1-Mavzu: Turmush madaniyati va turmush tarzi Reja


Download 1.34 Mb.
bet1/79
Sana18.06.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1583311
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79
Bog'liq
portal.guldu.uz-1.-Aholi turmush madaniyatini yuksaltirish asoslari fani maqsad va vazifalari.


1-Mavzu: Turmush madaniyati va turmush tarzi
Reja:

  1. Aholi turmush madaniyatini yuksaltirish asoslari fani maqsad va vazifalari.

  2. Turmush madaniyati tushunchasi

  3. Madaniyat va turmush tarzi

  4. Turmush madaniyati va uning tarkibiy qismlari



Tayanch so’z va iboralar: Madaniyat, turmushtarzi, falsafa, psixologiya, shaxsб jamiyat, kiyinishtartibqoidalari,ovqatlanishodobi,tibbiysalomatlik,ma’naviysalomatlik,sog’lomtafakkur, uzluksizlik.

“Aholi turmush madaniyatini yuksaltirish asoslari” turli fan sohalarini o‘z ichiga oluvchi interaktiv fan tarmog‘i bo‘lib, unda tibbiyot, psixologiya, pedagogika, falsafa, sotsiologiya va boshqa fanlarga kiruvchi turli sohalarning natijalari qo‘llaniladi.


Shunga ko‘ra talabalarda turmush madaniyatining mafkuraviy asoslari sifatida turmush madaniyati falsafasi, turmush madaniyati sotsiologiyasi, turmush madaniyati pedagogikasi, turmush madaniyati psixologiyasi, turmush madaniyati etikasi va estetikasi haqidagi dunyoqarashni shakllantirish fanning asosiy yo‘nalishini va maqsadini tashkil etadi.
Bundan tashqari, fanning mazmunini yoritishda muhim hayotiy ahamiyatga ega bo‘lgan valeologik masalalarning ayrim jihatlari: tamaki chekish, alkogolizm, giyohvandlikning ijtimoiy xavfi va zararli oqibatlari, shaxs va jamiyat munosabatlariga salbiy ta’siri muammolariga ham to‘xtalinadi.
Aholi turmush madaniyatini yuksaltirishda oilaning tarbiyaviy, tartibga solish, iqtisodiy, muhit yaratuvchanlik vazifalari, yoshlarni nikoh va oilaga tayyorlash, oilaning sog‘lom avlodni o‘stirishdagi ijtimoiy mas’uliyatiga oid pedagogik masalalarning yoritilishi ham o‘quv qo‘llanmada alohida o‘rin olgan.
“Aholi turmush madaniyatini yuksaltirish asoslari”ning mazmunini yoritishda uning huquqiy asoslari, milliy g‘oyani yoshlar ongiga singdirish bilan uyg‘unlashtirilgan tarzda olib borish, turmush madaniyati va Harakatlar Strategiyasida belgilangan ijtimoiy–iqtisodiy rivojlanish bosqichlari bilan muvofiqlashtirilgan jarayon sifatida qaralishi turmush madaniyatini yuksaltirish va ta’lim-tarbiyaning uzluksizligi muammolariga e’tibor berildi.
Shuningdek, aholi turmush madaniyatini yuksaltirishni boshqarish, “Obod qishloq”, “Obod mahalla” Davlat dasturlarini amalga oshirishda tizimli yondashuv, boshqarishni axborot bilan ta’minlash, turmush madaniyatini yuksaltirishga oid qarorlarning bajarilishini nazorat qilish, aholi o‘rtasida turmush madaniyatini targ‘ib qilish, aholi turmush madaniyatini yuksaltirishda madaniy-ma’rifiy muassasalar, jumladan, kutubxonalarning o‘rni va roli masalalari ham keng o‘rin olgan.
Aholi turmush madaniyatini yuksaltirish asoslari fanini o‘qitishdan maqsad – talabalarda aholi turmush madaniyatini yuksaltirish bilan bog’liq bilimlarning nazariy asoslarini, turmush madaniyatining asosiy tushunchalari va kategoriyalarini hosil qilishdan iborat.
Aholi turmush madaniyatini yuksaltirish asoslari fanining vazifasi- aholi turmush madaniyati falsafasining bosh masalasi inson hayotining bosh maqsadini ta'riflashdan iborat ekanligi, turmush madaniyati va sog‘lom turmush madaniyati tushunchalari, turmush madaniyatining shakllanishida to‘g‘ri tarbiyaning o‘rnini, turmush madaniyatiga xos bo‘lgan miqdor va sifat ko‘rsatgichlarini turmush madaniyati va inson hayotining ma'nosi hamda mazmunining anglanishi asosida isloh qilish jarayonlarining mohiyatini tushunishda talabalarga zarur bo‘lgan amaliy ko‘nikmalar, shuningdek turmush madaniyati hodisa va jarayonlarga uslubiy yondashuv hamda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishdan iborat.
Insonning turmush madaniyati shaxsning jamiyatidagi ijtimoiylashuvi natijasidir. Zero, jamiyatning sog‘lomligi har bir insonning yuqori darajada turmush madaniyatiga ega bo‘lishini taqozo etadi. Shunga ko‘ra, agar jamiyatda mavjud barcha institutlar tomonidan inson ma’naviy va jismoniy salomatligini muhofaza qilishga qaratilgan shart-sharoit yaratilsa, o‘sha jamiyatda yashayotgan har bir insonning turmush madaniyati yuqori darajaga ko‘tariladi, deyish mumkin.
Turmush madaniyatini rivojlantirish tizimi – bu uzluksiz ta’lim tizimi, sport-sog‘lomlashtirish obyektlari va ijtimoiy institutlar hisoblanib, ularda amalga oshiriladigan ta’lim-tarbiyaviy ishlarning uzviy aloqadorligi va uzluksizligini ta’minlash muhim pedagogik ahamiyat kasb etadi.
Turmush madaniyati(TM)ni rivojlantirish – O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosati bosh maqsadining asosini tashkil qiladi. Mustaqillik yillarida barkamol avlod g‘oyasi asosida mazkur davlat siyosatiga molik muammoning ijtimoiy-huquqiy negizi yaratildi.
Bular quyidagilardan iboratdir:
- yoshlarning huquq va erkinliklarini ro‘yobga chiqarish;
- ularni ijtimoiy muhofazalashning qat’iy tizimini yaratish:
- yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, manfaatlarini yanada kengroq ro‘yobga chiqarishni ta’minlash:
- nogironlarning to‘laqonli hayot kechirishlariga, jamiyatning ijtimoiy iqtisodiy va siyosiy turmushida faol qatnashishlari uchun shart-sharoit va imkoniyatlar yaratish;
- bolalikdan nogiron va hayotda orttirilgan jarohatlar natijasida yordamga muhtoj bo‘lgan yoshlarga tibbiy yordam ko‘rsatish;
- jismoniy tarbiya va sportni keng ommalashtirish orqali yoshlar turmush madaniyatini rivojlantirish;
- homilador ayollarni sog‘lom farzandlar tug‘ilishiga ta’sir etuvchi turli mikroelementlar bilan ta’minlash;
- ekologiyaning yoshlar turmush madaniyatiga ta’siri masalalariga ilmiy yondashish;
- yoshlarning ma’naviy va jismoniy rivojlanishiga ta’sir etuvchi zararli odatlarning oldini olish va ularga qarshi kurashish;
- o‘smirlar o‘rtasida qonunbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish masalalaridir.
Ushbu masalalar yoshlar turmush madaniyatini yuksaltirishning muhim yo‘nalishlari hisoblanib, ularning ilmiy-nazariy asoslari pedagog, psixolog, faylasuf, huquqshunos, biolog, fiziolog, siyosatshunos, tibbiyotchi olimlar tomonidan tadqiq etilishini taqozo qiladi. Mazkur muammo, avvalo, pedagogika fanining tadqiqot predmeti bo‘lib, quyidagi tushunchalarning ilmiy talqinini talab etadi:
- yoshlar turmush madaniyati(TM) tushunchasi;
- TM – turmush madaniyati;
- yoshlar TMni rivojlantirish obyekti, predmeti va vositalari, samarali shakl va met
odlari;
- yoshlar TMni rivojlantirishda uzviylik va uzluksizlikni ta’minlashning ilmiy-nazariy asoslari;
- yoshlar TMni rivojlantirishda oila, mahalla, ta’lim muassasalari, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari hamkorligi;
- yoshlar TMni rivojlantirishning samarali mazmuni va yaxlit mexanizmi;
- yoshlar TMni rivojlantirishning didaktik asoslari;
- yoshlar TMni rivojlantirishda fanlararo aloqa, o‘zaro ta’sir va boshqalar.
Yoshlarda turmush madaniyatini rivojlantirishda, avvalo, salomatlik aqidalarini tarkib toptirish, uning tadrijiy bosqichlari, doimiyligini ta’minlovchi quyidagi pedagogik maqsadlarga qat’iy rioya etish taqozo qilinadi. Bunda:
- salomatlik haqidagi bilim va ko‘nikmalarning jamiyat axloqi, aqida va qadriyatlari tizimida tarixiy shakllanganligi va mavjudigi;
- mavjud salomatlik qadriyatlarining shaxs tomonidan qabul qilinishi, ularni bilishi va anglashi;
- salomatlik qadriyatlarini anglash va qabul qilish asosida shaxs takomilida sog‘lom tafakkurni shakllantirish;
- shaxs takomilida sog‘lom tafakkurning turmush madaniyatiga asos bo‘lishini pedagogik nuqtai nazardan anglash;
- shaxs turmush madaniyati shakllanishining shaxs turmushiga asos solishi.
Sog‘lom tafakkurning shakllanganligi turmush madaniyatini yuksaltirishning eng birinchi va muhim bo‘g‘ini hisoblanadi.

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling