1-mavzu Vаlеоlоgiyaning nаzаriy mеtоdоlоgik аsоslаri Reja


Download 58.45 Kb.
bet13/16
Sana17.06.2023
Hajmi58.45 Kb.
#1549258
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
1-мавзу

Adaptatsiya (moslashish) bu funksional tizimlar, a’zolar va to‘qimalarning o‘‘zaro aloqadorligi va faol mo‘‘tadil darajasi, shuningdek organizmning normal hayot faoliyatini ta’minlovchi boshqaruv mexanizmidir.
Moslashish imkoniyatlari real hayot sharoitlarida, organizmning zahira moslashuv imkoniyatlarini tekshirish mumkin bo‘lgan yashash muhitlarida, jumladan individumning potensial imkoniyatlari maksimal yo‘naltirilishi zarur bo‘lganda namoyon bo‘ladi. SHuning uchun tirik organizmning moslashish xususiyatini individual salomatlikning o‘lchovidir deyish mumkin.
Inson salomatligining holati mavjud bo‘lgan moslashuv zahiralarining miqdori va imkoniyati bilan belgilanadi.
Regulyator moslashishni boshqarish yo‘llari va mexanizmlarini aniqlash, organizmning muhim funksiyalarini takomillashtirishga yordam beradi. Demak insonda zahira imkoniyatlarini kengaytirish va muhitning ekstremal sharoitlarida organizmning chidamliligini oshirish yo‘llari topiladi.
Genotipik (biologik) va fenotipik (individual) moslashishlar farqlanadi. Genotipik moslashish ancha umumiy ko‘rinishga ega bo‘lib, genetik jihatdan mustahkamlanadi va nasldan-naslga o‘tadi.
Fenotipik moslashish organizmning atrof-muhit bilan o‘‘zaro aloqasi jarayonida shakllanadi. Hayot – bu atrofda bo‘layotgan cheksiz o‘zgarishlarga doimiy moslashishdir. Inson doimiy ravishda turli signallar, qo‘zg‘atuvchilardan ta’sirlanadi. Moslashish sababli insonda tana \harorati, qon tarkibi, arterial bosim va boshqalarning mo‘‘tadilligi saqlanib qoladi.
Shunday qilib, sog‘lom organizmda har qanday sharoitda ichki muhit-gomeostazning nisbiy mo‘‘tadilligi ta’minlanadi. Moslashish jarayonida gomeostaz regulyasiyasidan tashqari organizmning jismoniy, ruhiy va boshqa zo‘riqishlarga chidamliligini ta’minlovchi turli funksiyalar o‘zgarishi amalga oshadi. Organizmga bo‘ladigan noxush ta’sirlar tufayli, turli ko‘rsatkichlarning sezilarli darajada o‘zgarishi kuzatiladi, bu esa o‘z navbatida fiziologik jarayonlarning normal kechishini buzadi.
Valeologiyaning vazifasi – turli og‘ishlar va zo‘riqishlarning haddan tashqari bo‘lmasligi, chidash mumkin bo‘lgan chegaradan chiqmasligi hamda salomatlikka zarar keltirmasligini ta’minlash maqsadida organizmning moslashish jarayonlarini to‘g‘ri yo‘naltirishdan iborat. Odam organizmini individual nuqtai nazardan o‘rganish - salomatlik miqdorini baholash bilan ifodalanadi.
Salomatlikni mustahkamlash va o‘limni kamaytirishning individual muammolarini hal qilishning ikki yo‘li mavjud. Birinchisi - kasallikning sabablarini aniqlash va patogen sharoitlarga qarshi kurashishga yo‘naltirilgan. Ikkinchisi - organizmning rezistentligini oshirishga qaratiladi. Har ikki yo‘l ham o‘z navbatida inson salomatligi va hayot davomiyligini ta’minlovchi omillarning o‘‘zaro aloqasi bilan bog‘liq. Bir tomondan hayot zahirasining darajasiga qarab, organizmni fiziologik sharoitlarga va patogen ta’sirlarni neytrallashga moslashishini ta’minlaydi. Hayotiy zahiraning ushbu qiymati ma’lum darajada genetik o‘ziga xoslikka bog‘liq, shuning uchun odamlar salomatlikning turli miqdorlariga ega holda tug‘iladi. Boshqa omil – organizmning tashqi va ichki muhit ta’siri ostida zararlanishi va ishdan chiqishiga olib keladi. Insonning kasal yoki sog‘lom bo‘lishi, hayot yoki olamdan o‘tishi tashqi ta’sirning jadalligi, moslashishning mutanosibligi hamda organizmning qarshiligiga bog‘liq.
“Patogen omil”, “zararlanish” va “organizmning zahiralari” kabi tushunchalar orasidagi farqni hisobga olgan holda tibbiyot sohalarini ham farqlash mumkin. Profilaktik tibbiyot - xavf omillari bilan kurashishga yo‘naltirilgan. Davolovchi tibbiyot - kasallik sabablarini va ularni davolashni o‘ziga maqsad qilib qo‘yadi. Sog‘lomlashtiruvchi tibbiyot - organizmning moslashish imkoniyatlarini oshirish orqali, salomatlikning zahiralarini oshirish usullarini va salomatlik sabablarini (mexanizmlarini) o‘rganadi.
Albatta, bunday tasnif ma’lum darajada shartli, chunki tibbiy faoliyatning hamma sanab o‘tilgan jihatlari va usullari bir-biridan farq qilsa ham bitta umumiy maqsadga ega – bu inson salomatligidir.
Profilaktik tibbiyot xavf omillarini o‘lchash va aniqlashning ko‘plab usullariga ega. Sog‘lomlashtiruvchi tibbiyot hayotiy zahiralarni miqdor va sifat ko‘rsatkichlarini o‘lchash bo‘yicha hali etarli darajada samarador usullariga ega bo‘lmagan paytda, klinik tibbiyot kasalliklarni tashxislash va davolashda katta yutuqlarga erishganini tan olish lozim.
Salomatlik miqdorini o‘lchash muammosi qadimdan olimlarning e’tiborini tortib keladi. Mavjud usullarning aksariyati organizmning funksional imkoniyatlarini aniqlashga asoslangan (jismoniy yuklamalarga tolerantlikning darajasi, aerob qobiliyatning qiymati va b.). SHunga qaramasdan bu usullar inson salomatligi holatini to‘laligicha qamrab ololmaydi. Inson salomatligini baholab, shifokor nafaqat inson bajara oladigan (mehnatga layoqatlilik) mehnat hajmini, balki u o‘zini qanday his qilayotganini (salomatlik sifati), shuningdek yana qancha yashay olishini (salomatlik zahirasi) o‘lchay olishi kerak.
Salomatlik miqdori – bu tirik organizmda har doim mavjud bo‘ladigan uzluksiz qiymatdir. Agar oldinda turgan hayotning davomiyligi haqida fikr yuritsak, unda salomatlik miqdori aniq vaqt davomida kasal bo‘lmaslik va vafot etmaslik ehtimolini aniqlashni ta’minlovchi organizm zahiralarining holatini tavsiflaydi. Salomatlik zahiralarini oshirish uchun unga ta’sir qiluvchi omillarning samarador usullarini bilish lozim. Hayotning davomiyligi va sifati turli omillarga bog‘liq: irsiyat – 15-20 %, ekologiya 15-20 % , tibbiyot (sog‘liqni saqlash) – 8-10 %, turmush tarzi 60-65 % ga to‘g‘ri keladi.
Demak, inson hayotining davomiyligi ko‘p jihatdan hayot tarzini to‘g‘ri shakllantirishga bog‘liq.
Shuning uchun bugungi kunda salomatlikni tashxislash tizimini ishlab chiqish, ya’ni organizmning moslashuvchi – fiziologik zahiralari va holatini ob’ektiv baholash, ularni insonning hayot faoliyati sharoitlari va yoshi bo‘yicha ajratib gradatsiyalash zaruriyati paydo bo‘ldi. Salomatlikni saqlash bo‘yicha taktik va strategik tavsiyalarning ilmiy ishlanmalari kompleksi bilan boshqa yondoshuvlar, geleometeotrop, tibbiy – genetik va salomatlikni prognozlash tizimini ham yaratish zarur.
Bunday yondoshuvning yo‘qligi tufayli asosiy e’tibor davolovchi tibbiyotga yo‘naltiriladi, bir vaqtning o‘zida profilaktik va ayniqsa sog‘lomlashtiruvchi tibbiyotga kam e’tibor qaratilmoqda.
Bundan tashqari, inson salomatligini miqdoriy o‘lchash va baholashning usullarini yaratish sohasida ilmiy asoslangan zamonaviy ishlanmalar deyarli yo‘q va rivojlanishdan ortda qolmoqda.
Sog‘lom odamning salomatligini saqlash muammosini hal qilish orqali, jamiyatga valeolog-mutaxassislarni tayyorlab ularni oilaviy tibbiyot shifokorlari va boshqa mutaxassislar bilan o‘‘zaro yaqin hamkorligini integratsiyalashtirish natijasida millatning salomatligini yaxshilashga erishish mumkin.
Ta’kidlash joiz, valeologiya o‘quv fani va mutaxassislik sifatida shakllanib bo‘ldi, biroq u fan sifatida rivojlanish bosqichida turibdi. Valeologiya sohalar aro fan bo‘lib, fanlar o‘rtasidagi aloqalarni integratsiyalovchi kompleks predmet hisoblanadi, uning bu jihati shakllanish va rivojlanish jarayonining o‘ta murakkabligidan darak beradi.



Download 58.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling