1-Mavzu: Turmush madaniyati va turmush tarzi Reja


Download 1.34 Mb.
bet64/79
Sana18.06.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1583311
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   79
Bog'liq
portal.guldu.uz-1.-Aholi turmush madaniyatini yuksaltirish asoslari fani maqsad va vazifalari.

Individuallik - shaxsning о‘ziga xos xususiyatlari.
Iqtisodiy tarbiya - о‘quvchilarga iqtisodiy bilimlarni berish, ularda iqtisodiy faoliyat (oila byudjetini shakllantirish, xо‘jalikni yuritish, mavjud moddiy boyliklarni asrash, kо‘paytirish, savdo-sotiq munosabatlarini tо‘g‘ri tashkil etish va hokazolar)ni tashkil etish kо‘nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat pedagogik jarayon.
Iqtisodiy ta’lim - о‘quvchilarga xо‘jalik yuritish tizimi (oila byudjetini shakllantirish, xо‘jalikni yuritish, mavjud moddiy boyliklarni asrash, kо‘paytirish, savdo-sotiq munosabatlarini tо‘g‘ri tashkil etish va hokazolar) tо‘g‘risidagi nazariy bilimlarni berishga yо‘naltirilgan pedagogik jarayon.
Yosh xususiyatlari - muayyan bir yosh davriga xos bо‘lgan anatomik, fiziologik (jismoniy) va psixologik xususiyatlar.
«Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» - «Ta’lim tо‘g‘risida»gi О‘zbekiston Respublikasi Qonunining qoidalariga muvofiq, milliy tajribaning tahlili hamda ta’lim tizimidagi jahon miqyosidagi yutuqlar asosida tayyorlangan hamda yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda mо‘ljalni tо‘g‘ri ola bilish mahoratiga ega bо‘lgan, istiqlol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirish mazmunini belgilab beruvchi yuridik hujjat.
Kadrlar tayyorlash milliy modeli - shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta’lim, fan va ishlab chiqarish kabi tarkibiy qismlarning о‘zaro hamkorligi, ular о‘rtasidagi о‘zaro aloqadorlik asosida «yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlarni tayyorlash Milliy tizimi» mohiyatini aks ettiruvchi andoza, loyiha Uning tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat:
Shaxs– kadrlar tayyorlash tizimining bosh subyekti va obyekti, ta’lim sohasidagi xizmatlarning iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchi;
Davlat va jamiyat – ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimi faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi kadrlarni tayyorlash va ularni qabul qilib olishning kafillari;
Uzluksiz ta’lim – malakali, raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi bо‘lib, ta’limning barcha turlarini, davlat ta’lim standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimining tuzilmasi va uning faoliyat kо‘rsatish muhitini о‘z ichiga oladi;

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling