1-Mavzu: Turmush madaniyati va turmush tarzi Reja


Download 1.34 Mb.
bet67/79
Sana18.06.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1583311
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   79
Bog'liq
portal.guldu.uz-1.-Aholi turmush madaniyatini yuksaltirish asoslari fani maqsad va vazifalari.

Nafosat didi - shaxsning buyum yoki hodisaga nisbatan munosabat bildirish turi, obyektiv nafosat о‘lchovi.
Nafosat madaniyati - gо‘zallikni his etish, undan zavqlanish, mavjud gо‘zalliklarni asrash va boyitish yо‘lida о‘zlashtirilgan bilim hamda amalga oshiriladigan nafosat faoliyatini tashkil etish darajasining sifat kо‘rsatkichi.
Nafosat ongi - gо‘zallik, gо‘zallikni his etish, uning mohiyatini anglash, nafosat his-tuyg‘usi, nafosat didi kabi tushunchalarning ongda aks etishi.
Nafosat tarbiyasi (estetik tarbiya- lotincha «estezio» gо‘zallikni his qilaman) - о‘quvchilarni voqelik, tabiat, ijtimoiy va mehnat munosabatlari va turmush gо‘zalliklarini anglash, idrok etish va tо‘g‘ri tushunishga о‘rgatish, ularning badiiy didini о‘stirish, ularda gо‘zallikka muhabbat uyg‘otish, ular tomonidan gо‘zallikni yaratish qobiliyatlarini tarbiyalashga yо‘naltirilgan pedagogik jarayon; ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismi.
Oila – kishilarning nikoh yoki qon-qarindoshlik rishtalari, umumiy turmush tarzi, axloqiy mas’uliyat hamda о‘zaro yordamga asoslanuvchi kichik guruhi.
Oilaviy munosabatlar – ota-onalar (yoki bolaning kamoloti uchun mas’ul bо‘lgan shaxslar) hamda farzandlar о‘rtasida turli yо‘nalishlarda tashkil etiluvchi munosabatlar.
Oila tarbiyasi – ota-onalar (yoki bola kamoloti uchun mas’ul shaxslar) tomonidan tashkil etiluvchi hamda farzandlarni har tomonlama yetuk, sog‘lom etib tarbiyalashga yо‘naltirilgan pedagogik jarayon.
Rag‘batlantirish - tarbiyalanuvchining xatti-harakati va faoliyatiga ijobiy baho berish asosida unga ishonch bildirish, kо‘ngilini kо‘tarish va uni qо‘llab-quvvatlash usuli.
Rivojlanish – shaxsning fiziologik va intellektual о‘sishida namoyon bо‘ladigan miqdor va sifat о‘zgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayon.
Suhbat – savol va javob shaklidagi dialogik ta’lim metodi.
Tamoyil (yunoncha «principium») – biror-bir nazariyaning asosi, negizi, asosiy boshlang‘ich qoidasi; boshqaruvchi g‘oya, faoliyatning asosiy qoidasi; umumlashtirilgan talab.
Tarbiya – muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida shaxsni har tomonlama о‘stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni.

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling