1-Mavzu: Turmush madaniyati va turmush tarzi Reja


Jamoaning rasmiy tuzilishi


Download 1.34 Mb.
bet63/79
Sana18.06.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1583311
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   79
Bog'liq
portal.guldu.uz-1.-Aholi turmush madaniyatini yuksaltirish asoslari fani maqsad va vazifalari.

Jamoaning rasmiy tuzilishi - turli kо‘rinishdagi jamoa faoliyatini yо‘lga qо‘yishning tashkiliy jihatlari.
Jinsiy tarbiya - о‘zida shaxsni jinsiy jihatdan chiniqtirish, ularni tozalik va ozodalikka о‘rgatish, о‘z sog‘ligi uchun g‘amxо‘rlik qilish va mas’uliyatli bо‘lishni ta’minlashga qaratilgan pedagogik faoliyat mazmuni.
Jismoniy tarbiya - о‘quvchilarda jismoniy va irodaviy sifatlarni shakllantirish, ularni aqliy va jismoniy jihatdan mehnat hamda Vatan mudofaasiga tayyorlashga yо‘naltirilgan pedagogik jarayon; ijtimoiy tarbiya tizimining muhim tarkibiy qismi.
Idrok – aniq maqsadga yо‘naltirilgan anglash jarayoni.
Ijtimoiy adaptatsiya (yunoncha adapto - moslashish) – anomal bolalar individual yoki guruhli xulqlarining ijtimoiy qadriyatlar va xulq-atvor qoidalari tizimiga mos kelishi.
Ijtimoiylashuv – ijtimoiy munosabatlar jarayonida faol ishtirok etishi asosida shaxsning hayot va ishlab chiqarish jarayoniga moslashuvi.
Ijtimoiy ongni shakllantiruvchi metodlar - о‘quvchilarda ma’naviy-axloqiy sifatlar, e’tiqod hamda dunyoqarashni shakllantirish maqsadida ularning ongi, his-tuyg‘usi va irodasiga ta’sir kо‘rsatish usullari.
Ijtimoiy pedagogika – ijtimoiy munosabatlar jarayonida pedagogik g‘oyalarning tutgan о‘rni va roli, shaxsni kasbiy va ijtimoiy faoliyatga yо‘naltirish muammolarini о‘rganadi.
Ijtimoiy reabilitatsiya (yunoncha rehabilitas – layoqati, qobiliyatini tiklash) - anomal bolaning psixofiziologik imkoniyatlariga tayangan holda uning ijtimoiy munosabatlar jarayonida ishtirok etishi uchun zarur sharoit yaratish, ijtimoiy faoliyat va mehnatga jalb etish.
Izohlash (tarbiya metodi sifatida) – tarbiyalanuvchiga hissiy-og‘zaki ta’sir etish usuli.
Ilmiy dunyoqarash - uzluksiz, izchil ravishda mavjud fanlar asoslarini puxta о‘zlashtirib borish, ijtimoiy munosabatlar jarayonida faol ishtirok etish natijasida barqarorlashgan dunyoqarash shakli.
Ilmiy tafakkur – inson aqliy faoliyatining yuksak shakli sanalib, ijtimoiy voqea-hodisalar, jarayonlarga nisbatan ilmiy yondashuv.
Ilmiy qarash (yunoncha «idea» - g‘oya, tasavvur, tushunchalar yig‘indisi) - muayyan hodisa, jarayonning mohiyatini yorituvchi, ilmiy jihatdan asoslangan fikr, g‘oya.
Individ (lotincha “individium” bо‘linmas, yagona, alohida degan ma’nolarni anglatadi) – xatti-harakatlarini shartli refleks yordamidagina tashkil eta oluvchi biologik mavjudot.

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling