1-mavzu: uzluksiz ta’limda texnologiya fani uzviyligini integratsiyalashning metodologik asoslari reja


Uzluksiz ta’lim tizimida muammolar


Download 33.58 Kb.
bet3/4
Sana02.06.2024
Hajmi33.58 Kb.
#1836327
1   2   3   4
Bog'liq
UZLUKSIZ TA’LIMDA TEXNOLOGIYA FANI UZVIYLIGINI INTEGRATSIYALASHNING METODOLOGIK ASOSLARI

Uzluksiz ta’lim tizimida muammolar


Xuddi shu kabi muammolar uzluksiz ta’lim tizimida barcha fanlardan uzviylik va uzluksizlikni ta’minlash muhim ekanligini anglatadi. Uzluksiz ta’lim tizimidagi nomutanosibliklar, uzluksizlik va uzviylikning ta’minlanmaganligi, ta’lim turlariaro mazmunni shakllantirishda izchillik va tizimlilik­ning mavjud emasligi ta’lim sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu muammolarni bartaraf etish maqsadida ishchi guruh tomonidan quyidagi natijalarga erishish maqsad qilingan:
— ta’limning har bir bosqichi yakunida XXI asr ko‘nikmalariga ega bo‘ladigan bitiruvchilarga qo‘yiladigan malaka talablarini shakllantirish;
— maktabgacha ta’limdan oliy ta’limgacha mantiqiy, tanqidiy fikrlash, amaliy ko‘nikmalarni rivojlantiruvchi va soddalashtirilgan hamda uzviyligi ta’minlangan o‘quv dasturlari, darsliklar, raqamli resurslar yaratish;
— o‘quv dasturlariga xalqaro tadqiqotlar (PISA, PIRLS, TIMSS kabi) savollarining mazmun-mohiyatini singdirish, o‘quvchi, talabalar, o‘qituvchilar uchun aniq va tabiiy fanlar bo‘yicha o‘quv dasturlari, qo‘llanmalar va darsliklar, metodikalarni bosqichma-bosqich xalqaro talablarga qarab takomillashtirib borish;
— o‘qituvchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv dasturlari va O‘MMni modernizatsiya qilish.
Vazifalarni amalga oshirishda jahon ta’lim tizimida ta’lim turlariaro uzluksizlik va uzviylikni ta’minlash bo‘yicha tadqiqotlar olib borayotgan xorijiy ta’lim tashkilotlarining ham tajribalari o‘rganilmoqda. Jumladan, Carl Wieman Science Education Initiative (CWSEI) loyihasida (Britaniya Kolumbiyasi), ta’lim samaradorligini oshirish mexanizmlarini takomilashtirish bo‘yicha tadqiqotlar Purdue Universityda (AQSh) va JCM International Management Engineering Instituteda (Xitoy) hamda interaktiv ta’limni amalga oshirish bo‘yicha tadqiqotlar BMTning International Institute for Sustainabie Development (IISD) kabi dunyoning yetakchi oliy ta’lim muassasalari va ilmiy markazlarida olib borilmoqda
Har bir fandan ishchi guruh a’zolari bugungi kunda amalda foydalanib kelinayotgan va yangilanayotgan o‘quv reja va dasturlarini tahlil qilib, pedagoglar va ota-onalar o‘rtasida onlayn so‘rovnomalar o‘tkazish orqali tanqidiy tahlil qilish va takliflar tayyorlashni boshlashgan.
Ushbu tahlillar hamda muammolarning bartaraf etilishi quyidagi natijalarni beradi:
• uzluksiz ta’lim tizimida fan dasturlarining mazmun mohiyati, mavzularning mantiqiy ketma-ketligi va uzviyligini ta’minlashda tayyorlanadigan me’yoriy xujjatlarda uzviylik ta’minlanadi;
• konsepsiya — uzluksiz ta’lim tizimida fanlar kesimida konsepsiyalar ishlab chiqiladi. Bunda ta’lim turlariaro fanning mazmunan va mohiyatan uzluksizlik va uzviyligini ta’minlash asoslari yoritiladi;
• qiyosiy jadval — fanlar kesi­mida barcha ta’lim turlarida o‘tiladigan mavzular bo‘yicha qiyosiy tahlil qilinadi. Bunda mavzular takrorlanishi, nazariy mavzularning salmog‘i, nazorat materiallarining xorijiy tadqiqotlarga asoslanganligi, soddadan murakkabga tomon tamoyiliga asoslanganligi o‘rganiladi. Fan dasturlarini shakllantirish uchun taklif va tavsiyalar ishlab chiqiladi;
• fan dasturlari — uzluksiz ta’lim turlarining har bir bosqichida o‘tiladigan mashg‘ulotlarning uzviy­lashgan fan dasturlari ishlab chiqiladi. Fan dasturlarini ishlab chiqishda uzviy­lik, uzluksizlik mantiqiy ketma-ketlik, izchillik va tizimlilikka e’tibor beriladi.
Amalga oshirilgan ishlar samarasi sifatida quyidagi tashkiliy vazifalar bajariladi:
• tashkiliy darajada – fanlar kesimida ta’lim turlariaro ishchi guruhlar shakllantiriladi, barcha fanlardan konsepsiya, qiyosiy jadval, fan dasturlari ishlab chiqiladi hamda ta’lim natijalari muvofiqligini ta’minlash uslubi ishlab chiqiladi va treninglar o‘tkaziladi;
• mazmunli darajada – fanlar kesimida mavzular soddadan murakkabga tamoyili asosida shakllantiriladi, xalqaro tadqiqotlar fan dasturlariga kiritiladi, mavzular takrorlanishi bartaraf etiladi, amaliy mashg‘ulotlar hajmi ko‘paytiriladi;
• sifat darajada – mantiqiy fikrlash va qiziqish o‘sadi, kompetensiyalar rivojlanadi, xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik takomillashtiriladi, ta’lim oluvchi va beruvchilar o‘zaro integratsiyalashgan pedagogik-metodik muhit shakllanadi;
• natijaviylik darajada – uzluksiz ta’lim turlariaro me’yoriy hujjatlar tizimlashtiriladi, fanlar mazmuni izchilligiga erishiladi, ta’lim jarayoni innovatsion tarzda muvofiqlashtiriladi.
Uzluksiz ta’lim tizimida fan konsepsiyalari, qiyosiy jadvallar, uzviyligi ta’minlangan fan dasturlari muhokama qilish portaliga joylashtiriladi. Muhokamalar natijasida takomillashtirishga qaratilgan takliflar asosida o‘zgartirishlar kiritiladi. Uzviylashtirilgan fan dasturlari asosida darsliklar mazmuni uzviyligi ta’minlanadi.


Xulosa


Prezidentimiz “Maktab o‘quv dasturlarini ilg‘or xorijiy tajriba asosida takomillashtirish, o‘quv yuklamalari va fanlarni qayta ko‘rib chiqish, ularni xalqaro standartlarga moslashtirish, darslik va adabiyotlar sifatini oshirish zarurligi” hamda “Oliy ta’lim standartlari xorijiy tajriba asosida takomillashtirilishi, ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitiladigan fanlar qayta ko‘rib chiqilishi zururligi hamda mutaxassislikka aloqasi bo‘lmagan fanlar sonini 2 barobarga qisqartirish” to‘g‘risida aniq vazifalarni belgilab bergan edi. Ushbu topshiriqlar asosida Prezident Administratsiyasi tomonidan har bir ta’lim tizimi oldida turgan dolzarb vazifalardan kelib chiqqan holda 2020-yilda ta’lim sohasida islohotlarni jadallashtirish bo‘yicha kompleks “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqilgan. Mazkur “Yo‘l xaritasi”ga asosan ishlarni tashkil qilaolish zarur.



Download 33.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling