1-mavzu Vаlеоlоgiyaning nаzаriy mеtоdоlоgik аsоslаri Reja
Download 58.45 Kb.
|
1-мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- Valeologiya rivojlanishining tarixiy asoslari
1-mavzu Vаlеоlоgiyaning nаzаriy - mеtоdоlоgik аsоslаri Reja: Valeologiya rivojlanishining tarixiy asoslari. Valeologiyaning tarixi va asosiy tushunchalari. Islom dini va sog’lom turmush tarsi. Valeologiyaning predmeti. Valeologiyaning boshqa fanlar bilan aloqasi. Valeologiyaning vazifalari. Valeologiyaning tasnifi. Vаlеоlоgik yo’nаlishlаr: Pеdаgоgik, ekоlоgik vа ijtimоiy vаlеоlоgiya. Valeologiya rivojlanishining tarixiy asoslari Valeologiyaning ildizi juda qadim zamonlarga borib taqaladi va bevosita tibbiyotning rivojlanishi bilan bog‘liq. Inson tomonidan o‘zining salomatligiga bo‘lgan munosabat, eng avvalo hayotini saqlab qolish hamda biologik va ijtimoiy vazifasini bajarishga asoslangan edi. Qadim zamonlarda insonlar tabiat hodisalari oldida ojiz bo‘lgani uchun o‘zlarining jismoniy va ruhiy holatlarini ilohiy, o‘ta diniy tasavvurlar bilan bog‘lagan. Tibbiyot tarixi – bu inson ongli faoliyatining hayot va salomatlikni saqlash borasidagi ko‘p arslik tarixidir. Zardo‘shtiy diniy ta’limotining muqaddas kitobi “Avesto”da (er.av. birinchi ming yillik) tibbiyot bu - tanani sog‘lom holatda saqlash san’atidir, - deb aytib o‘tilgan. O‘sha davrdayoq shaxsiy va jamoat gigienasining qat’iy qoidalari belgilab berilgan. Ichimlik suvi, yashash xonalari va aholi turar joylarining holatiga ayniqsa katta e’tibor qaratilib, o‘sha paytdayoq profilaktika elementlari va asoslari yaratilgan. Rivojlanish bosqichlarida insoniyat ijtimoiy guruh sifatida belgilangan va inson faoliyati jismoniy ish nuqtai nazaridan tahlil qilingan, bu qadim zamonlarda inson hayotini saqlab qolishning asosi bo‘lib xizmat qilgan. Davolash tibbiyoti ilmiy fan sifatida taraqqiy topmagan davrlarda, asosan organizmning ichki imkoniyatlariga katta e’tibor qaratilgan va bu tizimli xarakterga ega bo‘lgan. Xitoyda “Kong-fu” (er. 2600 yuz yil avval), Hindistonda “Ayurveda” (5000 yil avval paydo bo‘lgan va hayot haqida bilimlar deb tarjima qilinadi) qo‘llanmalari sog‘lomlashtirish dasturlaridan biri hisoblanadi. Ayurvedaning asosiy tamoyili inson ongining tanaga ta’sir o‘tkazishiga asoslanadi. Kasalliklardan xalos bo‘lish odamning o‘z ongi bilan aloqaga kirishib uni muvozanatga keltira olishiga bog‘liq. Ayurveda ta’limoti bo‘yicha mukkamal risoladagidek salomatlik organizmning mukammal muvozanatiga bog‘liq va har bir inson aniq noyob dastur bo‘yicha (prakritlar-organizm turi) yaratilgan. Ushbu dasturda odam o‘zining tabiati bilan mos holda qanday yashash kerakligi ko‘rsatib o‘tilgan. Qadimgi Xitoyda Kong-fu ta’limoti sog‘liqni saqlash tizimida kasalliklarning oldini olish bo‘yicha har doim davlat siyosatining bir qismi bo‘lib kelgan, bu borada eng muhim e’tibor jismoniy mashqlarga qaratilgan bo‘lib, ushbu an’analar hozirgi kunda ham saqlanib qolgan. Ushbu qadimgi tizimlar aslida valeologiyaning fan va ilm sifatida asosini tashkil etadi. Mazkur fan asosida kasallikni davolash emas, balki sog‘liqni shakllantirish, saqlash va mustahkamlash, shuningdek salomatlikni doimiy ravishda qo‘llab quvvatlab turish uchun organizmning zahira imkoniyatlaridan foydalanish yotadi. Qadimgi Gretsiyada jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish, suv muolajalaridan foydalanish va organizmni chiniqtirish usullari yaxshi ma’lum bo‘lgan. Eramizning birinchi asrlarida Rim shifokori Sels davolashning uchta usulini ajratgan: turmush tarzi, dorivor giyohlar va jarrohlik yo‘li. Dastlab odamlar tabiat hodisalari oldida ojiz va ularning yashash sharoitlari juda og‘ir bo‘lgan. Lekin, insoniyat taraqqiyoti davrida zarurat tufayli odamlarning qobiliyatlari asta-sekin rivojlanib bordi. Qadimgi buyuk shifokor, zamonaviy tibbiyotning asoschisi Gippokrat (er.av. 460-377 y), qadimgi Gretsiyaning buyuk mutafakkiri Demokritning (er.av. 460-370 y) ta’limoti va tabiat falsafasi asosida shifokor sifatida shakllandi. Inson qobiliyatining takomillashib borishi haqida so‘z ketganda Demokrit naslning muhim ahamiyatiga alohida e’tibor qaratgan. Naslning davomiylik jarayonida nafaqat reproduktiv tizimning, balki butun organizmning ishtirokini ta’kidlab o‘tgan. Demokritning inson tabiati haqidagi ta’limotini Gippokrat rivojlantirib bordi va ikkita qoidani shakllantirdi. Ushbu qoidalar zamonaviy tibbiyotning asoschisi bo‘lgan shifokor tafakkurining asosini tashkil qiladi: Download 58.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling