1-mavzu: tovar ishlov berish fani va uning vazifalari reja
Download 0.51 Mb.
|
ҚХМСДИТдан МАЪРУЗА МАТНИ (rasmsiz)
Donni joylashtirish.
Don joylashtirishning to'g'ri tashkil etili-shi uni yaxshi saqlanishi, don sifatini oshirish uchun o'tkaziladigan chora-tadbirlarga qaratilgan xarajatlarning ka-mayishini va mehnat xarajatlarining iqtisodini garovidir. Don joylashtirish rejasining asosiy maqsadi - bu donning kat-ta bir xil partiyalarini tuzish. Don joylashtirish rejasini tuzayot-ganda TKNB boshlig'i quyidagi materiallardan foydalanadi: - don korxonalariga jamoa va davlat xo'jaliklari bilan tuzil-gan kontraktlar asosida kelib tushadigan don miqdori haqidagi ma'lumotlar; - don korxonalariga keladigan donning soatbay grafigi; - o'tgan yilgi don hosilini joylashtirish qoldiqlari haqidagi ma'lumotlar; - tayyorlov davrida yuqori turuvchi tashkilot korxonaga be-radigan don, olib kelish rejasi; - kutilayotgan hosil va don sifati haqidagi ma'lumotlar; - urug'li don tayyorlash rejasini; - hamma don omborlari hajmi haqidagi ma'lumotlar; - uzluksiz texnologik liniyalar quvvati, turi va miqdori ha-qidagi ma'lumotlar: - don tozalash va quritish rejalari. Don joylashtirish rejasini tuzishda katta bir xil partiyalarni tuzishni, don omborlar hajmidan ratsional foydalanishni, donni uzluksiz tozalash va quritishni tashkil etishni, don omborlari hamda korxona texnologik qurilmalari mexanizatsiyasidan rat-sional foydalanishni hisobga olish zarur. Rejada ichki ombor ishlarini olib borish uchun rezerv may-donini ham ko'rib chiqiladi. Ichki ombor butun ombor hajmi-ning 10%ini tashkil qilishi kerak. Elevatorda esa har bir silos te-pasidagi transportyor tasmasiga kamida 1ta silosdan to'g'ri keli-shi kerak. Yig'ib olingan material asosida TKNB boshlig'i taxminiy ku-tilayotgan donni hisoblaydi. TKNB boshlig'i tayyorlov boshiga qolgan donni, donni tayyorlov davrida olib kelish va yuklash re-jasini taxminan bilgan holda joylashtirish zarur bo'lgan don miqdorini o'rnatadi va zaruriy hajmini hisoblaydi. Hisobot uchun joylashtirish koeffitsiyentlaridan foydalanadi: bug'doy va makkajo'xori doni uchun - 1,1; javdar va no'xot uchun - 1,15; guruch va grechixa uchun - 1,5; suli uchun - 1,7; kungaboqar uchun - 1,9. Navli urug'larni joylashtirish va hamma ekinlar uchun 2 koeffitsiyentini qo'llaniladi, uni berilgan ekinning tovar don koeffitsiyentiga qo'shimcha holda ishlatiladi. Hamma ekinlar doni uchun zaruriy hajm umumiy miqdorini hisoblab topilgandan so'ng donni joylashtirish rejasi tuziladi. Hozirgi paytda don joylashtirish rejasini tuzish kompyuterlarga kiritilgan bo'lib, u erda donning hamma sifat ko'rsatkichlari hi-sobga olinadi. Kelayotgan don sifatini baholash. Bir xil don partiyalarini sifatini ularni jamoa va davlat xo'jaliklaridan qabul qilishda o'rtacha sutkali namuna bo'yicha baholadi. Kelayotgan donga oldin dastlabki, keyin esa ohirgi baho beriladi. Dastlabki, baho-lash uchun har bir avtomobildan olingan donning umumiy na-munasidan organoleptik ko'rsatkichlarini, namligi va zararku-nandalar bilan zararlaganligini aniqlaydi. Birinchi kelgan par-tiyadan olingan namunadan ko'shimcha hajm massasini ham aniqlaydi. Bu ma'lumotlarga asoslangan holda laboratoriya rejaga muvofiq donni joylashtirishga yo'naltiradi. O'rta sutkali namunani va o'rta namunani GOST 10839-64da berilgan usul asosida tuzi-ladi. Oxirgi baholashda: donning rangi, hidi, ta'mi, namligi, zarar-kunandalar bilan zararlanganligi, hajm massasi, ifloslanganligi, tip va podtipini aniqlaydi. Bundan tashqari, faqat alohida ekin guruh-lariga xarakterli sifat ko'rsatkichlari ham aniqlanadi: - bug'doy donida - kleykovina miqdori va sifati, shishasimon-ligi, don toshkana (klop cherepashka) bilan zararlanganligi; - sholi donida- sariqlashgan endospermali, glyutinozli va qizil urug'li hamda meva qobiqli donlar miqdori; - pivo qilinadigan arpada- o'sib ketish xususiyati; - dukkaklilar urug'ida- hasharotlar bilan zararlangan urug'lar miqdori va zararlanganlik darajasi; - moylilar urug'ida- po'choqliligi, bo'sh va buzilgan urug'lar soni. Har bir o'rta sutkali namunaga tahlil kartochkasi to'ldiriladi. Bu tahlillar natijasini laboratoriya yuk xati ro'yxatida ko'rsatadi va u asosida don topshiruvchiga qabul qilish kvitantsiyasi yozib beri-ladi. Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling