1-mavzu Vаlеоlоgiyaning nаzаriy mеtоdоlоgik аsоslаri Reja
Download 58.45 Kb.
|
1-мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- Valeologiya darslari”
To’rtinchisi: Marokashdagi kasalxona. Bu kasalxonaga Muvahhidlar davlatining amiri Mansur Abu Yusuf asos solgan.
Yurtboshimiz aytganidek, tariximizning qaysi davrini olmaylik, ilm-ma’rifat va yuksak ma’naviyatga intilish hech qachon to’xtamaganini, xalqimiz dahosining o’lmas timsoli sifatida eng og’ir- va murakkab davrlarda ham yaqqol namoyon bo’lib kelganini ko’rishimiz mumkin, yosh avlodni har tamonlama mustaqil fikrlaydigan, yetuk dunyoqarash ruhida tarbiyalash, yangicha tafakkur qilishini boyitish, uni yangi ma’no va mazmun nilan to’ldirish dolzarb vazifa ekanligini anglab yetish tarafdorimiz”. Valeologiya atamasi 80-yillarda I.I.Brexman tomonidan fanga kiritilgan. I.I.Brexman 1982-yilda amalda sog’lom odamlarning salomatligini saqlash va mustahkamlashning metodolgik asosini shgakllantiradi. U har bir individning salomatlik miqdori ko’rsatgichlarini belgilash, tashxislash va sabablarini o’rganish orqali butun sog’liqni saqlash tiziminning strategiyasini tubdan o’zgartirish lozimligini ko’rsatadi va o’zi kashf etgan bu ilmiy yo’nalishni - valeologiya, ya’ni sog’lom bo’lmoqlik ilmi deb atadi. I.I.Brexman 1987-yilda ushbu masalaga bag’ishlangan birinchi “Salomatlik to’g’risidagi fanga- valeologiyaga kirish” nomli monografiyani bosmadan chiqardi. U o’z monografiyasida salomatlik haqidagi fan tibbiyot ilmi doirasi bilan chegaralanib qolmaslgini va o’z xarakat doirasiga ekologiya, biologiya, psixologiya kabi boshqa fanlarni ham jalb qilishi lozim deb ko’rsatadi. Valeologiyaning Vladivostokdan keying ikkinchi markazi Kiev hisoblanadi. Bu yerda valeolgiya yo’nalishi profilaktik tibbiyot bilan bog’langan holda vujudga keldi. 1985-yilda kievlik tadqiqotchi G.a Apanasenko “Individning salomatligi” modelini birinchi bo’lib taklif qildi. 1992-yilda Kiev vrachlar malakasini oshirish institutida professor G.A.Apanasenko va L.A. Papovalar rahbarligida sport tibbiyoti va sanalogiya kafedrasi tashkil qilindi. Bu dunyo miqyosida sanolog vrachlar tayyorlovchi birinchi kafedra bo’lib hisoblanar edi.Ukrainada jismoniy tarbiya va sportga kata ahamiyat berilib, bu sohada Ovro’padan o’n yil oldinga o’tib oldi va endigi shior “Valeologiya dlya vsex” bo’lib qoldi. O’zbekiston Respublikasida 2005-yilmi “Sixat-salomatlik yili” deb e’lon qilinganligi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi tomonidan “Sihat-salomatlik yili” davlat dasturi haqida qaror qabul qilindi. Oliy ta’lim muassasalarida 2005-yil 10-avgustdagi Oliy va o’rta maxsus, Xalq ta’limi hamda Madaniyat va sport ishlari vazirliklarining “Oliy ta’lim muassasalarida “Valeologiya darslari” kursini joriy etish to’g’risidag”gi 197-sonli Qo’shimcha buyrug’iga asosan 2005/2006-o’quv yilidan boshlab “Valeologia asoslari” fani o’qitila boshlangan hamda Respublika Salomatlik institute tomonidan sog’lom turmush tarzini shakllantirishning dolzarb masalalari bo’yicha ilmiy tekshirish ishlari olib borilmoqda, oliy malakali valeolog kadrlarni tayyorlash bo’yicha qadamlar qo’yilayapti. Institut amalda sog’lom turmush shaklini shakllantirishning bosh shtabiga aylanib, kata tashkiliy-uslubiy markaz sifatida faoliyat ko’rsatmoqda. Institut tomonidan ayniqsa, o’quv adabiyotlarini yaratishga e’tibor qaratilmoqda. Valeologiyada nafaqat pedagogika vatibbiyot, balki, insonning muayyan ijtimoiy-huquqiy, ma’naviy- axloqiy, jismoniy - ruhiy, madaniy sharoitlarda shakllangan hayotiy faoliyat uslubi, ularning turmushi, umr ma’nosi, jismonan sihat-salomatligi, o’zaro munosabat madaniyati, hulq-atvori, tafakkur-ongi, dunyoqarashi, hatti-harakati tarzida namoyon bo’lishi ko’rsatilgan. Valeologiya so’zi lotincha bo’lib, “sog’ bo’ling” degan ma’noni anglatadi.Valeologiya insonning ruhiy va jismoniy salomatligi darajasi hamda imkoniyatlarni o’rganadi. Valeologiya-shaxs, jamiyat va tabiatning salomatligi haqidagi fan demakdir. Valeologiya fanining asosi sog’lom turmush tarzini shakillantirish hisoblanadi. Download 58.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling