1-mavzu Vаlеоlоgiyaning nаzаriy mеtоdоlоgik аsоslаri Reja


Download 58.45 Kb.
bet3/16
Sana17.06.2023
Hajmi58.45 Kb.
#1549258
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
1-мавзу

Zamonaviy fan inson salomatligini quyidagi: funksional-tuzilishi, fizik-kimyoviy, ruhiy-hissiy va ma’naviy tarkibiy qismlardan iboratligini belgilaydi. Xalqaro YUNESKO tashkiloti salomatlik tushunchasini uchta tarkibiy qismga ajratadi: jismoniy sog‘lomlik (somatik), ruhiy sog‘lomlik va ma’naviy sog‘lomlik. Bundan ko‘rinadiki, salomatlik - bu etarli darajada chuqur, ko‘pqirrali tushuncha bo‘lib, murakkabligi bilan u nafaqat inson tuzilishining turli darajalarini tahlil qiladi, balki uning individual o‘ziga xosligini ifodalaydi.
So‘nggi asrlarda ilmiy, ortodoksal (zamonaviy) tibbiyotning rivojlanish jarayonida sog‘lom inson holatiga kamroq e’tibor qaratilib, barcha bilimlar asosan kasalliklarni davolashga yo‘naltirilmoqda. Ammo, qadimgi etuk olimlarning asarlarida ham asosiy e’tibor aynan salomatlik va kasalliklarning oldini olishga qaratilishi lozimligi ta’kidlab o‘tilgan.
Salomatlik haqidagi ilmiy asoslangan fanning rivojlanishi maqsadli yo‘nalgan jarayon sifatida o‘tgan asrning ikkinchi yarmida boshlandi, chunki sog‘lomlashtiruvchi tibbiyot asoslari bo‘yicha ko‘p material to‘plangan edi. Ko‘plab olimlar, shu jumladan shifokorlar ham turmush tarzini shakllantirishning nazariy asoslarini isbotlab berdi va amaliy tibbiyotda insonlarning zahira (rezerv) imkoniyatlarini rivojlantirish yo‘li bilan sog‘lomlashtirishning afzalligini ko‘rsatib berdilar.
Valeologiyaning nazariy tamoyillarini ishlab chiqish inson mohiyatini falsafiy anglash, kasalliklar va o‘tish holatlari haqida tibbiyotning umumiy nazariyasini shakllantirishga xizmat qiladi.
Valeologiya gigiena fanlarining asosida shakllanmagan, balki birinchi bo‘lib patolog olimlar tomonidan (I.V.Davidovskiy 1962; P.D.Pavlenok, 1968) ba’zi tibbiyot muolajalarining samarasizligi nuqtai nazaridan tavsiya etilgan.
Keyinchalik valeologiya fani bir qator tadqiqotchilarning, ayniqsa, harbiy tibbiyot vakillarining G.L.Apanasenko, I.I.Brexmanning olib borgan izlanishlari tufayli sezilarli darajada rivojlanib bordi.
Zamonaviy valeologiyaning asoschilaridan biri I.I.Brexman hisoblanadi, u 1982 yilda amaliy jihatdan sog‘lom insonlarning salomatligini saqlash va mustahkamlashning metodologik asoslarini ishlab chiqdi. Adaptogenlar ustida tadqiqot olib bordi va yangi ilmiy yo‘nalish – farmakosanatsiyaga (salomatlik uchun “dorilar”) asos soldi. U individ salomatligining etiologiyasi, tashxislash sifati va miqdorini o‘rganish yo‘li bilan sog‘liqni saqlashning butun strategiyasini o‘zgartirish mumkin degan, fikrga keldi. U salomatlik haqidagi fan faqat birgina tibbiyot bilan chegaralanmasligi, balki u tibbiyotga asoslangan holda biologiya, ekologiya, psixologiya va boshqa qator fanlar bilan integrallashuvi kerakligini ta’kidlaydi.
Shunday qilib, tibbiyotning tarixiy rivojlanish bosqichlarida uning ilk shakllanish manbalarining tarmog‘i sifatida salomatlik haqidagi fan insonning imkoniyatlari va organizm zahiralarini anglab etish nuqtai nazaridan shakllanib bordi.



Download 58.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling