1-Mavzu: Turmush madaniyati va turmush tarzi Reja


Download 1.34 Mb.
bet62/79
Sana18.06.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1583311
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   79
Bog'liq
portal.guldu.uz-1.-Aholi turmush madaniyatini yuksaltirish asoslari fani maqsad va vazifalari.

Bilimshaxsning ongida tushunchalar, sxemalar, ma’lum obrazlar kо‘rinishida aks etuvchi borliq haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma’lumotlar majmui.
Bilim olish – borliqni idrok etish, о‘rganish, mashq qilish va muayyan tajriba asosida xulq-atvor hamda faoliyat kо‘nikma, malakalarining mustahkamlanib, mavjud bilimlarning takomillashib, boyib borish jarayoni.
Vatanparvarlik (lotincha «patriotes» – vatandosh, «patris» – vatan, yurt) - shaxsning о‘zi mansub bо‘lgan millat, tug‘ilib о‘sgan vatani tarixidan g‘ururlanishi, buguni tо‘g‘risida qayg‘urishi hamda uning porloq istiqboliga bо‘lgan ishonchini ifoda etuvchi yuksak insoniy fazilat.
Gnoseologiya (yunon tilidan gnosis – bilim, ong, о‘rganish) – bilish, ilmiy bilimlarning shakllanishi, xususiyatlari, qonuniyatlari, uslublari, ilmiy tafakkur shakllari, shuningdek, insonga xos bо‘lgan borliqni anglash qobiliyati haqidagi nazariya, ta’limot.
Davlat ramzlari - muayyan millat, elatning etnopsixologik xususiyatlari, qarashlari, orzu-umidlari, intilishlari va maqsadi, hududiy, ijtimoiy-g‘oyaviy birlik mohiyatini anglatishga xizmat qiluvchi tasviriy belgilar majmui.
Dunyoqarash - tabiat, jamiyat, tafakkur hamda shaxs faoliyati mazmunining rivojlanib borishini belgilab beruvchi dialektik qarashlar va e’tiqodlar tizimi.
Jazolash - tarbiyalanuvchining xatti-harakati va faoliyatiga salbiy baho berish usuli.
Jamoa (lotincha «kollektivus» sо‘zining tarjimasi bо‘lib, yig‘ilma, omma, birgalikdagi majlis, birlashma, guruh kabi ma’nolarni anglatadi) - bir necha a’zo (kishi)lardan iborat bо‘lib, ijtimoiy ahamiyatga ega umumiy maqsad asosida tashkil topgan guruh.
Jamoa an’analari – jamoa a’zolari tomonidan birdek qо‘llab-quvvatlanuvchi barqarorlashgan odat.
Jamoaning norasmiy tuzilmasi - jamoa a’zolari о‘rtasidagi shaxslararo ma’naviy-psixologik munosabatlarning umumiy tizimi, shuningdek, jamoada mikroguruhni tashqil qiluvchi ayrim shaxslar о‘rtasidagi tanlash munosabatlarining mazmuni.

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling