1-mavzu: tovar ishlov berish fani va uning vazifalari reja


Quritilgan sabzavotlar va mevalarning sifat ko’rsatkichlari


Download 383.95 Kb.
bet48/89
Sana02.12.2023
Hajmi383.95 Kb.
#1779521
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   89
Bog'liq
1-mavzu tovar ishlov berish fani va uning vazifalari reja-fayllar.org

Quritilgan sabzavotlar va mevalarning sifat ko’rsatkichlari
Quritilgan sabzavotlar va mevalarning assortimenti xilma-xil bo’lib, ular qanday meva yoki sabzavot turidan tayyorlanganligi, texnologik ishlov berish jarayonlari va quritish usullariga qarab bir-biridan farq qiladi. quyida quritilgan sabzavot va meva mahsulotlarining asosiy turlarining tavsifini keltiramiz.
Quritilgan sabzavotlar. Sabzavotlardan kartoshka, sabzi, lavlagi, oqboshli karam, piyoz, ko’katlar va boshqa sabzavotlar quritiladi.
Quritilgan kartoshka xo’raki kartoshka navlaridan olinadi. quritish oldidan kartoshka tuganaklari yuviladi, po’stlog’i artiladi, uzunchoq, parrak, kubik qilib to’g’raladi, keyin bug’ bilan ishlov berilib sovitiladi va tarkibida 12% namlik qolguncha maxsus quritgichlarda 75-800S haroratda quritiladi. Uzoq saqlash uchun esa namlik 5-6% qolguncha quritiladi. Sifatiga qarab quritilgan kartoshkalar birinchi va ikkinchi navlarga bo’linadi.
Quritilgan ildiz mevali sabzavotlar lavlagi, sabzi va oq ildizlardan tayyorlanadi. Bu sabzavotlar tarkibida 12-14% namlik qolguncha quritiladi. Ba’zan ularning uzoq saqlanishini ta’minlash uchun esa namlik 5-6% qolguncha ham quritilishi mumkin. Bu holda tayyor mahsulotni germetik holda qadoqlash talab etiladi. quritilgan ildizmevali sabzavotlar ham sifatiga qarab birinchi va ikkinchi navlarga bo’linadi.
Quritilgan karam oqboshli karamdan va rangli karamdan olinadi. Bir xilda payraxasimon to’g’ralgan karamlarni oldin bug’ bilan ishlanadi, keyin esa maxsus moslamalarda tarkibida 14% namlik qoguncha quritiladi. quritilgan karamlar ham birinchi va ikkinchi navlarga bo’linadi.
Boshpiyozning achchiq va yarim achchiq navlari quritiladi. Piyozbosh po’stloqlardan tozalangandan keyin yaproq yoki xalqa qilib to’g’ralib, maxsus quritgichlarda tarkibida 14% namlik qolguncha quritiladi. Sifatiga qarab quritilgan piyozlar ham birinchi va ikkinchi navlarga bo’linadi.
Ko’katlardan petrushka, shivit, ismaloq va boshqalar quritiladi. quritilgan ko’katning namligi 14% dan oshmasliga kerak.

Download 383.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling