Vitaminlar
|
1 kunlik fiziologik ehtiyoj
|
Mahsulot manbalari
|
Bioflavinlar
vitamin -P
|
50 mg
|
Xo‘l mevalar, poliz mahsulotlari, grechixa, choy
|
Lipoat kislota
|
0,5 mg
|
Juda ko‘p mahsulotlar
|
Orat kislota- Vit. B13
|
0,5-1,5 mg
|
jigar, sut
|
Pangam kis-si.Vit. B15
|
2,0 mg
|
don mahsulotlari
|
Paraaminobenzoy kis-si
|
aniqlanmagan
|
hamma ovqat mahsulotlari
|
Holin Vit. B4
|
1,5-3,0mg
|
sut, go‘sht, non
|
Inozit-Vit. B8
|
1,0-1,5mg
|
hamma ovqatlarda
|
Karnitin
|
aniqlanmagan
|
go‘sht
|
Metilmetionin
Vitamin N
|
aniqlanmagan
|
poliz mahsulotlari, xo‘l mevalar
|
Ko‘pgina bioflavinoidlar va vitaminsimon moddalar terapevtik ta’sir xususiyatiga ega bo‘lganligi sababli davolash amaliyotida dorivor moddalar sifatida qo‘llanadi.
Insonning ovqati tarkibidagi muhim elementlardan biri - mineral moddalar bo‘lib, ular organizm to‘qimalari, hujayralari, organlarini shakllanishi, organizmning kislotali-ishqoriy muvozanatini ushlab turishda, tuz va suv almashinuvini boshqarilishida va yana ko‘p fermentativ jarayonlarda qatnashadi.
Organizm tarkibiga kiruvchi moddalar katta miqdorlarda (makroelementlar) va kichik miqdorlarda (mikroelementlar) ishtirok etishlari mumkin. Mineral moddalar ikki guruhga bo‘linadi: ishqoriy va kislotali ta’sir ko‘rsatuvchilar. Ishqoriy ta’sir etish xususiyatiga - kaltsiy, magniy, kaliy, natriy; kislotali ta’sir ko‘rsatuvchilari qatoriga- fosfor, oltingugurt, xlor elementlarini kiritish mumkin. Bioelementlar qatoriga 64 ta kimyoviy elementni kiritish mumkin, ularning eng muhimlari - temir, mis, kobalt, ftor, rux, marganets kabilar hisoblanadi.
Organizmning muhim kimyoviy elementlarga bo‘lgan kunlik ehtiyoji va ularning manbalarini quyida keltiriladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |