1-mavzu Vаlеоlоgiyaning nаzаriy mеtоdоlоgik аsоslаri Reja
O’tmishdagi islomiy kasalxona va kutubxonalarga qisqa nazar
Download 58.45 Kb.
|
1-мавзу
O’tmishdagi islomiy kasalxona va kutubxonalarga qisqa nazar.
Qadimda kasalxonalar ikki turli bo’lgan: “Ko’chmas kasalxonalar” va shaharlarda joylashgan “ko’chmas kasalxonalar”. Ko’chma kasalxonalar markazdan uzoqda yashovchi aholining so’g’ligini nazorat qilish va ularga tibbiy yordam ko’rsatish vazifalari bilan shug’ullangan. Islom olamidagi barcha kasalxonalardagi nizom deyarli bir xil edi. Bag’dod, Damashiq, Qohira, Quddus, Makka, Madina, Mag’rib va Andalusdagi shifoxonalar nizomi bir-biridan farq qilmasdi. Doktor Rog’ib Sirjoniyning aytishicha, “Islom olamidagi birinchi kasalxona xalifa Valid ibn Abdulmalik davrida qurilgan. Quyida o’tmish asrlarda nom chiqargan mashhur to’rtta kasalxona bilan tanishib chiqamiz: Birinchisi: Bog’doddagi Azudiy kasalxonasi. Bu kasalxonani 371-h sanad Azudad davla ibn Buvayh qurdirgan . Kasalxona quriladigan joyni mashhur tabib Roziy tanlagan. Roziy haqida “SALOMATLIK ensiklopediya”sida shunday deyiladi: “Sharqning mashhur tabibi, ensiklopedist olimi Abu Bakr ar-Roziy (865-925) ning tabobat sohasidagi asarlari umuman jahon meditsinasining rivojlanishi va boyishida g’oyatda ulkan ahamiyat kasb etdi.Olimning tabobat ensiklopediyasi hisoblangan 25 jildli “Al-Hoviy nomi bilan tanilgan katta to’plam” (“Al-Jomi’ al-Kabir va qod urifa bi-l Hoviy”) kitobi hozirgacha G’arb va Sharq meditsinasida mashhurdir”. Ikkinchisi: Damashqdagi Nuriy kasalxonasi. Bu kasalxonaga odil sulton Nuriddin Zinkiy 549-h -1154-m yilda asos solganlar.Sulton Nuriddin asos solgan shifoxona 9 asr xalqqa yuqori darajali xizmat ko’rsatadi. 1318-hijriy yili kasalxona faoliyati to’xtaydi. Uchinchisi: Mansuriy nomli katta kasalxona. Bu kasalxona Qalovun Bemoristoni deb tanilgan. Aslida u amirlardan birining uyi edi. Sulton Mansur Sayfiddin Qalovun 683-hijriy yilda u uyni spotib olib kasalxonaga aylantiradi. Kasalxona uchun yillik byudjet ajratadi. Kasalxona yoniga masjid, madrasa va yetimlar uchun kutubxona bino qiladi.Kasalxona Fransiya qo’shinlari Misrga bostirib kirgan 1798-yilgacha faoliyat olib borgan. Download 58.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling