1-mavzu Vаlеоlоgiyaning nаzаriy mеtоdоlоgik аsоslаri Reja


Download 58.45 Kb.
bet15/16
Sana17.06.2023
Hajmi58.45 Kb.
#1549258
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
1-мавзу

Madaniyatshunoslik insonni madaniy jihatdan tarbiyalash va tayyorlashning maqsad va vazifalarini belgilaydi, uning eng asosiy qismi valeologik madaniyat hisoblanadi.
Yuqorida keltirilgan o‘‘zaro aloqalar ilmiy fan sifatida valeologiyaning to‘liq mohiyatini aks ettirmaydi, chunki ushbu o‘‘zaro aloqadorliklarning soni ancha ko‘p. Valeologiyaning asosiy maqsadi inson salomatligi hisoblanadi, sog‘likni saqlash va mustahkamlashdagi bilimlarni rivojlantiradi.
Boshqa fanlar bilan o‘‘zaro aloqadorlik ikki tomonlama xarakterga ega bo‘lib, mazkur aloqador fanlarning ma’lumotlaridan foydalangan holda salomatlik muammolarini aniqlash orqali salomatlikni rivojlantirish va mustahkamlash bo‘yicha salmoqli natijalarga erishish mumkin.
Valeologiyaning tasnifi
Valeologiyani fan sifatida ko‘plab yo‘nalishlarini belgilash hamda uning qator fanlar jumladan, tibbiyot bilan birgalikdagi dinamik rivojlanishini aniqlash mumkin. Bu muhim yo‘nalish bo‘lgan sog‘lomlashtiruvchi tibbiyotning rivojlanishi va takomillashuviga jiddiy asos bo‘lib xizmat qiladi.
Tibbiy valeologiya salomatlik va kasallikning tashxisi orasidagi farqni, salomatlikni tashqaridan qo‘llab-quvvatlash, kasalliklarning oldini olish usullarini o‘rganadi hamda salomatlikni saqlash va mustahkamlashda faol harakatlarning tartibi, ratsional ovqatlanish, ruhiy-hissiy holat va jinsiy salomatlik kabi asosiy yo‘nalishlarni belgilaydi. U individual, ijtimoiy (populyasion) va yoshga qarab ajratilgan guruhlarda salomatlikni to‘liq baholashning yangi usublarini va uni mustahkamlashdagi zamonaviy valeologik tamoyillarni yaratadi, salomatlikni ta’minlash va ijobiy turmush tarzini shakllantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqadi.
Shubhasiz, yaqin davrlarda aholini sog‘lomlashtirish sohasida tibbiy valeologiyaning imkoniyatlari ancha kengayadi, farmakologik vositalar, ma’lum darajadagi xirurgik aralashuvlar o‘rniga organizm zahiralarining bitmas-tuganmas imkoniyatlarini oshirish hamda xavfli omillarning oldini olish bo‘yicha qator yangi usullar yaratiladi. Tibbiy valeologiyaning asosiy maqsadi va faoliyati ko‘p jihatdan sog‘lomlashtiruvchi tibbiyotga yo‘naltirilgan bo‘lib, UASH, oilaviy shifokorlari umuman sog‘liqni saqlashning birlamchi tizimida faoliyat yurituvchi barcha shifokorlarni tayyorlashga qaratilgan bo‘ladi.
Pedagogik valeologiya insonning salomatligiga yo‘naltirilgan ijobiy hayot tarzini shakllantirish bo‘yicha o‘qitish hamda tarbiyalash masalalarini qamrab oladi. Pedagogik valeologiyaning asosiy tushunchalari valeologiyaga asoslangan holda bilim va madaniyat, bilim va tarbiya masalalarini o‘z ichiga olgan valeologik ta’lim hisoblanadi.
Valeologik ta’lim – bu ilmiy va amaliy bilim hamda ko‘nikmalar, xulq va faoliyat tizimini shakllantirishga yo‘naltirilgan, o‘zining va atrofdagilarning salomatligiga mas’uliyatli munosabatda bo‘lishni ta’minlaydigan, inson salomatliginini rivojlantiradigan va tarbiyalaydigan uzluksiz o‘qitish jarayonidir.
Valeologik ta’lim berish – bu inson salomatligining vujudga kelishi, saqlanishi va rivojlanishi, uni shakllantiruvchi omillarni baholash, salomatlik va turmush tarzi haqidagi bilimlarni egallash va targ‘ib etishdan iborat.
Valeologik tarbiya – bu hayotiy qadriyatlar va ijobiy dunyoqarashga asoslanib salomatlikni ta’minlashga yo‘naltirilgan ko‘rsatmadir. Ushbu tarbiya orqali ijobiy qiziqishlar va ma’naviy ehtiyojlar tufayli mukamallik, ijodkorlik, ichki dunyoni boyitish va tafakkurni rivojlantirishga asoslangan holda salomatlikka mas’uliyat bilan yondoshishga ongli munosabat shakllanadi.
Valeologik bilim – bu salomatlikni shakllantirish sohasida insoniyat tomonidan to‘plangan ilmiy asoslangan dalillar, g‘oyalar va tushunchalarning majmuidir. O‘z salomatligini saqlash va mustahkamlash imkonini beradigan, ijobiy turmush tarzini shakllantirishga asoslangan, ma’naviy, ruhiy, irsiy, jismoniy, jinsiy va tibbiy jihatlarga oid amaliy bilimlarga asoslanib valeologik madaniyatni rivojlantirish mumkin.
Yoshga oid valeologiya - yosh bilan bog‘liq holda inson salomatligining vujudga kelishini o‘ziga xosligini, turli yosh davrlarida tashqi va ichki omillar bilan o‘‘zaro munosabatini hamda hayot sharoitlariga moslashish jarayonini o‘rganadi. SHu bilan birga, har bir davrda individumning yosh jihatdan rivojlanishini belgilovchi negiz bo‘lgan genetik dastur hisobga olinishi kerak.

Download 58.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling