1-Mavzu: Turmush madaniyati va turmush tarzi Reja


Mashq va о‘rgatish (faoliyatda mashqlantirish) metodlari


Download 1.34 Mb.
bet66/79
Sana18.06.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1583311
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   79
Bog'liq
portal.guldu.uz-1.-Aholi turmush madaniyatini yuksaltirish asoslari fani maqsad va vazifalari.

Mashq va о‘rgatish (faoliyatda mashqlantirish) metodlari - muayyan mashq yordamida bolalar faoliyatini oqilona, maqsadga muvofiq va har tomonlama puxta tashkil qilish, ularni axloq meyorlari va xulq-atvor qoidalarini bajarishga odatlantirish usullari.
Ma’lumot – ta’lim-tarbiya natijasida о‘zlashtirilgan va tizimlashtirilgan bilim, hosil qilingan kо‘nikma va malakalar hamda tarkib topgan dunyoqarash majmui.
Ma’naviyat (arabcha «ma’naviyat» - ma’nolar majmui) – mohiyatiga kо‘ra ijtimoiy taraqqiyotga ijobiy ta’sir о‘tkazuvchi falsafiy, huquqiy, ilmiy, badiiy, axloqiy, diniy tasavvur, tushuncha va g‘oyalar majmui.
Ma’rifatshaxs ongiga ilmiy bilim, axloq qoidalari hamda ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy meyorlarni singdirish, ta’lim-tarbiyani takomillashtirish, milliy meros va umuminsoniy qadriyatlarni о‘rganish, ularni targ‘ib etish maqsadida amalga oshiriladigan tadbirlar tizimi.
Ma’ruza – yirik hajmdagi о‘quv materialini og‘zaki bayon qilish shakli.
Menejment – mavjud minimal imkoniyatlardan maksimal natijalarga erishish uchun shaxs (xodim) yoki guruhga ta’sir о‘tkazish asosida ularning faoliyatini tashkil etish tamoyillari, shakllari, metodlari va usullari.
Metod - yunoncha tarjimasi «tadqiqot, usul, maqsadga erishish yо‘li» kabi ma’nolarni anglatadi.
Metodika (fan sifatida)– xususiy fanlarni о‘qitishning о‘ziga xos xususiyatlarini о‘rganadi.
Mehnat tarbiyasi - shaxsga mehnatning mohiyatini chuqur anglatish, ularda mehnatga ongli munosabat, shuningdek, muayyan ijtimoiy-foydali harakat yoki kasbiy kо‘nikma va malakalarini shakllantirishga yо‘naltirilgan pedagogik faoliyat jarayoni; ijtimoiy tarbiyaning tarkibiy qismi.
Munozara (tarbiya metodi sifatida) - tarbiyalanuvchilarga hissiy-og‘zaki ta’sir kо‘rsatish asosida ularda ma’naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirishga yо‘naltirilgan bahs-munozara usuli.
Nazorat (ta’lim jarayonida)– ta’lim oluvchining bilim, kо‘nikma va malakalari darajasini aniqlash, о‘lchash va baholash jarayoni.

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling