1-mavzu: tovar ishlov berish fani va uning vazifalari reja


Alohida ekin turlari hajm massasi kategoriyalari


Download 0.51 Mb.
bet46/82
Sana04.02.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1158077
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   82
Bog'liq
ҚХМСДИТдан МАЪРУЗА МАТНИ (rasmsiz)

Alohida ekin turlari hajm massasi kategoriyalari.

Ekin turi

Hajm massasi, g/l

yuqori

o'rtacha

quyi

Bug'doy

785 va yuqori

745-785

745dan past

Javdar

750 va yuqori

700-730

700dan past

Arpa

605 va yuqori

745dan 605gacha

545 va undan past

Suli

510 va ko'p

460-510

460 va undan past

Bug'doy donini joylashtirishda kleykovina miqdori va sifatini hisobga olish alohida ahamiyatga ega. Kleykovina miqdori 28%dan ko'p bo'lgan bug'doy donini alohida saqlanadi, so'ng kleykovina miqdori 25-28% bo'lgan don alohida saqlanadi, uchinchi guruhga esa kleykovina miqdori 25% dan kam bo'lgan hamma donni qo'shiladi. Bundan tashqari, donning kleykovina sifati guruhi bo'yicha ajratiladi.
Qattiq bug'doy navlari va tovar sinflari bo'yicha joylashtiriladi. Sinfsiz donni alohida joylashtiriladi. Donni joy-lashtirishda katta bir xil don partiyalarini tuzish hisobga olinadi, bunda har xil sifatli donlarni aralashishiga yo'l qo'ymaslik kerak. Laboratoriya donni omborlarga joylashtirish to'g'riligini munta-zam nazorat qilib turadi.
Don tozalash nazorati. Don tozalash - bu ishlov berishning eng muhim bosqichi bo'lib, unda donning sifati yaxshilanadi va saqlanuvchanligi oshiriladi. Donda chiqindilar mavjudligi don massasining o'z-o'zidan qizishiga zararkunandalar rivojlanishiga olib keladi va donni quritishni qiyinlashtiradi.
Don chiqindilardan tozalangan va aniq konditsiyalargacha yetkazilgan bo'lishi shart. Don tozalash rejasini tuzishda quyida-gi ma'lumotlardan foydalanadi:
1. Don qabul qilish korxonalariga don kelishi soatbay grafigi.
2. Taxmin qilinayotgan toza, o'rta toza, chegaralangan kon-ditsiyalargacha ifloslangan va chegaralangan konditsiyalardan yuqori ifloslangan don kelishi haqida ma'lumotlar.
3. Quritishdan oldin va keyin chiqindilardan tozalash zarur bo'lgan nam va ho'l don miqdori haqida ma'lumotlar.
Tozalash rejasini har bir ekin turiga, ularni don qabul qilish korxonasiga kelib tushish davrini hisobga olgan holda alohida tuziladi. Turli xil ekin turlari donlari har xil vaqtda yetiladi, shuning uchun bir necha ekin turlari uchun bitta texnologik li-niyani ishlatish ham mumkin. Hozirgi vaqtda asosan universal texnologik liniyalar qurilmoqda, unda deyarli hamma don ekin-larini tozalash va quritish mumkin.
Laboratoriya mudiri tozalash ketma-ketligini kelayotgan don sifatiga bog'liq holda o'rnatadi. Birinchi navbatda o'z-o'zidan qi-zuvchi doni va begona hid beruvchi chiqindilar bilan ifloslangan doni tozalanadi. Don tozalashdan oldin laborant namuna oladi va namlik, hajm massasi, ifloslanganlik va zararlanganlikni aniq-laydi.
Ifloslanganlikni aniqlayotganda zararkunandalar miqdori va xarakterini, ajralmas chiqindilar va asosiy ekindagi shikastlangan donlar mavjudligi o'rnatiladi.
Ajraladigan chiqindi deb, don tozalash mashinalarida butun-lay ajratiladigan chiqindilarga aytiladi. Qiyin ajraladigan chiqindi - bu ekinlar va yovvoyi o'simliklarning iflos urug'laridir, ularni mavjud don tozalash mashinalarida butunlay ajratib olish imko-ni yo'q. Tozalash texnologik jarayonini don tozaligiga talab qili-nadigan konditsiyalarga va dondagi chiqindilar miqdori va xa-rakteriga bog'liq holda eng ko'p samadorlikni ta'minlovchi mos keluvchi mashinalarni tanlash bilan tashkil qilish zarur.
Don tozalash mashinalari, elaklar va havoli oqim tezligini tanlash masalasini yechish uchun laboratoriya 1 kg don massasi namunasini ZLS laboratoriya separatorida yoki elaklar to'plami yordamida tahlil qiladi. ZLS laboratoriya separatoridan (13-rasm) don qabul qilish korxonalari laboratoriyalarida donning hajm massasini aniqlashdan oldin uni chiqindilardan tozalash va donning ifloslanganligini o'rnatish dondan ajratib olinadigan chiqindilar xarakteristikasi hamda don tozalash mashinalarning ishlash samaradorligini aniqlash uchun keng qo'llaniladi. Sepa­rator karkas don, qabul qiluvchi, yuqorigi, o'rtadagi va pastki elakli ramalar, uzatma va silkituvchi qurilmadan iborat.
Separatordagi elakni tozalanayotgan ekin va chiqindilar soniga mos holda almashtirish mumkin. Havo oqimi shunday tanlanadiki, toki u yengil chiqindilarni butunlay ajratib, donni olib ketmaslikni ta'minlasin. Massa 1kg bo'lgan don namunasi separator orqali 2 marta o'tkaziladi. Ajratilgan har bir fraksiya o'lchanadi.
LR-3 laboratoriya rassevida ham tahlil qilish mumkin. Namu-nani 3 minut davomida elanadi, so'ng har bir elakdagi qoldiq va oxirgisidan o'tgan (proxod)ni don va chiqindiga ajratib tahlil qili-nadi. Chiqindilarni ajratish uchun ko'proq ma'qul bo'ladigan elak-larni tanlab o'rnatiladi. Ba'zida don tozalash mashinalarini va ularning ishchi organlarini tanlash masalasini to'g'ri yechish uchun don massadagi u yoki bu alomatlarning o'zgaruvchanligini variat-sion statistika usuli bilan o'rganiladi. Buning uchun 500-1000 dona asosiy ekin donida va yovvoyi o'simliklar urug'ida uzunlikn, eni, qalinligi, zichligi va hokazolar o'lchanadi.
Olingan natijalarni 0,2 mm oraliq bilan sinflarga bo'linadi va har bir sinfda don miqdori fondlarda o'rnatiladi. So'ng variatsion egri chiziqlari tuziladi, bunda absissa o'qi bo'ylab sinflar, ordinata o'qi bo'ylab esa don miqdori foizlarda qo'yiladi. Don va ifloslanti-ruvchi qo'shma egri chiziqlari tuzilgandan so'ng, ularni ajratish uchun qaysi alomatni qo'llash ma'qulligini topiladi yoki agarda egri chiziqlar qisman bir-birini yopsa, ko'proq foydali ajralish chegarasi tanlanadi.
Asosiy tozalashdan oldin sinov tozalash olib boriladi. Buning uchun massasi taxminan 5t bo'lgan don partiyasi tozalanadi. Bu elaklarni tanlash, havo oqimining tezligini, triyerdagi yacheykalarni tanlash va X texnologik rejimini aniqlashtirish uchun zarur. Sinov tozalash jarayonida laboratoriya massasi 1kg bo'lgan don va chi-qindilardan tahlil uchun namuna oladi.
Donda chiqindilar soni, chiqindilarda esa don miqdori aniqla-nadi. Bundan tashqari, bir minutlik balanslar olinadi, ularning na-tijalaridan mashinalar faktik ishlab chiqarish quvvatini va ular ishining samaradorligini aniqlashda foydaniladi. Bir minutlik ba-lanslar don tozalash mashinalarining o'rnatilgan ishlash rejimidan olinadi. Buning uchun 1 minut davomida bir vaqtning o'zida toza-lashdan oldin va keyingi donni hamda chiqindilar hamma fraksiya-lari tanlab olinadi. Tanlab olish 3 martadan kam bo'lmasligi kerak. Tanlab olingan fraksiyalar o'lchanadi, so'ng massasi 1kg bo'lgan namunalar ajratiladi.
Don tozalash mashinasining haqiqiy ishlab chiqarishini aniq-lash uchun hamma fraksiyalar massasi jamlanadi va ishlab chiqa-rish (t/soatda) quyidagi formula orqali topiladi:
Qf = P▪ 60/1000;
bunda: P - mashinaga tushayotgan don aralashmasining miqdori, kg /min; Qf - don tozalovchi mashinaning soatli faktik ishlab chi-qarishi.
Tanlab olingan don va chiqindilar namunalarini ZLS laborato-riya separatori, M-3 rassevi yoki don tozalash mashinalirida qo'llaniladigan teshikli laboratoriya elaklar to'plamidan o'tkaziladi.
Donda ajraladigan chiqindilar miqdorini uni don tozalash ma-shinalarida ajralishiga mos holda fraksiyalarga differensiallab aniq-lanadi. Donni chiqindilardan asosiy tozalashli olib borilayotganda laboratoriya xodimlari har bir don tozalash mashinasining ishini va butun texnologik liniyani nazorat qilib turishadi. Smenada kamida 2 marta don tozalash mashinasidan oldin va keyin don namunasi hamda hamma kategoriya chiqindilar namunasi tanlanadi. Namu-nalar tahlili natijalaridan alohida mashinalar va butun texnologik liniya, ishlash samaradorligini aniqlashda qo'llaniladi. Don tozalash mashinalarining texnologik ishlash samarasini aniqlash uchun ZLS laboratoriya separatori va LR-3 rassevi ishlatiladi. Laboratoriya elaklar to'plamidan foydalanilgandagi namunalar massasi 6-jadvalda berilgan.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling