1-mavzu Vаlеоlоgiyaning nаzаriy mеtоdоlоgik аsоslаri Reja


Valeologiya - ilmiy asoslangan fan


Download 58.45 Kb.
bet12/16
Sana17.06.2023
Hajmi58.45 Kb.
#1549258
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
1-мавзу

Valeologiya - ilmiy asoslangan fan

Valeologiya - bu salomatlik haqidagi fan bo‘lib, sohalar aro ilmiy yo‘nalish hisoblanadi. Salomatlikning sababini, aniq hayot sharoitlarida uni saqlash va mustahkamlashning mexanizmlarini o‘rganadi.


Valeologiya fani - salomatlik va sog‘lom turmush tarzi haqidagi bilimlarning yig‘indisini o‘zida mujassam etadi, ushbu fan asosida individual salomatlik va organizm zahiralari yotadi. SHuning uchun valeologiyaning asosini: individual salomatlik, organizmning zahiralari va turmush tarzini shakllantirish tashkil etadi.
O‘quv fani va ilmiy-amaliy yo‘nalish sifatida Valeologiyaning asosiy vazifasi odam o‘zini va organizmini anglashga qaratiladi. YAna bir muhim jihati insonning individual o‘ziga xosligini hisobga olgan holda unga o‘z salomatligini baholash, uni mustahkamlash va funksional zahiralarini kengaytirish usullarini o‘rgatish hisoblanadi.
Valeologiya salomatlikni saqlash va mustahkamlash bilan birga, kasallik holatida davolash uchun odam organizmda kechadigan asosiy fiziologik jarayonlarni inobatga oladi. SHuning uchun valeologik nuqtai nazardan ko‘rsatilgan sog‘lomlashtirish usullari odam organizmiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi hamda organizmning himoya-moslashuv jarayonlari va zahiralarini kuchaytiradi.
Valeologiyaning o‘rganuvchi ob’ekti amaliy jihatdan sog‘lom odam, shuningdek “uchinchi holat”da bo‘lgan salomatlik va kasallik orasidagi (xavf guruhi) inson hisoblanadi. Valeologiya kasal oldi holatidagi odamlarning individual imkoniyatlarini inobatga olib, zahiralaridan to‘g‘ri foydalangan holda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish orqali salomatlikni saqlash va mustahkamlash bo‘yicha sog‘lomlashtirish dasturlarini yaratishni o‘rgatadi.
Valeologiyaning usullari inson salomatligi va uning zahiralarini miqdor va sifat jihatidan baholash hamda uni oshirish imkoniyatlarini o‘rganishdan iborat.
Bularning barchasi salomatlikka motivatsiyani shakllantirishning texnologiyalari, usullari, tadqiqot vositalariga asoslangan holda sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga yo‘naltiriladi. Klinik tibbiyotda asosan salomatlikni sifat jihatdan baholash qo‘llanadi. Valeologiya fanining asosiy vazifasiga esa har bir odamning individual salomatlik miqdorini baholash va uni sifat jihatidan tahlil etish kiradi.
Irsiy mexanizmlar va inson organizmi zahiralaridan maksimal foydalanish, ichki va tashqi muhit sharoitlariga uning moslashish imkoniyatlarini yuqori darajada ushlab turish valeologiyaning asosiy maqsadi hisoblanadi. Valeologiya insonning individual o‘ziga xosligini hisobga olgan holda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish mexanizmlarini yaratadi.
Asosiy maqsad amaliy nuqtai nazardan salomatlikni doimiy saqlash va himoya qilishda shifokorning ilmiy asoslangan chora-tadbirlari va harakatlarini o‘zida mujassamlashtiradi.
Valeologiyaning asosiy vazifalari:

  • Inson salomatligi holatini va organizm zahiralarini o‘rganish;

  • Salomatlikni saqlash va mustahkamlash, uning zahiralarini miqdorini baholash;

  • Inson organizmining individual o‘ziga xosligini inobatga olgan holda sog‘lom turmush tarzini shakllantirishning yo‘llarini o‘rganish.

Valeologiya fan sifatida hayot, gomeostoz, moslashish, genotip, fenotip, salomatlik (kasallik), turmush tarzi kabi tushunchalarsiz o‘rganilishi mumkin emas.
Hayot – bu taraqqiyot davrining ma’lum sharoitlarida qonuniy paydo bo‘ladigan moddiylikning oliy shaklidir. Hayot ko‘payish va o‘sish, modda almashinuvi va funksiyalarning faol regulyasiyasi, harakatning turli shakllari va kompensator-moslashuv jarayonlari bilan xarakterlanadi.
Gomeostazbu ichki muhitning doimiyligi, ya’ni organizmning tarkibiy qismi bo‘lgan moddalar almashinuvi jarayoni, funksional (struktur) faoliyatlarining balansi hisoblanadi. Boshqacha aytganda – bu organizmning ichki muhit mo‘‘tadilligiga asoslangan holda o‘zining parmetrlari va funksiyalarining xususiyatlarini ma’lum ijobiy diapozonda saqlab turishdir. Gomeostazning buzilishi organizmda noqulaylikka va keyinchalik kasallikka olib keladi. SHuning uchun gomeostazga ko‘pincha salomatlikning biologik asosi sifatida qaraladi.

Download 58.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling