1-Mavzu: Turizimda axborot texnologiyalari, mazmun va mohiyati Reja


Download 62.59 Kb.
bet5/10
Sana08.01.2022
Hajmi62.59 Kb.
#251666
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1,2,3 mavzu

Xordiq chiqarish – dam va rohat olish uchun ijodiy mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan axborot mahsuloti.

Axborot mahsuloti va xizmatiga misol qilib quyidagilarni keltirish mumkin:



Kutiladigan funksiyasi

Mahsulot turi

Xizmat ko‘rsatish

Kompyuter xizmatlari

Shaxsiy kompyuter

Mashina vaqtini taqsimlan

Bibliografiya

Doimiy ma’lumotlarni saqlash qurilmalari

Ma’lumotlar bazasi

Televideniya dasturlari

Videoplenka

Teleko‘rsatuvlar

Qo‘riqlash vositalari

Qo‘riqlash uskunalari (indikatorlar, signal uzatish uskunalari)

Masofaviy o‘qish qurilmalari

Xabarlarni sintezatori

Mini EHM

Ma’lumotlarni jam-lashga mo‘ljallangan tarmoqlar

Kompyuter dasturlari

Diskovodlar

Dasturlarni yuklash

O‘yinlar

Oddiy “kompyuter”

Videoteka

Ma’lumotlar bazasiga tayangan quyidagi axborot xizmatlarini misol qilsa bo‘ladi:



  • axborotiy nashriyotlarni chop qilish;

  • buyurtma bo‘yicha ma’lumotlarni qidirish;

  • ilmiy-texnikaviy ma’lumotlarni qayta ishlash (tarjima, umumlashtirish);

  • ma’lumotlar bazasiga masofadan murojaat qilish;

  • dasturiy ta’minotlarni o‘rnatish;

  • aloqaviy xizmatlar;

  • asosiy manbani taqdim etish.

Axborot muhiti – subyekt faoliyati uchun axborotni yaratish, uzatish, to‘plash, saqlash, ishlov berish va tasvirlashlarni ta’minlovchi axborot tizimlari, axborot infratuzilmasi, axborot tashuvchilari va boshqa vositalar jamlanmasidir.

Ushbu ta’rifdan axborot muhiti bevosita axborot jarayoni bilan bog‘liq bo‘layapti.



Axborot jarayoni – axborotni yaratish, yig‘ish, ishlov berish, to‘plash, saqlash, izlash, tarqatish, va iste’mol qilish jarayonlari.

Hozirgi zamonaviy rivojlanish bevosita axborotlashgan jamiyatning shakllanishi bilan bevosita bog‘lik bo‘lib, davlat chegaralari kabi to‘siqlardan bemalol o‘tib, har xil madaniyat, iqtisodiy rivojlangan va rivojlanmagan jamiyatlarni birlashtirish qobiliyati yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Bunday holat, albatta, turizm sohasiga o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda. Turizmni rivojlanishida axborotiy jarayonlarining ahamiyatini, unda quyidagi jihatlarni namoyon qilmoqda:



  1. Axborot muhitida ma’lumotlarni uzatishda juda yuqori natijalarga erishildi. Masalan, ma’lumotlarning uzatish tezligining o‘sishi, axborot oqimlarining hajmi dunyo bo‘yicha kundan-kun o‘sib borishi. Bular esa iqtisodiyotda keskin o‘zgarishlarga olib kelmoqda, bu esa o‘z navbatida turistik industriyada keskin o‘zgarishlarga olib kelmoqda. Bunda mavjud ma’lumotlarni uzatish va qabul qilish texnologik jarayonlar turistik firmalar faoliyatini yengillashtirish bilan birgalikda, undagi turistik mahsulotlarni tayyorlashda keskin o‘z ta’sirini o‘tkazishmoqda, masalan, ularni keskin eskirishi, yangilanishii kabi sifatlari. Bulardan tashqari mijozlar uchun qulayliklar paydo bo‘ldi, masalan, masofadan turib kerakli turpaketni buyurtma qilish imkoniyati paydo bo‘ldi.

  2. Zamonaviy turizmni rivojlanishi bevosita uchta sohaning rivojlanishidan kelib chiqmoqda, bular: real iqtisodiyotning rivojlanishi, elektron to‘lov tizimlarining rivojlanishi va virtual iqtisodiyotning rivojlanishi. Turizm sohasida virtual iqtisodiyotning ulushi real iqtisodiyot ulushiga nisbatan oshib bormoqda. Buning asosiy sababi turizm sohasida elektron to‘lov tizimlarining joriy etilishi. Turizmning virtual sektori quyidagi tuzilmalar orqali namoyon bo‘ladi: internet do‘kon, turistik veb-firmalar, veb-xizmatlar va b.

  3. Asosiy jihatlardan yana biri – bu axborot madaniyatining shakllanishi, virtual sayohatlarning rivojlanishi va shular orqali turistik virtual birlashmalarning paydo bo‘lishidir.


Download 62.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling