1-Mavzu: to‘qima texnologiyasi to‘qimachilik va yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish


Download 0.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana19.06.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1600213
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-маъруза



1-Mavzu: 
 TO‘QIMA TEXNOLOGIYASI 
To‘qimachilik va yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish. O‗zbekiston va jahon to‗qimachilik 
sanoatini rivojlanishi, O‗zbekistonda to‗qima ishlab chiqarish texnologiyalarning asosiy 
yo‗nalishlari.To‘quvchilikka keltiriladigan xom-ashyo.To‗quvchilikka keltiriladigan iplar va ular 
o‗ralgan o‗ramalar turi, iplarni to‗quvchilikga tayyorlashda qatnashadigan jarayonlar va ularning 
maqsadi. 
Rеja: 
1.To‘qimachilik mahsulotlari, xom ashyolari, mahsulot sifati va sifat ko‘rsatkichlari. 
2.To‘qimachilik mahsulotlarining umumiy tasnifi, ularning tеxnologik ko‘rsatkichlari va 
gеomеtrik xossalari 
Tayanch so’zlar 
ADRAS- tanda iplari ipak va arqoq ipi pishitilgan paxtadan tashkil topgan, ishlov berilib qo‗shimcha 
chiyan guli (mauer)‖ naqshi hosil qilingan milliy to‗qima. 
ATLAS - tanda iplari gazlamaning sirtida yugori zichlikda joylashgan yaltiroq ko‗rinishidagi atlas 
o‗rilishli to‗gima. 
ASTAR To‘qimaning ichki  tomoni  yoki kiyim, ko‘rpa, ko‘rpacha kabi buyumlarning
ichki tomoniga tikilgan mato. 
Asosiy matn. 
To’qimachilik mahsulotlari, xom ashyolari, mahsulot sifati va sifat ko’rsatkichlari. To’qimachilik 
mahsulotlarining umumiy tasnifi, ularning tеxnologik ko’rsatkichlari va gеomеtrik xossalari.Iplar o’zaro 
ta'sir natijasida xomashyo turiga qarab turlicha shakllanishi.Ipning to’qilishida egilishi.To’quv 
dastgohlarida to’qima to’qilganda iplarga berilgan taranglik ta'sirida o’z shaklini o’zgartirilishi. 
To‘qimachilik matolarining sifat ko‘rsatkichlari. Mahsulot sifatini o‘lchash va baholashning 
nazariy va amaliy jihatdan bog‘lanish masalalari hozirgi kunda mustaqil ilmiy yo‘nalish sifatida 
shakllanib bormoqda. To‘qimachilik matolarining sifat ko‘rsatkichlarini standanlashtirishda 
«sifat» tushunchasi va uni baholash usullarini ko‘rib chiqish lozim. 
Mahsulot sifati -mahsulotning jami xossalaridan iborat bo‘lib, ishlatilish davrida 
iste'molchilar talabini to‘liq qondirish demakdir. 
Mahsulot sifatini ishlatilish davrida aniqlash talab darajasiga qarab o‘zgarib boradi. Shu 
sababli, bir yoki boshqa turdagi mahsulotlar uchun, ayniqsa, ko‘p maqsadlarda ishlatiladigan 
mahsulotlarning sifatini baholash doimiy o‘lchamda bo‘lmaydi. Masalan,; zig‘ir gazlamasidan 
engil yoping‘ich va maxsus kiyim-kechak tayyorlanadi, lekin ularning sifat ko‘rsatkichlari 
turlicha bo‘ladi. 
Ko‘pgina ilmiy ishlar va adabiyotlarda «sifat » tushunchasi kengroq ishlatiladi va unga 
berilayotgan ta'riflar ham turlichadir. Prof. A.N.Solovyov «sifat» tushunchasini quyidagicha 
baholaydi: 
Material sifati —bu talab xossalariga bog‘liq bo‘lib, materialning qayta ishlanishi va 
ishlatilishi uchun yaroqliligi demakdir. 
Mahsulotning sifat ko’rsatkichi —GOST 15467-70 standartiga binoan mahsulot xossasining 
miqdoriy xususiyati bo‘lib, sifat tarkibiga kiradi, ya'ni uni yaratish va ishlatish hamda 
iste'molchilarga yetkazishdagi talabini qondirish. 
To‘qimachilik matolarining sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha talab shartlari standartlar, texnik 
shartlar yoki qandaydir bir me'yoriy-texnik hujjatlarda keltiriladi. 
Barcha mahsulotlarning sifat ko‘rsatkichlari ifodalanishi bo‘yicha o’lchamli va o’lchamsiz 
(nisbiy yoki balli)ga bo‘linadi. 
Sifatni baholash darajasi —bu jarayonlarning jami bo‘lib, sifat ko‘rsatkichlarining 
nomenklaturasini o‘z ichiga oladi va mahsulot sifatiniboshqarishda ularning sonli qiymatini, 
shuningdek, bazali va nisbiy ko‘rsatkichlarini aniqlaydi. 
Mahsulotxossasi—mahsulotning yaratilishi, ishlatilishi yoki iste'molida yuzaga keluvchi 
obyektiv imkoniyatlar. 
Hozirgi paytda me'yoriy-texnik hujjatlarning talablarini hisobga olgan holda, to‘qimachilik 
materiallarining sifat ko‘rsatkichlarini baholashda mahsulotning navi aniqlanadi, attestatsiyalash 


davrida esa uning sifat bosqichi belgilanadi. 
Mahsulot sifatini nazorat qilish tekshirishga bog‘liq bo‘lgan mahsulot sifat ko‘rsatkichlari 
talablarida belgilanadi. 
Sinov —ob'ektni miqdoriy yoki sifat xossalari bo‘yicha eksperimental aniqlash demakdir. 
Sinov usuli —sinov ishlarini o‘tkazish uchun belgilangan tamoyil- larning qo‘llanilishidagi 
jamiqoidalar. 
— 
Mahsulot sifati boshlang‘ich qiymatga ega. Shu sababli, mahsulot sifatini baholash yoki 
o‘lchashda quyidagilarni aniqlash va asoslash lozim: 
— 
to‘la-to‘kis ishonchli baholash usullari material xossalarining me'yoriy shartlariga 
bog‘liqligi bo‘lib, bu xossalarni aniqlashda xatoliklar hisobga olinadi;
— 
sifat ko‘rsatkichlarini tanlash materialning ishlatilishga to‘la-to‘kis yaroqliligini 
ko‘rsatadi; 
— 
ta'minlovchi, imkoniyatlarini hisobga olgan holda me'yoriy shartlarning ratsional darajasi. 
Mahsulot sifat ko‘rsatkichini ifoda etgan birligiga ko‘ra quyidagilarga ajratish mumkin: 
— 
miqdoriy birliklarda aks etgan; 
— 
miqdoriy bo‘lmagan birliklarda aks etgan; 
— 
asosga binoan sinash yo‘li bilan olingan; 
— 
birgina xossasini ifoda etuvchi; 
— 
barcha xossasini ifoda etuvchi. 
Mahsulot sifatini baholashda natijaning qanchalik to‘g‘ri va haqiqatga yaqin bo‘lishi ham 
muhim ahamiyatga ega. 
Masalan, bir to‘p matoning sifat ko‘rsatkichini aniqlashda, odatda, oddiy standart sinash 
usulidan fiydalaniladi. O‘lchash xatoligi 5%dan oshmaydigan maxsus asbob-uskunalar 
yordamida bajariladi. Sinov ishlarini olib borishdan oldin namuna belgilangan sharoitda 
saqlanishi lozim. Bunda boshlang‘ich ko‘rsatkichlari belgilash katta ahamiyatga ega. 
Boshlang‘ich ko‘rsatkichlar o‘z navbatida to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri, ahamiyat)i ydki ahamiyatsiz 
bo‘lishi mumkin. Tekshirish orqali aniqlangan o‘lchashlar mahsulot sifat darajasini 
mujassamlashtirgan negizli ko‘rsatkichlarbilan taqqoslanadi.  

Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling