1 mavzu. Tuproq hosil bo‘lishida rel’yefning ahamiyati Reja: Relyef yer yuzasida quyosh energiyasi va atmosfera yog’inlarining taqsimlovchisi sifatida


Allyuvial chimli-o’tloq tuproqlar


Download 204.45 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana17.06.2023
Hajmi204.45 Kb.
#1526924
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
5 MAVZU (1)

Allyuvial chimli-o’tloq tuproqlar 
Bu tuproqlar cho’l zonasining Amudaryo va Sirdaryo irmoqlarida, ularning o’rta oqimidagi 
quyi terrasalarda, Zarafshon, Surxandaryo, Vaxsh, Murg’ob shuningdek, Atrek daryolarining 
etaklarida katta maydonlarni egallaydi. Sug’oriladigan dehqonchilik rivojlangan chimli o’tloq 
tuproqlar turli mexanik tarkibli qatlamli allyuvial keltirilmalarda paydo bo’ladi. Sizot suvlari sathi 


1-3 m chuqurlikda bo’lib, minerallashuv darajasi daryo va uning tarmoqlari uzoqlashgan sayin 
ortib boradi. 
Zich chim hosil qiladigan o’tloq o’simliklari yaxshi rivojlangan. Doimiy ravishda suv 
bosadigan o’tloqi tuproqlarda zang va ko’kimtir (zangori) dog’lar ifodalangan botqoqlanish 
alomati bor. 
Allyuvial chimli o’tloq tuproqlarda gumus 1-3 foiz atrofida, azot –0,17-0,14 foiz. Fosfor 
va kaliy miqdori ona jinslar tarkibiga bog’liq bo’lib, umumiy fosfor 0,12-0,13 foiz, kaliy 1,70-
2,15 foizni tashkil etadi. Bu tuproqlarda struktura ancha yaxshi ifodalangan va 0,25 mm dan katta 
makrostrukturalar miqdori 25 foizga yetadi. Sho’rlangan yerlarda struktura yomonroq bo’ladi. 
tuproqlarda suv o’tkazuvchanlik yaxshi va nam sig’imi ham yuqori. 
Sug’oriladigan o’tloq tuproqlar 
Cho’l zonasida sug’oriladigan o’tloq tuproqlar keng tarqalgan bo’lib, qadimgi vohalar shu 
yerda joylashgan. Jumladan, Xorazm va Chimboy vohalari hamda Chorjo’y va Qarshi rayonlari, 
Amudaryoning o’rta oqimi vodiylari, Buxoro va Qorako’l vohalari doirasida, Zarafshon daryosi 
etagida, shuningdek Sirdaryoning qadimgi va hozirgi delg’tasida 2,5-3 ming yillar davomida 
sug’orilib kelinadigan tuproqlar keng tarqalgan. Uzoq muddatli sug’orilib dehqonchilik olib 
boriladigan yerlar relg’efi tekis bo’lib, tuproqning morfologik tuzilishi, kimyoviy va fizikaviy 
xossalari hamda unumdorligida katta o’zgarishlar ro’y bergan. Bu xususiyatlar sug’orish suvlari 
keltirib yotqizadigan agroirrigatsiya qatlamining qalinligiga va tarkibiga qarab o’zgaradi. 
Qadimdan sug’oriladigan (voha) o’tloq tuproqlarining genetik gorizontlari uncha yaxshi 
ajralib turmasligi bilan qo’riq yerdagi shunday tuproqlardan farq qiladi. Odatda voha o’tloq 
tuproqlarda gumusli qatlam cho’ziq bo’lib, chirindining umumiy zahirasi ko’p bo’ladi. Namlanish 
darajasiga qarab allyuvial voha-o’tloq tuproqlar bilan bir qatorda soz voha-o’tloq tuproqlar 
(Farg’ona vodiysida) ham tarqalgan. 
Agroirrigatsiya qatlamining qalinligiga ko’ra: qalin bo’lmagan –<30 sm; o’rtacha 
qalinlikdagi 30-70 sm va qalin qatlamli tuproq – 70 sm dan oshiq kabi avlodlarga bo’linadi. 
Voha-o’tloq tuproqlarning ayrim agrokimyoviy ko’rsatkichlari 80 – jadvalda berilgan. 
Allyuvial voha-o’tloq tuproqlarning yuqori gorizontlarida gumus –1-1,3 foiz atrofida bo’lib 
shunga ko’ra azot (0,06-0,07 foiz), fosfor va kaliy miqdori ham o’zgaradi. Soz voha-o’tloq 
tuproqlarida gumus (1,67 foiz), azot (0,14 foiz) va ayniqsa harakatchan kaliy miqdori (300mg/kg) 
ko’proq. 
Allyuvial va soz voha-o’tloq tuproqlar fizik xossalari bilan ham ancha farq qiladi. Odatda 
allyuvial o’tloqi tuproqlarning strukturasi-chidamsizroq bo’ladi. Agroirrigatsiya gorizontining 
barcha qalinligi bo’ylab, tuproq zichligi deyarli bir xil (1,40-1,37 g-sm
2
), umumiy kovaklik 48-50 
foiz atrofida, o’simliklar ildizi o’sadigan qatlamda nam sig’imi 23-25 foiz atrofida. 

Download 204.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling