1 mavzu. Turli morfologik guruhlarga kiruvchi mahsulotlarni farmakognostik tahlil qilish


Laboratoriya mashg’ulotlarini o’tkazish uchun zarur bo’lgan asbob - uskunalar, jihozlar, reaktivlar


Download 0.95 Mb.
bet6/7
Sana18.12.2022
Hajmi0.95 Mb.
#1028469
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1 машг.turli morf.

Laboratoriya mashg’ulotlarini o’tkazish uchun zarur bo’lgan asbob - uskunalar, jihozlar, reaktivlar: dorivor o`simlik gerbariy va mahsulotlarining namunaviy modellari, mikroskoplar, mikroskopik taxlillar uchun reaktivlar to’plami, probirkalar, buyum va yopqich oynalari, rеaktivlar: xloralgidrat, konts. HCl, 5-10% li ishqor eritmasi, floroglyutsinni 1% spirtli eritmasi, temir tuzlari eritmasi, metilen ko’ki eritmasi, tush eritmasi va b.


Masala: Dorivor o’simlik mahsuloti – qalampir yalpiz barglari chinligini XI-DF ning 2-qismidagi 18-maqolasi bo’yicha aniqlang.
Masala: Dorivor o’simlik mahsuloti – eman (dub) po’stlog’ining chinligini XI-DFning 2-qismidagi 3-maqolasi bo’yicha aniqlang.
Masala: Dorivor o’simlik mahsuloti – gulxayri ildizlarining chinligini XI-DFning 2-qismidagi 6-maqolasi bo’yicha aniqlang.


Nazorat savollar



  1. Farmakognoziya fani haqida tushuncha bеring

  2. Quyidagi iboralarni izohlang: a) dorivor o’simlik; b) dorivor o’simlik mahsuloti; v) dorivor vosita; g) ta’sir etuvchi (biologik faol) modda; d) birga uchraydigan yoki yo’ldosh birikmalar.

  3. Barglar – Folia, yеr ustki qismi – Herba va gullar – Flores morfologik guruhlarga kiruvchi dorivor o’simlik mahsulotlariga tushuncha bеring.

  4. Mevalar – Fructus, urug’ – Semen va po’stloqlar – Cortex morfologik guruhlarga kiruvchi dorivor o’simlik mahsulotlariga tushuncha bеring.

  5. Ildizlar – Radices, ildizpoya – Rhizomata, tuganaklar – Tuber va piyozbosh – Bulbus morfologik guruhlarga kiruvchi dorivor o’simlik mahsulotlariga tushuncha bеring.

  6. Farmakognostik tahlil maqsadlari.

  7. Farmakognostik tahlil usullariga qisqacha tavsif bеring: a) makroskopik tahlil; b) mikroskopik tahlil; v) kimyoviy tahlil (sifat rеaksiyalari);

  8. Dorivor o’simlik mahsulotini makroskopik tahlildan o’tkazishda barglar, yеr ustki qismi va gullarning diagnostik ahamiyatga ega muhim bo’lgan morfologik bеlgilarini ko’rsating.

  9. Dorivor o’simlik mahsulotini mikroskopik tahlildan o’tkazishda barglar, yеr ustki qismi va gullarning anatomik tuzilishidagi diagnostik ahamiyatga ega bo’lgan muhim bеlgilarini ko’rsating.

  10. Dorivor o’simlik mahsulotini makroskopik tahlildan o’tkazishda meva, urug’ va po’stloqlarning diagnostik ahamiyatga ega muhim bo’lgan morfologik bеlgilarini ko’rsating.

  11. Dorivor o’simlik mahsulotini mikroskopik tahlildan o’tkazishda meva, urug’ va po’stloqlarning anatomik tuzilishidagi diagnostik ahamiyatga ega bo’lgan muhim bеlgilarini ko’rsating.

  12. Dorivor o’simlik mahsulotini makroskopik tahlildan o’tkazishda yer ostki organlar: ildizlar, ildizpoyalar, tuganaklar va piyozboshlarning diagnostik ahamiyatga ega muhim bo’lgan morfologik bеlgilarini ko’rsating.

  13. Dorivor o’simlik mahsulotini mikroskopik tahlildan o’tkazishda yer ostki organlar: ildizlar, ildizpoyalar, tuganaklar va piyozboshlarning anatomik tuzilishidagi diagnostik ahamiyatga ega bo’lgan muhim bеlgilarini ko’rsating.




Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling