1-mavzu Vаlеоlоgiyaning nаzаriy mеtоdоlоgik аsоslаri Reja


Ilmiy fanlar orasida valeologiyaning o‘rni


Download 58.45 Kb.
bet14/16
Sana17.06.2023
Hajmi58.45 Kb.
#1549258
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
1-мавзу

Ilmiy fanlar orasida valeologiyaning o‘rni
Fanlarning ilmiy taraqqiyot davrida inson mohiyatini o‘rganish bo‘yicha zamonaviy yondoshuvlarning paydo bo‘lishi mantiqan to‘g‘ri hisoblanadi. SHuning uchun valeologiyaning fan sifatida shakllanishiga ehtiyoj paydo bo‘ldi, ya’ni salomatlik haqidagi ta’limotni tizimga keltirishni anglagan holda zarurat tug‘ildi. Ushbu fanning vujudga kelishi va shakllanishi ko‘plab boshqa ilmiy fanlar bilan bog‘liq bo‘lgan zamonaviy yondoshuvlarga asoslanadi. Valeologiya inson organizmining anatomiyasi, biologiyasi, genetikasi, fiziologiyasi, psixologiyasi va hayot faoliyatining boshqa ko‘p qirralari haqidagi bilimlar darajasini belgilaydi. Fan taraqqiyoti natijasida tashxislash, hayot davomiyligini prognozlash va inson organizmi holatini boshqarish bo‘yicha mavjud bilimlarni integrallashning yuqori darajasiga erishish mumkin.
Har qanday ilmiy fanga xos bo‘lgani kabi, yuqorida ta’kidlanganidek valeologiya fani ham o‘z maqsad va vazifalariga, tamoyillari va ob’ektlariga ega. Ushbu ikki qismdan tarkib topadi: umumiy va xususiy valeologiya.
Shu bilan birga, salomatlik haqidagi valeologiya fanining quyidagi fanlar (umumiy biologiya, genetika, sitologiya) bilan o‘‘zaro aloqadorligida umumiy asoslar mavjud.
Biologiya fanida organizm hayot faoliyatining qonuniyligi filogenezda o‘rganiladi, salomatlikka evolyusion qarash shakllanadi va biologik dunyoning bir butun ko‘rinishi yaratiladi.
Tibbiyot fani (anatomiya, fiziologiya, gigiena va b.) kasallikning sabablari va mexanizmlarini o‘rganadi, salomatlikni ta’minlashning me’yorlarini ishlab chiqadi. Kasalliklarning oldini olish va davolash, inson hayotining turli sharoitlarida uning ruhiy holatini boshqarish orqali sog‘liqni saqlash bo‘yicha bilimlarni shakllantiradi va amaliy faoliyat tizimini yaratadi.
Psixologiya fani ruhiy rivojlanish qonuniyatlarini o‘rganadi va salomatlikni ta’minlashning psixologik jihatlarini belgilaydi.
Pedagogika fani insonda sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga va mo‘‘tadil salomatlikka yo‘naltirilgan tarbiyaning mazmun va mohiyatini, valeologik ta’lim texnologiyalarining maqsad va vazifalarini ishlab chiqadi.
Sotsiologiya – salomatlikni saqlash va mustahkamlash, quvvatlashning ijtimoiy (jamiyat) jihatlarini, hamda salomatlikka xavf tug‘diruvchi omillarni aniqlaydi.
Iqtisod salomatlikni iqtisodiy tomondan ta’minlash jihatlarini va xalqning obod va farovon turmush tarzini ta’minlashda, salomatlikni mustahkamlashda iqtisodning ahamiyatini asoslab beradi.
Falsafa tabiat va jamiyatning rivojlanish qonuniyatini aniqlaydi. Falsafiy dunyoqarashning shakllanishi inson hayotida salomatlikning rolini to‘g‘ri baholashda muhim omil hisoblanadi.

Download 58.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling