1-mavzu Vаlеоlоgiyaning nаzаriy mеtоdоlоgik аsоslаri Reja


birinchisi: inson tabiatini uni o‘rab turuvchi atrof muhitning tabiiy xususiyatlari (fizis) yaratadi; ikkinchisi


Download 58.45 Kb.
bet2/16
Sana17.06.2023
Hajmi58.45 Kb.
#1549258
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
1-мавзу

birinchisi: inson tabiatini uni o‘rab turuvchi atrof muhitning tabiiy xususiyatlari (fizis) yaratadi;

  • ikkinchisi: jamiyat o‘zining ko‘rsatmalari yoki qonunlari bilan (nomos) izdan chiqqan inson tabiatini (fizis) qayta qurib shakllantiradi.

    Gippokratning birinchi qoidasini ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, uning fikricha inson tabiati turli tumandir. SHuning uchun odamlarning tana tuzilishi, mizojiga qarab to‘rt guruhga bo‘lish mumkin. Buyuk mutafakkir ularning kelib chiqishini dunyoning to‘rtta qutbi SHarq, G‘arb, SHimol, Janubning joylashishi bilan bog‘ladi. Dunyoning ushbu mamlakatlari bilan bog‘liq holda olim tabiatning to‘rtta asosiy xususiyatini ifodaladi: quruq, nam, sovuq va issiq. Keyinchalik qadimgi ko‘plab mutafakkirlar ham shu to‘rtta xususiyat bilan bog‘liq holda insonni o‘rab turuvchi tabiat, insonning tabiatini ham yaratadi, deb hisobladilar. Gippokrat ana shu ta’limotga asoslanib inson tabiatining turlarini aniqladi va quyidagi to‘rt guruhga kiruvchi odamlarni ajratdi: sangviniklar, xoleriklar, flegmatiklar va melanxoliklar.
    Gippokrat yaratgan ikkinchi qoida inson tabiatiga jamiyatning ta’siri bilan bog‘liq. Olim ushbu jarayonni o‘rganib, jamiyatdagi siyosiy tuzum, odamlarning turmush tarzi, mentaliteti, urf-odatlar va an’analarning ahamiyatini belgilab berdi. Mazkur yo‘nalishlarning har biri inson tabiatini shakllantirishda sezilarli ahamiyatga ega. Olim turmush tarziga alohida munosabat bildirdi: “..., odamlarning turmush tarziga ham alohida e’tibor berish lozim, ular ko‘p miqdorda ichish, eyish, bekorchilik va faqat xursandchilikka berilganmi yoki jismoniy faollikka katta e’tibor qaratib, mehnat bilan shug‘ullanishni, ko‘p emaslik va ichmaslikni afzal ko‘radimi:”. Gippokrat chiniqish, sport va jismoniy mehnatga katta e’tibor qaratib, insonning konstitutsion tavsifi va uning temperamentini atrof-muhit omillari belgilashini ta’kidladi. Olim sog‘lom odamlarda ijobiy turmush tarzini shakllantirishning foydalari haqida yozgan.
    Shunday qilib, Gippokrat insonning tabiatini uning jismoniy, ruhiy va o‘ziga xos xususiyatlari o‘rganish ta’limotini yaratdi. SHuningdek, insonning shakllanishiga ta’sir qiluvchi ijtimoiy omillarning rolini asoslab berdi. Asosiy mohiyati odamlarda ijobiy turmush tarzini shakllantirishga qaratilgan fanning rivojlanishiga asos solindi.
    Qadimgi Rimning mashhur shifokorlaridan biri Klavdiy Galen (e.o.129-199 yy.) odam organizmidagi “uchinchi holat” tushunchasiga asos solib valeologiyani rivojlantirishda buyuk mutafakkir sifatida tarixda qoldi. Birinchisi – sog‘liq, ikkinchisi – kasallik, “uchinchi holat” – bu organizm zahiralari tugab borishi oqibatida tizimlarning normal faoliyati izdan chiqadi.
    Uchinchi holatdagi insonlarning guruhi jamiyatda ko‘pchilikni tashkil etadi va ular sog‘lom odamlar bilan bir qatorda valeologiya fanining o‘rganish ob’ekti hisoblanadi.
    Quldorlik davrida asta-sekin odamlar sinflarga ajrala boshladi, ko‘p iste’mol qilish, kam jismoniy harakat ularning salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsata boshladi. SHu bilan birga doimiy epidemiya ko‘rinishida yuqumli kasalliklarning tarqalishi va o‘sishi hamda pandemiyalar odamlarning ko‘plab qirilib ketishiga sabab bo‘ldi. Ushbu omillar tibbiyotning davolovchi fan sifatida rivojlanishiga sabab bo‘ldi.
    Asrlar davomida tibbiyotning shiddat bilan samarali rivojlanishi tufayli davolash sohasida katta yutuqlarga erishildi. Biroq, inson salomatligini o‘rganish muammolariga va uni mustahkamlashga nisbatan kam e’tibor qaratila boshlandi.
    Juda qadim zamonlardan buyon kasalliklarni davolash usullarini ko‘p asrlik kuzatuvlari asosida haqiqiy halq tabobati paydo bo‘ldi va dastlabki xalq tabiblari shakllanib bordi.
    Tibbiyot taraqqiyoti jamiyatning tarixiy rivojlanish bosqichlari, ishlab chiqarish munosabatlari, ilm-fanning rivojlanishi va xalqning ma’naviy-madaniy hayoti bilan bevosita bog‘liq. Qadimgi faylasuflar, shifokorlar inson tabiatini koinotga o‘xshash deb, tasavvur qilishgan. Inson – kichik koinot sifatida suv, havo, olov va tuproqdan, shu bilan birga qattiq va suyuq jismlarning elementlaridan tashkil topgan. Ushbu tasavvurlar salomatlik va kasalliklar mohiyati haqidagi ta’limotning asosini tashkil qilar edi.
    Buyuk vatandoshimiz Abu Ali ibn Sino (980-1037) inson salomatligi haqidagi fanning asoschilaridan biri hisoblanadi. Uning mizoj haqidagi nazariyasi inson tabiatini belgilovchi xuddi shu elementlarga asoslanadi: issiq-sovuq, nam-quruq. Olim tomonidan gomeostaz – ichki muhit doimiyligining (balansning) buzilishi disgormoniyaga va kasalliklarga olib kelishini aniq isbotlab berilgan. Mashhur “Tib qonunlari” asari salomatlikni saqlash va mustahkamlash g‘oyalari asosida yozilgan. Tib qonunida “Salomatlikni saqlash haqida”gi bo‘lim alohida ajratilgan bo‘lib, organizmga atrof-muhit, ovqatlanish tartibi, turmush tarzi va boshqa omillarning ta’sir qilishi batafsil bayon etilgan. Olim tibbiyot tushunchasiga ta’rif berganda salomatlikni saqlash haqidagi fikrni aks ettirgan. Ibn Sino shunday yozgan edi: “Salomatlik – bu qobiliyat yoki holat bo‘lib, u tufayli bajariladigan funksiyasi belgilab qo‘yilgan a’zo benuqson bo‘ladi”. U insonlarni o‘rab turgan atrof muxit bilan yaqin aloqada bo‘lishini va tashqi muhit omillari o‘z navbatida uning salomatligiga ta’sir qilishini takidlab o‘tgan. Ibn Sino salomatlikni saqlashda jismoniy mashqlarning muhim rolini qayd etib, salomatlikni saqlashga qaratilgan tartibli hayot tarzida birinchi jismoniy mashqlar, undan keyin esa ovqatlanish tartibi va uyqu deb belgilagan. U shunday yozadi: “Me’yorida va o‘z vaqtida jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanadigan inson hech qanday davolanishga muhtoj emas”.
    Ibn Sinoning salomatlikni saqlash haqida yaratgan tamoyilida jismoniy mashqlarning o‘z vaqtida tizimli va me’yoriy bo‘lishi qayd etilgan. Buyuk olim turar joyni tanlashda uning joylashishi, erning holati, joyning balandligi, iqlim va ayniqsa suvning sifatiga alohida e’tibor qaratadi.
    Salomatlikni saqlashda olim quyidagi ettita omilga amal qilishni tavsiya etadi: “vazmin fe’lli bo‘lish, ovqatni tanlash, tanani ortiqcha narsalardan xalos etish, to‘g‘ri tana tuzilishini saqlash, burun orqali nafasni yaxshilash, kiyimni moslashtirish, jismoniy va ma’naviy holatni yaxshilash, bunga eng avvalo uyqu va uyg‘oqlik kiradi”.
    Ushbu tavsiyalarining asosida eng avvalo “Mizoj” nazariyasi turadi, u tibbiyot rivojlanishida keng targ‘ib qilinib katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Mizoj arab tilidan tarjima qilinganda “tabiat”, “xulq-atvor” ma’nosini bildiradi. Ushbu nazariya asosan gomeostaz, organizmning moslashish mexanizmlari kabi tushunchalar bilan ifodalanadi. Shu bilan bog‘liq holda ratsional ovqatlanish, ovqatlanish tartibiga amal qilish, suv iste’moli, organizmni sog‘lomlashtirish maqsadida vinodan me’yorida foydalanish masalalariga katta e’tibor qaratadi.
    Buyuk mutafakkir Abu Ali ibn Sino sog‘lom turmush tarzining asosiy omillarini belgilab bergan asoschilardan biri hisoblanadi. Olim tomonidan o‘sha davrdayoq inson salomatligini saqlashda individual yondoshuvning zarurati hamda organizm zahiralari va imkoniyatlarining ahamiyati belgilab berilgan. U asarlarida shunday yozgan: - “Bir odamga foydali bo‘lgan narsa, boshqa odam uchun zararli bo‘lishi mumkin”.
    Tibbiyot fani ulkan yutuqlarga erishgan bugungi kunda ham olim qoldirgan tavsiyalar o‘z dolzarbligini yo‘qotmadi. Abu Ali ibn Sino yaratgan “Tib qonunlari”ning olti yarim asr davomida insoniyatga xizmat qilishi bejiz emas albatta va u eng ko‘p nashr qilingan asarlardan biri hisoblanadi. Bugungi kunda ham ushbu asar nafaqat mutaxassislar, balki butun jamiyatning katta qiziqishiga sabab bo‘lmoqda.
    Valeologik yondoshuvlarning ilmiy kurtaklari o‘rta asrlardayoq paydo bo‘lgan. Ingliz faylasufi Frensis Benon (1561-1626) tibbiyot inson salomatligi falsafasiga asoslangan bo‘lishi kerakligini ta’kidladi. U tibbiyotni: salomatlikni quvvatlovchi, kasalliklarni davolovchi va hayotni uzaytiruvchi bo‘limlarga ajratgan, tibbiyotda davolash ustunligini va aholi salomatligini saqlashga qaratilgan ishlar yaxshi rivojlanmaganligini ko‘rsatib o‘tgan.
    Keyinchalik tibbiyot tarixining rivojlanib borish jarayonida salomatlik haqidagi ta’limot Sharqiy va G‘arbiy yo‘nalishlarga ajraldi. Agar G‘arbiy yo‘nalish borliqni materialistik anglash, tabiat va insonni o‘rganishda empirik va eksperimental yondoshuvlar bilan ko‘proq bog‘liq bo‘lsa, SHarqda – bu asosan ma’naviy-ruhiy, hissiy-estetik anglash va mushohada qilish bilan bog‘landi. Ushbu yo‘nalishlarga bog‘liq holda dunyoqarash asosan valeologik yondoshuvlar bilan birga rivojlanib bordi.
    XVIII-XIX asrlarning mutafakkirlari ma’naviy jihatning roliga va insonga xos xususiyatlarning mohiyatini tushunishda ruhiy, jismoniy va moddiy birlikka katta ahamiyat bera boshladilar. Shu bilan birga qadimda aksariyat olimlarda inson salomatligiga ta’sir qiluvchi turmush tarzining va hulqiy omillarning ahamiyati va roli haqida ishonch paydo bo‘lgan edi.
    O‘sha davr olimlarining fikriga asosan inson mohiyatini o‘rganish – salomatlik va kasallik tofialarini aniqlashning kaliti xisoblangan.
    Qadimgi sharq ta’limoti inson uchta darajadan iborat yoki uchta tanaga ega deb ta’kidlaydi: jismoniy (tananing butun anatomiyasi, uning jismoniy tuzilishi, uning asta-sekin qarishi); astral - insonning ruhiy-hissiy qirrasi, ya’ni uning aurasi yoki ma’lum energetikasi; mental - inson ruhiyatining va tafakkurining ifodalanishi, u eng avvalo ong, fikr va aql bilan bog‘liq bo‘ladi.

    Download 58.45 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling