1-mavzu Vаlеоlоgiyaning nаzаriy mеtоdоlоgik аsоslаri Reja


Valeologiyaning boshqa fanlar bilan aloqasi


Download 58.45 Kb.
bet10/16
Sana17.06.2023
Hajmi58.45 Kb.
#1549258
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Bog'liq
1-мавзу

Valeologiyaning boshqa fanlar bilan aloqasi
Valeologiya fani integral fan sifatida – boshqa ko’p fanlarning o’zaro hamkorligi chegarasida harakat qilgandagina o’z maqsadiga erishishi mumkin. Ayni paytda fan sifatida qator tibbiy fanlar: anotomiya, fiziologiya, gigiena, biokimyo, immunologiya, genetika, shuningdek, falsafa, pedagogika, sotsiologiya, psixologiya, eologiya, jismoniy tarbiya nazariyasi kabi boshqa fanlar bilan hamkorlikda ish olib boradi.
Valeologiyani individning, jamiyatning va umuman tabiatning salomatligi haqidagi fan sifatida ijtimoiy fanga va individual fanga bo’lish mumkin:
Ijtimoiy valeologiya, I.E. Shkondinaning fikricha (2007), bu – jamiyatning ham jismoniy, ham ruhiy, ma’naviy, iqtisodiy va ijtimoiy salomatligini saqlash va tutib turishdir. Uni quydagilarga bo’lish mumkin:
a)tibbiy-biologik valeologiya, u umumiy gigienani, ijtimoiy psixogigienani (oila, amoa, umuman jamiyatning psoxogigienasini), sport, ekologik jihatlarini o’z ichiga oladi;
b)iqtisodiy valeologiya amiyatning va uning ayrim vakillarining turmush darajasini,aholining bandlik darajasini, sanoat ishlab chiqarish darajasini ko’rib chiqadi;
v)ijtimoiy valeologiya jamiyatning ijtimoiy tuzilishini, ta’limnng daraasini, ilmiy salohiyatini, ijtimoiy tashkkilotlar, madaniyat va san’atning darajasini ko’rib chiqishga qaratilgan.
Rossiyalik tadqiqotchilar V.P.Petlenko, V.R.Veber, K.S.Xruskiylar valeologiya fanini quyidagi ikkita yo’nalish bo’yicha faoliyat ko’rshatishi lozim deb hisoblaydilar:
Birinchisi – moslashuv (adaptatsiya ) valeologik yo’nalishi bo’lib, u o’z tarkibiga:
a)o’quvchilarning valeologik hulqini shakillantiruvchi - maktab gigienik valeologiyasini;
b)zararli ekologik omillarni zararsizlantirishni nazarda tutuvchi ekologik-profilaktik valeologiyasini;
v)organizmning ichki muhiti, ya’ni gomeostaz holatini aniqlash va uni me’yyorlashtirishni nazarda tutuvchi fiziologi-gomeostatik valeologiyalarni qamrab oladi.
Ikkinchisi – kreativ (salomatlikni quruvchi) veleologiya yo’nalishi bo’lib, u o’z tarkibiga:
a)intelliktni rivolantirish, shaxsni tashqi ekologik dunyo va o’z mohiyati bilan muvofiqlashtirishni nazarda tutuvchi - pedagogik valeologiyani;
b)kasalliklarning mohiyatini organizmning ichki o’ziga hosligi bilan bog’liq holda o’rganuvchi konstitutsional – biologik (neogippokratik) valeologiyani;
v)insonlar mavjudligining pirovard natiasidan iborat qadiryatni o’zida mujassamlashtiruvchi axloqiy vleologiyani qamrab oladi. Yaqin kelajakda bolalar valeologiyasi, o’smirlar valeologiyasi, xomiladorlik valeologiyasi kabi xususiy valeologiyaning boshqa tarmoqlari paydo bo’lishi muqarrar.



Download 58.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling