1-Mavzu: to‘qima texnologiyasi to‘qimachilik va yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish


Download 0.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana19.06.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1600213
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-маъруза

To’qimalarning qisqacha tasnifi 
To‘qimalar xom-ashyo turiga qarab quyidagilarga bo‘linadi: 
1. 
Paxtaipidan tayyorlangan to‘qimalar. 
2. 
Kanopipidan tayyorlangan to‘qimalar. 
3. 
Jundan to‘qiladigan to‘qimalar. 
4. 
Shoyi ipidan to‘qiladigan to‘qimalar. 
Paxtaipidan tayyorlangan to’qimalar. Paxtaipidan tayyorlangan to‘qimalar boshqa umumiy ishlab 
chiqariladigan to‘qimalarning 70%dan ko‘prog‘ini tashkil etadi. Bunday to‘qimalar ishlatilishiga qarab 
quyidagilarga bo‘linadi: 
— 
ichki kiyim uchun — bo‘z, chit, mal-mal, shifon to‘qimalari ishlatiladi; 
— 
satin — ayollar, bolalar kiyimi, korxona kiyimi, paxmoq, choyshab, erkaklar ko‘ylagi, astarlik 
buyumlari sifatida ishlatiladi; 
— 
ko‘ylaklik to‘qimalarga — shotlanka, krep to‘qimalari, reps to‘qimalari, markizet, bumazeya
batist, flanel va hokazo; 
— 
ustki kiyim to‘qimalarga dioganal-sarja. Bunday to‘qimalarga korxonada kiyish uchun to‘qima, 
texnik to‘qima va hokazolar kiradi. Bundan tashqari ip gazlamalarga quyidagi to‘qimalar kiradi: 
— 
astarlik to‘qima; 
— 
tukli to‘qima; 
— 
mebellar uchun to‘qima; 
— 
yakka tartibda chiqariladigan to‘qima. 
Kanopipidan tayyorlangan to’qimalar. Kanopipidan ishlab chi- qarilgan to‘qimalarning artikuli beshta 
sondan iborat bo‘ladi. Masalan: 01101, bunda 01 —enli jakkard to‘qimasi, 1 — toza kanopli, 01 — 
guruhdagi tartib nomeri. 
Bunday to‘qimalarga quyidagilar kiradi: 

polotno toza kanopli

polotno aralash xomashyoli; 



mеbеlbop to‘qimalar, bu to‘qimalar mayda naqshli o‘rilishlar yordamida olinib, rangli iplar 
qo‘llaniladi; 

yakka tartibda chiqariluvchi to‘qimalar choyshab, dastro‘mol, sochiq, dasturxon, ko‘rpa yopqich 
to‘qimalar. 

Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling