1-mavzu: uzluksiz ta’limda texnologiya fani uzviyligini integratsiyalashning metodologik asoslari reja


Ta’lim sohasi mamlakat taraqqiyotining strategik yo‘nalishi


Download 33.58 Kb.
bet2/4
Sana02.06.2024
Hajmi33.58 Kb.
#1836327
1   2   3   4
Bog'liq
UZLUKSIZ TA’LIMDA TEXNOLOGIYA FANI UZVIYLIGINI INTEGRATSIYALASHNING METODOLOGIK ASOSLARI

Ta’lim sohasi mamlakat taraqqiyotining strategik yo‘nalishi


Ta’lim sohasi mamlakat taraqqiyotining strategik yo‘nalishi hisoblanadi. Joriy 2020 yilning 23-sentabrida “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonuni tasdiqlandi. Qonunda maktabgacha ta’limdan boshlab, umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, maktabdan tashqari ta’limning uzviyligini, mazmun jihatdan ketma-ketligini ta’minlashga alohida ahamiyat berilgan. Ta’lim dasturlarini mazmunan uzluksiz va uzviylik tamoyili asosida tayyorlashga erishsak, mutaxassis kadrlar tayyorlashda ta’lim sifatiga ijobiy ta’sir qiladigan pedagogik tizimni joriy eta olamiz.
Muammolarni bartaraf etish maqsadida Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Maktabgacha ta’lim, Xalq ta’limi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari ekspertlari, umu­miy o‘rta ta’limda dars beriladigan 21 ta fan asosida ishchi guruhlarga har bir ta’lim turidan me’yoriy hujjatlarni biladigan yetuk olimlar 19 ta ishchi guruhlarga 300 dan ortiq ekspertlar sifatida biriktirildi. Dastlab ishchi guruhlarga amalga oshiriladgan ishlar mazmuni va ketma-ketligi tushuntirildi. Har bir ishchi guruhdan o‘zlariga biriktirilgan fan kesimida uzluksiz ta’lim tizimida fan rivojlanishi konsepsiyasini yara­tish, ta’lim turlariaro mavzular takrorlanishining oldini olish, uzviyligini ta’minlash maqsadida mavzularni vertikal va gorizontal tarzda tahlil qilish, tahlillar natijasida uzviyligi ta’minlangan fan dasturlari tayyorlash vazifasi yuklatildi. Hozir fan konsepsiya loyi­halari tayyorlangan bo‘lib, uzluksiz.tdi.uz portalida pedagoglarning keng doiradagi muhokamalariga qo‘yilgan. Portalning to‘liq nomi “Fanlar uzviyligi muhokama portali” bo‘lib, unda 19 ta fan tizimi kesimida, jumladan: “Ona tili ta’limini rivojlantirish tizimi”, “O‘zbek tili savodxonligini rivojlantirish tizimi”, “Rus tili ta’limini rivojlantirish tizimi”, “Rus tili (o‘zga tillilar uchun) ta’limini rivojlantirish tizimi”, “Texnologik ta’limni rivojlantirish tizimi”, “Matematika ta’limini rivojlantirish tizimi”, “Fizika ta’limini rivojlantirish tizimi”, “Kimyo ta’limini rivojlantirish tizimi”, “Biologiya ta’limini rivojlantirish tizimi”, “Jismoniy tarbiya ta’limini rivojlantirish tizimi”, “Xorijiy til savodxonligini rivojlantirish tizimi”, “Tarix ta’limini rivojlantirish tizimi”, “Huquq ta’limini rivojlantirish tizimi”, “Tarbiyalash odobini rivojlantirish tizimi”, “Informatika ta’limini rivoj­lantirish tizimi”, “Geografiya ta’limini rivojlantirish tizimi”, “Musiqa ta’limini rivojlantirish tizimi”, “Tasviriy san’at va chizmachilik ta’limini rivojlantirish tizimi”, “Harbiy ta’limni rivojlantirish tizimi” ko‘rinishida konsepsiyalar muhokamaga qo‘yilgan. Xuddi shunday qiyosiy jadvallar va fan dasturlari ham ushbu portalga muhokamaga qo‘yiladi.
Muhokamalar natijasida masalan “Ona tili” ta’limining uzviy konsepsiyasini ishlashda quyidagi nomutanosibliklar borligi aniqlandi. Jumladan, o‘quvchilarning yosh va individual xusu­siyatlari hisobga olingan holda murakkab deb hisoblangan mavzular yuqori sinflarga o‘tkazilishi tavsiya qilindi. Jumladan: 5-sinfdan 6-sinfga so‘z turkumlari, fe’l so‘z turkumi, fe’l zamonlari, ot so‘z turkumi, egalik va kelishik qo‘shimchalari, sifat, son so‘z turkumi va ularning imlosi, olmosh so‘z turkumi mavzulari;
6-sinfdan 7-sinfga yordamchi so‘zlar, bog‘lovchi, ko‘makchi, yuklama, undov va taqlid so‘zlar mavzulari;
7-sinfdan 8-sinfga gap, gapda so‘zlarning bog‘lanishi, so‘z birikmasi, gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turlari, gap bo‘laklari, kesim, ega, hol, to‘ldiruv­chi, aniqlovchi, undalma va unda tinish belgisining ishlatilishi mavzulari. Shuningdek, “Texnologiya” fani dasturining uzluksiz ta’lim dasturlari bilan qiyosiy tahlili natijasida quyidagi nomutasibliklar aniqlandi:
• Maktabgacha va umumiy o‘rta ta’limda takrorlangan mavzular — 4 ta;
• Umumiy o‘rta ta’lim hamda oliy ta’limda fan kesimlarida tahlillar natijasida takrorlangan mavzular — 9 ta;
• Umumiy o‘rta ta’lim hamda oliy ta’limda fan kesimlarida tahlillar natijasida mos kelmaydigan mavzular — 55 ta;
• Oliy ta’limdagi 4 ta fan bo‘yicha texnologiya faniga mavzular qisman mos keladi.



Download 33.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling