDI…


Download 0.51 Mb.
bet7/52
Sana17.06.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1522625
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   52
Bog'liq
Эшонов Чоршанбе 1960

UNGA O‘XSHASHLARI KAM EDI…
Muqumov Salim
(1962-1992)
Darbandning Sangchil guzarida tug’ilgan hamqishlog’imiz o’rta ma’lumotni Darbandagi 10 maktabda olgan Salimboy Termiz davlat universitetiga o’qishga kirdi. Ammo o’zining sohasida ishlamadi, u quruvchilik kasbini tanladi. Hamqishloqlarning e’tirof etishicha, Salimdek beg’ubor, kulgisevar, hazil mutoyibaga boy hozirjavob inson kam bo’lgan. U rafiqasi Jamila Qurbonova bilan farzandlari: Xusrav, Dilfuza, Farida, Farangizni kamolga yetkazdi. Afsuski, falokat oyoq ostida bo’lar ekan. U ayni hayotda o’z so’zini ayta boshlagan kunlarning birida avtohalokat tufayli hayotni bevaqt tark etdi.


O‘Z QADRINI O‘ZI YUKSALTIRGAN AYOL
YOXUD BITTA UMR KAMLIK QILDI…
Safarova Niso
(1964-2005)
Har bir inson hayotda o’zidan yaxshi nom, solih farzandlar qoldirishni orzu qiladi. Alloh kimgadir baxt-davlat, kimgadir bir kichik kamchilik-muammo, kimgadir yuksak qobiliyat ato etadi. Agar inson bu narsalarni o’z vaqtida ilg’ab harakat qilsa, albatta, hayotdan izsiz o’tib ketmaydi. Undan yaxshi amallar qoladi.
Hamqishloqlarimiz orasida shunday insonlar yashab o’tganki, ularni birgina qishloqda emas, vatan bo’ylab hatto chet el davlatlarida ham e’tirof etadilar va kasbiy faoliyatiga yuksak baho beradilar. Hamqishloqlarimiz orasida boshqa soha qatorida ko’pgina shifokorlar, shoirlar yashab o’tganki, ularning faoliyati bugunda ham o’z maqomini yo’qotmagan. Ularni o’sha yashagan joylarida e’tirof etishadi va qoldirgan boy adabiy merosi bilan faxrlanadilar.
Niso Safarova qisqa umri davomida shoira va shifokor sifatida xalqimiz qalbidan mangu joy oldi. Hamqishlog’imiz Dushanbe shahrida tug’iladi. Maktab tahsilidan so’ng Dushanbe tibbiyot oliygohini tugatdi. Shifokor kasbini ardoqlagan N.Jo’raeva Tojikistonda ikki tilda birdek ijod qilish qobiliyatiga ega edi. Uning she’rlari rus va tojik tilida, to’rtta she’riy majmuada chop etildi. Bular: “Nomaho az chang” ya’ni “Urushdan xatlar”, “Dard muharriki zan ast” “Dard ayol aylanchasi”, “Yodho az tu”, “Sendan yodlar” va “Sham’guftaho”, “Sham’aytishuvlar” she’r majmualaridir. Bugungi muhaqqiqlar Niso she’riyatini Erog zamonaviy she’riyati vakillari bo’lgan Ahmadi Shomlu, Nimo, va Furo’g’ga yaqinligini e’tirof etadi. Tojikistonda nashr etiladigan “Pomir” jurnalining bosh muharriri Sergey Suxoyan Nisoni zabardast rus shoirlari qatoriga qo’ygan va “u rus va tojik adabiyotiga o’z uslubi, yangi maqom va intilishlari bilan kirib keldi”, deb yuksak baho beradi. Niso Jo’raevaning orzulari ko’p edi. Eron Islom Respublikasi televidenoiyesining mashhur namoyandasi Muhsini Maxmalbof bilan hamkorlikda film yaratish va bu sohada o’zini namoyon etish orzusida edi. Biroq, uning rejalari, intiladigan marralari shu qadar ko’p ediki, buncha kuch-g’ayratni sarflashga, buncha ezgu niyatni amalga oshirishga bitta umr kamlik qilar ekan. O’lim uni o’z domiga tortdi. U 41 yoshida bu olamni tark etdi. Uning ikki nafar farzandi Aziza va Masrur hamda turmush o’rtog’I Mo’min Jo’raev Tojikistonning Xo’jand shahrida yashamoqdalar. Odatda bolalarni otasi orqali taniymiz. “Qaysi odamning o’g’lisan?”, deymiz. Nisoning farzandlarinin esa o’sha ayolning farzandlari deb tanishtiradilar. U o’z qadrini o’zi yuksaltirgan ayol edi. Vafotidan so’ng uning yaqinlari Nisoni o’z ona vatani Boysun tumani Darband qabristoniga olib kelib dafn etdilar. Toki ajdodlar tuprog’i hidi uni mashomiga yetib tursin. Zabardast shoira ,oliy toifali shifokor, tibbiyot sohasida she’riyat sohasida o’chmas iz qoldirgan hamyurtimiz xotirasi farzandlari, nabiralari va xalqimiz qalbida mangu yashaydi.
Tojikcha matn Oh,ey Nisoi she’r

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling