1 mavzu. Tuproq hosil bo‘lishida rel’yefning ahamiyati Reja: Relyef yer yuzasida quyosh energiyasi va atmosfera yog’inlarining taqsimlovchisi sifatida
Download 204.45 Kb. Pdf ko'rish
|
5 MAVZU (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Relyef va tuproqlar geografiyasi 4. Gidromorf tuproqlarning tarqalishi, hosil bo’lishi, o’ziga xos tuproq paydo bo’lish jarayoni va klassifikatsiyasi.
- Adabiyotlar: 1,2,4,6,7,10,11,25,42,55. Relyef
- Rеlеf
1 MAVZU. Tuproq hosil bo‘lishida rel’yefning ahamiyati Reja: 1. Relyef yer yuzasida quyosh energiyasi va atmosfera yog’inlarining taqsimlovchisi sifatida. 2. Moddalar migratsiyasi va relyefning ro’li 3. Relyef va tuproqlar geografiyasi 4. Gidromorf tuproqlarning tarqalishi, hosil bo’lishi, o’ziga xos tuproq paydo bo’lish jarayoni va klassifikatsiyasi. 5. Cho’l zonasining gidromorf tuproqlari: Tayanch tushunchalar: Reylef, Gidromorf tuproqlar, sizot suvlari, kapillyar namlik, gidrogeologik tarkibi, allyuvial rejim, soz rejim, klassifikatsiyasi, cho’l zonasining gidromorf tuproqlari, sohil (qayir) allyuvial, o’tloqi-allyuvial to’qay, allyuvial chimli-o’tloq, sug’oriladigan o’tloq, allyuvial botqoq-o’tloq. Adabiyotlar: 1,2,4,6,7,10,11,25,42,55. Relyef – tuproq hosil bo’lishi va tuproqlarning geografik joylashishida muhim omildir. U yer yuzasida issiqlik va namlik, nurash hamda tuproq hosil qiluvchi mahsulotlarni qayra taqsimlanishida yetakchi ro’l o’ynaydi.Yer yuzasiga tushadigan quyosh energiyasi va atmosfera yog’inlari relief shakllariga monand tarzida qayta taqsimlanadi. Radiatsiyaning qayta taqsimlanishi turli yonbag’irlarning tikligi va ekspozitsiyasiga bog’liq… Rеlеf - uch guruhga, makrorеlеf, mеzorеlеf va mikrorеlеflarga ajratiladi. Makrorеlyеf - dеganda tеkislik, baland tеkislik, tog’lar singari yirik rеlеf formalari tushuniladi. Bu rеlеf havo oqimning harakatiga ta'sir etib, katta maydonlar iqlimini shakllantirishda ishtirok etadi. Mеzorеlyеf - balandlikni kam o’zgaradigan adir-qirlar past balandliklar va vodiylar kabi rеlеf shakllari kiradi. Mеzorеlеf tuproqda yoruqlik, issiqliq va namni to’planishi va tarqalishida asosiy rol o’ynaydi. Mikrorеlyеf - rеlеfning kichik, past shakllari bo’lib, ularga pastqam joylar, do’ngchalar va yеr yuzasi notеkisliklari kiraldi. Mikrorеlеf tuproqnig notеkis namlanishi, fizik, ximik, xossalari, ozuqa va tuz rеjimiga ta'sir qiladi va tuproqlarning komplеks holda tarqalishida asosiy rol o’ynaydi. Gidromorf tuproqlar jumlasiga sizot suvlari yaqin (0,5-3,0 m ) bo’lgan sharoitda, doimiy kapillyar namlik ta’sirida hosil bo’ladigan o’tloq, botqoq, botqoq-o’tloq tuproqlar va sho’rxoklar kiradi. Gidromorf tuproqlarning xossalari sizot suvlarining sathi, minerallashganlik darajasi va shuningdek, davriy ravishda bo’lib turadigan toshqin suvlari rejimiga bog’liq. Tuproqning namlanib turish holati, shu yerdagi tuproq paydo qiluvchi ona jinslarning mexanik tarkibi va fizikaviy xossalariga bog’liq. Jumladan, yer osti suvlari lyosslarda 3-4 m bo’lganida, gilli va qatlamli guruntlarda 1,5-3 m, da tuproq gorizonti doimiy kapillyar namlanib turadi. Gidromorf tuproqlar cho’l va bo’z tuproqlar zonalarida tarqalgan bo’lib, daryolarning quyi oqimlari, relg’ef dyerressiyalari (cho’kmaalari)da – ko’l atrofi, daryo va ko’llarning qurib qolgan pastliklari va tog’ oldi qiya tekisliklari hamda tog’oldi yoyilmalarida katta maydonlarni egallaydi. Gidromorf tuproqlar maydoni O’rta Osiyoning sug’oriladigan maydonlarining deyarli yarmini, O’zbekistonda esa 40 foizini gidromorf tuproqlar tashkil etadi. Download 204.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling