1 mavzu. Tuproq hosil bo‘lishida rel’yefning ahamiyati Reja: Relyef yer yuzasida quyosh energiyasi va atmosfera yog’inlarining taqsimlovchisi sifatida
Download 204.45 Kb. Pdf ko'rish
|
5 MAVZU (1)
Klassifikatsiyasi. Cho’l va bo’z tuproqlar zonasi asosiy gidromorf tuproqlarining tiplari – o’tloq, botqoq va sho’rxok tuproqlari bo’lib, ular botqoq-o’tloq, o’tloq (tipik), sho’rxok va botqoq- sho’rxok singari tipchalarga ajratiladi. Gidromorf tuproqlar quyidagi avlodlarga: 1-allyuvial, 2 – uncha rivojlanmagan shag’alli allyuvial; 3-sho’rlangan allyuvial; 4- sozli tuproqlar; 5- sho’rlangan soz; 6 - sho’rtobli soz tuproqlar kabilarga bo’linadi. Sho’rlanish darajasiga qarab: sho’rlanmagan, kuchsiz sho’rlangan, o’rtacha sho’rlangan va kuchli sho’rlangan tuproqlarga ajratiladi. Gumus miqdoriga ko’ra och tusli (2 foizgacha gumus bo’ladi) va to’q tusli (2 foizdan ko’p) turlarga bo’linadi. Sug’oriladigan yerlardagi gidromorf tuproqlar orasida sug’oriladigan o’tloq, botqoq-o’tloq va botqoq (sholipoya) tuproqlari va ular ham yangidan sug’oriladigan va qadimdan sug’oriladigan (voha) tuproqlariga ajratiladi. Cho’l zonasining gidromorf tuproqlari Cho’l zonasining gidromorf tuproqlari daryo vodiylari va irmoqlarida keng tarqalgan bo’lib, ularning asosiy qismi allyuvial rejimli tuproqlar jumlasiga kiradi. Cho’l zonasi gidromorf tuproqlari Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon, Atrek daryolarining vodiylarida va delg’talarida, shuningdek, Chu daryosining quyi oqimlarida katta maydonlarni egallaydi Cho’l zonasining soz rejimli gidromorf tuproqlari asosan Zarafshon, Murg’ob, Tajang va So’x daryolarining yoyilmalarida uchraydi. Cho’l zonasining ko’proq tarqalgan gidromorf tuproqlariga sohil (qayir)-allyuvial, allyuvial-o’tloq, to’qay chimli allyuvial-o’tloq, botqoq-o’tloq, o’tloq-botqoq, sho’rxokli-botqoq tuproqlar va va sho’rxoklar kiradi. Cho’l zonasi gidromorf tuproqlarining o’ziga xos xususiyati, unda gumusning kamligi va turli darajada sho’rlanganligidir. Cho’l zonasi chegarasida sug’oriladigan yerlar asosan Amudaryoning o’rta oqimi, Zarafshon vodiysining quyi oqimi, Sirdaryoning qadimgi va hozirgi delg’talarida keng tarqalgan. Download 204.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling