1-Mavzu: Umumiy amaliyot shifokorini tayyorlash tizimida gigiyenaning o‘rni va ahamiyati. Ovqatlanishning salomatlik omili ekanligi


Gigiyenaning zamonaviy muammolari quyidagilar hisoblanadi


Download 128.05 Kb.
bet4/10
Sana02.04.2023
Hajmi128.05 Kb.
#1319103
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1.2.Ма\'ruza

Gigiyenaning zamonaviy muammolari quyidagilar hisoblanadi:

  • atrof muhitning o‘zgarib turuvchi omillarini baholash va ularni me’yorlashtirish;

  • aholining ovqatlanishini optimizatsiyalash;

  • urbanizatsiyaga taalluqli bo‘lgan muammolarni hal etish;

  • sanoat korxonalaridagi mehnat sharoitlarini sog‘lomlashtirish bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqish (shu jumladan kichik va o‘rta korxonalarda, qishloq xo‘jaligida xizmat qiladigan ishchi va xizmatchilarning mehnat sharoitlarini (shu jumladan fermer xo‘jaliklari) sog‘lomlashtirishga doir tadbirlar majmuasini ishlab chiqish;

  • qishloq gigiyenasi muammolari (shu jumladan xususiylashtirish)

  • bolalar va o‘smirlarning akseleratsiyasiga doir bo‘lgan muammolari;

  • gigiyenaning maxsus savollari bo‘lgan, aholi o‘rtasidagi xavfli o‘sma kasalliklari, yurak-tomir sistemasi kasalliklarining darajasini kamaytirish tadbirlari.

Hozirgi kungacha O‘zbekistonda mavjud bo‘lgan sanitariya nazoratining tarkibi saqlanib qolmoqda, ammo bugungi kundagi tez o‘zgarib turuvchi turmush sharoitlarida respublikamizdagi hamma sanitariya-epidemiologiya xizmatini qayta qurish mumkinligi ehtimoldan holi emas va bunday qayta qurish kontseptsiyasi yuzaga keldi deb aytish mumkin. Masalan, O‘zR SSV-gi qoshidagi Bosh Davlat sanitariya-epidemiologiya boshqarmasi, Respublika Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati Markazi, viloyatlar, shaharlar va tumanlarning Davlat sanitariya-epidemiologiya nazoratlari markazlari shular qatoriga kiradi.


Shunga qaramasdan, har qanday holatda ham sanitariya-epidemiologiya xizmatining asosida sog‘liqni saqlash tizimidagi davolash va profilaktik yo‘nalishlarning birligi qolishi muqarrar. Bu degani, har qanday sohadagi shifokor vrach, shu jumladan davolash sohasidagi vrach uchun gigiyenik bilimlar kasallikni oldini olishning asosi ekanligi va uning kasbga doir tayyorgarligidagi faoliyatining muhim bir asosiy qismi bo‘lib kolmogi kerak.





Download 128.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling