1-Mavzu: To‘plam haqida tushuncha


Download 386.21 Kb.
bet3/13
Sana09.01.2022
Hajmi386.21 Kb.
#264529
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
офм

Teng to’plamlar.

To’plam osti.

Universal to’plam

Mavzu: Sharq matematik olimlarining asarlarida arifmetikaning rivojlanishi haqida

Reja:

1.Muxammad ibn Muso-al Xorazmiy, Umar Xayyom, Nasriddin Tusiy, Jamshid qiyosiddin al-Koshiy, Ulug‘bek asarlarida arifmetikaning rivojlanishi haqida dastlabki ma’lumotlar.

2. Psixologik – pedagogik adabiyotlarda maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavvurlarni rivojlantirish masalalari.

3.Y.I.Tixieva, F.N.Blexer, maktabgacha yoshdagi bolalarni matematika elementlariga o‘rgatish to‘g‘risida.

O‘zbekiston Respublikasi kadrlar tayyorlash Milliy dasturi (1997 y) uzluksiz ta’limni bir butun tizimini yaratish vazifasini ilgari surdi va mutaxassislar tayyorlash sifatiga qo‘yiladigan talablarni yanada oshirdi. YAna shunga bog‘liq holda Respublikadagi pedagogika oliy o‘quv yurtlaridagi ta’lim — tarbiya jarayonini takomillashtirish masalasi dolzarb masalaga aylandi. Maktabgacha tarbiya mutaxassislarini tayyorlash tizimida «Maktabgacha yoshdagi bolalarda elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish asoslari va metodikasi» kursi muhim o‘rin tutadi. So‘nggi yillarda mamlakatimizda bolalar bog‘chasida matematika o‘qitish butun sistemasida o‘z ko‘lami va ahamiyati jihatidan nihoyatda katta bo‘lgan o‘zgartirishlar amalga oshirildi. Maktab oldiga yangi maqsadlarning qo‘yilishi bilan bog‘chada matematik ta’lim berish mazmunining tubdan o‘zgarishiga olib keldi. Bog‘cha bolalariga matematikadan samarali ta’lim berish bo‘lajak tarbiyachi maktabgacha yoshdagi bolalar uchun ishlab chiqilgan «Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirish» kursini o‘qish metodikasini egallab, chuqur o‘zlashtirib olmog‘i lozim.

MTM sida matematik ta’lim berish metodikaning predmeti quyidagilardan iborat:

1. Matematika o‘qitishda ko‘zda tutilgan maqsadlarni asoslash (nima uchun matematika o‘qitiladi, o‘rgatiladi?).

2. MTM da matematika o‘qitish mazmunini ilmiy ishlab chiqish (nimani o‘rgatish kerak?), bolalarga bilimlar qanday berilganda, bu bilimlar fan, texnika va madaniyatninig hozirgi zamon rivojlanishi talablariga mos keladigan bo‘ladi.

3. Matematika bilim berish metodlarini ilmiy ishlab chiqish (qanday o‘qitish kerak?), ya’ni bolalar hozirgi kunda zarur bo‘lgan bilimlarni, malakalarni, ko‘nikmalarni va aqliy faoliyati, qobiliyatlarini egallab oladigan bo‘lishlari uchun o‘quv ishlari metodikasi qanday bo‘lishi kerak? Matematik bilimlarni egallash jarayonida bolalar shaxsining garmonik rivojlanishi va shakllanishini amalga oshirish uchun qanday o‘qitish kerak?

4. Matematik bilim berish vositalarini — darsliklar, didaktik materiallar, ko‘rsatma qo‘llanmalar va texnik vositalarni ishlab, (nima yordamida o‘qitish).

5. Ta’limni tashkil qilishni ilmiy ishlab chiqish (darsni va ta’limning mashg‘ulotdan tashqari formalarini qanday o‘tkazish kerak?)

Bolalarga real olamdagi yuz beradigan eng sodda hodisalardagi miqdoriy nisbatlarni tushunishga va olamdagi fazoviy formalarni (joylashishlarini); natural son, geometrik figura, miqdor va boshqa tushunchalar abstrakt ammo ular real borliqdagi predmetlarga xos bo‘lgan bog‘lanish va munosabatlarni aks ettiradigan hajmda bilimlar berish, Bu bilimlar fazovoy tasavvurlarni rivojlantirishga mantiqiy fikrlay bilishga yordam berishi kerak. Matematikani o‘rgatish bolalarda o‘z ona tilida xatosiz so‘zlashga, o‘z fikrini aniq va ravon qilib bayon eta bilishga o‘rgatishda yordam berishi kerak. Matematikani bayon etishda sergaplikka yo‘l qo‘yish mumkin emas, bunda har bir so‘zni o‘z o‘rnida ishlata bilish ayniqsa muhimdir.




Download 386.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling