1-mavzu Vаlеоlоgiyaning nаzаriy mеtоdоlоgik аsоslаri Reja
Valeologiyaning vazifalari
Download 58.45 Kb.
|
1-мавзу
Valeologiyaning vazifalari
Valeologiya o’z oldiga qo’ygan vazifalarni odamlarning sog’lom turmush tarzida yashashini shakllantirish orqali amalga oshiriladi. Valeologiyaning asosiy maqsadi – barkamol inson tarbiyalashdan iboratdir. Valeologiya fanining oldida turgan va birinchi navbatda o’z echimini kutayotgan muommili vazifalar qatoriga: 1.Inson sog’lig’iga salbiy ta’sir ko’rsatuvhi xavf omillarini o’rganish. Inson salomatligiga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi xafli omillar qatoriga: - gipokineziya va gipodinamiya; - ovqatni zichlab yiyish bilan bog’langan tana vaznining ortishi va semirishi; - muntazam ravishta ruhiy – emotsional zo’riqib ishlash, ishdan bo’sh vaqtini to’g’ri tashkil qila bilmaslik va to’g’ri dam olmaslik; - tamaki chekish va spirtli ichimliklarni ortiqcha istemol qilish singari zararli odatlarga ega bo’lishi kabilarni kiritish mumkin. Bulardan tashqari tashqi muhit bilan organism ichki muhiti (gomeostozi) muvozanatini izdan chiqaradigan moslashuv jarayonlarining buzilishi ham kuchli xavf omili bo’lib hisoblanadi. 2.Inson salomatligini baholash me’zonlarini ishlab chiqish, sog’liq rezervlarini tadqiq etish va son ihatdan baholash. Salomatlikning miqdor va sifat ko’rsatkichlari bilan tavsiflanishi valeologiya ilmi uchun amaliy ahamiyatga egadir. Valeologiya fani uchun bo’lgan sifat ko’rsatkichlarga quyidagilar kiradi: Yil davomida turli xil nafas yo’llari kasalliklari bilan kasal bo’lmaslik; O’zini komfort holatida sezish; Subyektiv shikoyatlarning bo’lmasligi, obyektiv tekshirish jarayonida kasallik belgilarning uchramasligi; Mehnat qobilyatining o’zgarmasligi, ya’ni mehnat qilib charchamasligi; Biologik va valeologik yosh o’rtasida farq mavjudligi; Tana a’zolarining mutanosib rivolanishi.Inson organizmining miqdoriy o’rsatkichlari quyidagilarni o’z ichiga oladi: -antropometrik me’yoriy ko’rsatkichlarini, ya’ni tananing vazni, bo’yi, ko’krak aylanasi va hokozo; - teri osti yog’ qavatining qalinligi; - gemodinamik ko’rsatkichlar; qon bosimi, pul’s va boshqalar; - nafas olish tezligi, o’paning tiriklik sig’imi va shu kabilar; - fizilologik uyquning davomiyligi (odatda, 7-8 soat); - jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlari uchun qo’llaniladigan maxsus ko’rsatkichlar; - ovqatlanishning me’yoriy kalloriyasi; - qonning me’yoriy tarkibi va muhim bioimyoviy ko’rsatkichlari va boshqalar. 3.Sog’lom hayot tarzida yashashga o’rgatish va yo’naltirish. Sog’lom turmush tarzini – shunday yashash tarzii, unda odamlar salomatligiga ta’sir ko’rsatuvchi zararli omillar bo’lmasligi, inson ulardan ongli ravishda o’zini chetga olishi kerak. 4.Inson salomatligi va sog’liq rezerylarini sog’lom hayot tarziga yo’naltirish orqali saqlash va mustahkamlash kiradi. Sog’lom turmush tarzini shakillantirish deganda – har bir shaxsning kundalik hayotda uning salomatligiuchun foydali bo’lgan odatlarga o’rgatish, zararli odatlarga tiyilishga erishish, o’z salomatligiga foydali bo’lgan va xavfsiz turmush kechirish uchun zarur bilimlar bilan qurollantirish oqibqtida shaxsning o’zlashtirgan bunday bilimlarini uning kundalik odatiga aylantirishga erishishni tushunmoq kerak. Valeologiya fanining predmeti – insonning individual salomatligi va salomatligining zahiralari, shuningdek, sog’lom turmush tarzidir. Valeologiyaning obyekti – amalda sog’lom bo’lgan, shuningdek, kasallik oldi holatida bo’lgan insondir. Valeologiyaning e’tibor markazida turgan obyekt – bu, birinchidan, sog’lom inson; ikkinchidan, uning butun atrofi va ta’sir etuvchi omillar; uchinchidan, palologik jarayonning rivojlanish sabablari, organizmni salomatlik holatiga qaytarish mexanizmlari, himoya – moslashuv mexanizmlari, boshqacha aytganda- davolanish va normaga qaytish jarayonlari; to’rtinchidan, profilaktik va sog’lomlashtirish chora – tadbirlari; va beshinchidan, qarishning mexanizmlariva alomatlari hamda qarilik patologiyasining ham umuman qarishning oldini olishning ehtimoliy yo’llari. Valeologiyaning usuli nsog’lom va xavf guruhida qolgan insonga e’tibor qaratib, asosan sog’lom turmush tarziga o’tish orqali salomatlikni saqlash uchun inson organizmining funksional zaxiralaridan foydalanadi. Fanning maqsadi: tabiatning salomatligi, bundan esa jamiyatning salomatligi va har bir alohidagi insonning salomatligi kelib chiqadi. Bunda hayot falsafasidir: Valeologiya – inson salomatligi to’g’risidagi fan ekanligini isbotlash. “O’zligini anglash”ning valeologik hamiyatini tushintirish. Salomatlikka ta’sir ko’rsatuvchi omillarni o’rganish orqali organizmning ularga qarshi tura olish va zahiraviy imkoniyatlarini oshirish bilan bog’liq chora tadbirlarni ishlab chiqish. Odamlarning mehnatga qobilyatini oshiish va o’zini yaxshi his qilgan holda o’rtacha umr ko’rish davomiyligini uzaytirish.Salomatlikni baholash me’zonlarini ichlab chiqarish. Odamlarni sog’lom turmush tarzida yashashga o’rgatish har bir shaxs, eng avvalo, o’z salomatligining mustahkamligi ustida qayg’urishi va shu kabilarga da’vat etishlikdan iboatdir. O’z salomatligini saqlab qolish uchun ha birr inson eng avvalo, kasallikni o’z oganizmiga kiritmaslikka imkon beruvchi minimal bilimla majmuiga ega bo’lish lozim. O’zining bilimsizligi yoki ota-ona bilimsiz ekanligidan qat’iy nazar, ushbu bilimsizlik bacha kasalliklarning yagona sababi ekanligi tufayli bu juda dolzarb vazifadir. Ma’lumot yetishmasligi turli mish-mishlarga olib keladi. Tibbiyot sohasida ham xuddi shunday. Tibbiy va gigienik bilimlar etishmasligi noto’g’ri fikrlarni, turli sektalar, tabibala, ekstrasenslani keltiradi. An’anaviy sog’lomlashtirish choralari bilan birga hozirgi paytda yangi, noan’anaviy usullar paydo bo’lgan, ular muayyan insonga qaratilgan bo’lib, oqilona jihatlari mavjud. Davolashning muayyan usullari turlicha bo’lishi mumkin. Ba’zilar qo’lini qo’yib davolaydi, boshqalari – uqalashning alohida turi bilan, uchinchidan – sovuqqa o’rganish, to’rtinchilari – issiq bilan, beshinchilari – ma’lum parhez tutish va hokozolar bilan davolaydi. Bundan ularning har biri o’z usullaini ta’kidlab, uni yolg’iz samarali usul deb e’tirof etadi. Ko’rinib turibdiki, ushbu davolash usullari yordam beradigan bemorlar doirasi ham ayni bir xil. Bundan shu davolash usullarining o’ziga xos emasligi haqidagi xulosa kelib chiqadi. Boshqacha aytganda, ushbu davolash usullarining barchasi organizmning umumiy himoya kuchini oshirishga qaratilgan, bu profilaktik jihatdan ma’lum bo’lib, valeologiya nuqtai nazaridan ma’lum ahamiyatga ega. Salomatlik holatini umr davomida saqlab qolish insonning o’z qo’lida va buning uchun quyidagi yettita asosiy tavsiyalarga amal qilish lozim Xaddan tashqario’p ovqat yiyishdan o’zini tiyishi, o’z tana vaznini doimiy nazorat qilishi: Kun davomida belgilangan vaqtlarda ovqatlanish tartibiga rioya qilish: Mehnat va dam olishni to’g’ri tashkil qila olish: Tungi uyquni organism uchun yetarli bo’lishini ta’minlash: Faol xarakatlanish rejimiga rioya etish Chekishdan alkogolli ichimliklar ichishdan o’zini tiya bilish: Shaxsiy va jamoat gigienasiga amal qilish. Valeolog olim G.L. Apanasenko: “Inson salomatligi – kassallik va uning bosqichlariga qaraganda kengroq va umumiyroqdir, kasallik inson salomatligining xususiy ko’rinishi bo’lib, salomatligini pasayganligini, unda nuqson paydo bo’lganini o’rsatadi”. BJSST ta’rifiga ko’ra: “Salomatlik – kasallik, darmonsizlikning yo’qligi emas, balki bu jismoniy, ruhiy va ijtimoiy hotirjamlikdir”. Salomatlik tushunchasi to’liq va har taraflama asosli tavsiflab bera oladigan yagona ta’rifning yo’qligi keying paytlarda inson salomatligining “uchinchi holati”, degan tushuncha paydo bo’lishiga olib keladi. Uchinchi holat – salomatlik bilan kasallik orasidagi holat bo’lib, asosan quyidagi belgilarga ko’ra tashxislanadi: Asab tizimi faoliyatida nevrosteniya kasalligi belgilarining paydo bo’lishi, ishtahaning yo’qolishi, bosh og’rig’i, darmonsizlik, teri quruqlik kabilardir. Ayrim tadqiotchilar fikriga ko’ra 75-80% aholi doimiy ravishda uchinchi holatda umr kechiradilar. Valeologiya fanining asoschisi I.Brexmaanning fikriga o’ra uchinchi holat deb ataluvchi holatning shakillanishiga asosiy sabab sifatida : -tashqi muhit omillarining inson organizmiga zararli ta’siri: -tamaki chekish va muntazam ravishta alkogol ichimliklarini iste’mol qilish: - iqlim va noqulay ish sharoitlarida, tungi paytlarda mehnat qilish: - ovqatlanish tartibiga rioya qilmaslik: - qon bosimi past ko’rsatkichda bo’lishi: - qon tarkibida qand miqdori kam bo’lishi kabilarni ko’rsatish mumkin. Uchinchi holatning kelib chiqishining oldini olish bilan bog’liq mulohazalarni bildirish nazariy va amaliy jihatdan muhimdir. O’zbekiston respublikasi SSV salomatlik institute mutaxasisi X.Mo’minov sog’lom turmush tarzining quyidagi asosiy yo’nalishlarini taklif qilgan: To’g’ri va ratsional ovqatlanish; Harakarli turmush va badantarbiya; Kun va ish tartibini biologik qonuniyatlar asosida tashkil qilish;Jinsiy tarbiya, sog’lom oila; Ruhiy osoyishtalikni ta’minlash; Zararli odatlardan tiyilish; Shahsiy va jamoat sanitariyasiga rioya etish; Baxtsiz hodisa va jarohatlardan ehtiyotkorlik; Sog’lom turmush tarzi haqida bilim va malakaga aga bo’lish. Download 58.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling