Qiyosiy pеdаgоgikаning nаzаriy –mеtоdоlоgik аsоslаri. Reja


Download 14.73 Kb.
Sana29.01.2023
Hajmi14.73 Kb.
#1138366
Bog'liq
qiyosiy pedagogikaning nazariy metod


Qiyosiy pеdаgоgikаning nаzаriy –mеtоdоlоgik аsоslаri.
Reja:

  1. Qiyosiy pedagogikada metodologik yondashuvlar.

  2. Ambivalentli yondashuvlsr

  3. Insonparvar yondashuvlar



Tayanch tushunchalar:Qiyosiy pedagogika, tadqiqotlar, ambivalentli, kompleks, insonparvar, tarixiy, madaniy, etnopsixologik, aksiologik, metologik yondashuvlar.
Qiyosiy pedagogikada metodologik yondashuvlar. Bir o‘quv kursi doirasida dunyoning barcha davlatlaridagi ta‘lim tizimi to‘g‘risida barcha axborotlarni o‘rganib taqqoslab bo‘lmaydi. Chunki 2012 yilda mustaqil statusga ega bo‘lgan 257 mamlakat ro‘yxatga olingan. Shu bilan bir qatorda dunyoda o‘zining aniq statusiga ega bo‘lmagan davlatlar ham bor (Abxaziya). Shunga qaramasdan, hududiy jihatdan shuningdek, madaniyati va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi jihatdan bir xil yoki bir-biriga yaqin bo‘lgan davlatlarning ta‘lim tizimini umumlashtirgan holatda o‘rganish mumkin. Ana shunday murakkab vazifani bajarish uchun turli metodologik yondashuvlarni birgalikda qo‘llash talab etiladi. Qiyosiy pedagogika sohasidagi tadqiqotlar uchun ambivalentli, kompleks, insonparvar, tarixiy, madaniy, etnopsixologik, aksiologik kabi metologik yondashuvlar alohida ahamiyat kasb etadi.
Ambivalentli yondashuv u yoki bu hodisaning rivojlanish jarayonidagi ziddiyatli tendensiyalarni tadqiq qilishda qo‘llaniladi; qiyosiy pedagogika muammolarini muayyan mamlakatdagi ta‘lim taraqqiyotining xususiyati va o‘ziga xosligi o‘rtasidagi ziddiyatlarni hisobga olgan holda hal etish imkonini beradi. Bu yondashuv shuningdek, ko‘pgina davlatlarga xos bo‘lgan ta‘lim taraqqiyotidagi inqirozli hodisalarni tahlil qilishda ham qo‘llaniladi.
Kompleks yondashuv zamonaviy ta‘limning ko‘proq ahamiyatga ega bo‘lgan komponentlarini (masalan: ta‘lim mazmuni, metodlari, ta‘limni tashkil etish shakllari, tarbiya qadriyatlari, ta‘limni asosiy bosqichlari yoki darajalar sh.k.)ni ajratish va tahlil etish ahamiyatli sanaladi. Ushbu yondashuvni qo‘llash orqali turli ta‘lim tizimlarini u yoki bu asosini o‘zaro taqqoslash mumkin bo‘ladi. Turli ta‘lim tizimlarini taqqoslash uchun zamonaviy ta‘lim tarkibiy tuzilmasiga kiruvchi ta‘lim va tarbiya maqsadi (bu ta‘lim tizimi g‘oyasi to‘g‘risida tasavvur hosil qiladi) muhim ahamiyatga ega.
Insonparvar yondashuv ta‘lim jarayonida shaxs, uning o‘rni, ahamiyatini aniqlash yo‘l va usullarini tushunishga yordam beradi. Bu o‘rinda pedagogning ham, tarbiyalanuvchining ham subyekt pozitsiyasi asosiy o‘rinda turadi. Turli mamlakatlarda ta‘limning insonparvar rivojlanish imkoniyatlarini tahlil qilish hamda ta‘limni insonparvarlashtirishda o‘zlarining salmoqli hissalarini qo‘shgan ta‘lim va maorif arboblarini o‘rganishga yordam beradi. Shuningdek, bu yondashuv turli ta‘lim tizimlarida o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida o‘zaro munosabatni, u yoki bu ta‘lim muassasasida har bir ta‘lim oluvchining ijtimoiy va individual pozitsyasini tushunishga ham yordam beradi.
Tarixiy yondashuv turli davlatlarda ta‘limning davrlar va o‘zgarib boradigan tarixiy, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va boshqa shart-sharoitlarda rivojlanish jarayoni, dinamikasini tahlil etish va tavsiflash imkonini beradi. Ushbu yondashuvni amalga oshirish jarayonida u yoki bu davlatning ta‘lim tizimini shakllantirish va rivojlantirishga poydevor vazifasini bajargan tarixiy voqea hamda hodisalarni hisobga olish zarur.
Madaniy yondashuv- jamiyatningumumiy madaniy rivojlanishi asosida ta‘lim jarayonida yuz beradigan o‘zgarishlar, yuksalishlarni kuzatish imkoniyatini beradi.
Etnopsixologik yondashuv- xalqlarning milliy xususiyatlari asosida milliy qadriyatlari, urf-odatlari, an‘analarining yosh avlod ta‘lim-tarbiyasiga ta‘sirini o‘rganishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Har bir xalq, millatning o‘zigagagina xos madaniy-ma‘naviy boyligi, mentaliteti ta‘limning rivojlanishini belgilovchi asosiy omillardan biri hisoblanadi.
Aksiologik yondashuv-ijtimoiy tajribaning avloddan-avlodga o‘tishi jarayonida qadriyatlar va g‘oyalarning hal qiluvchi ta‘sirini tahlil qilishga yordam beradi.
Qiyosiy pedagogika bugungi kunda ta‘lim-tarbiya nazariyasi va amaliyotining rivojlanish qonuniyatlari va tendensiyalarining farqli xususiyatlarini qiyosiy o‘rganadi. Qiyosiy pedagogika mamlakatda tanlangan maktab siyosatini yangilash va hayotiylashtirish uo’llarini belgilashda maslahat berish, qabul qilingan qarorlar natijalariga ta’sir ko’rsatadigan shart-sharoit, tanlangan siyosatning oqibatlarini va uni amalga oshirish yo‘llarining to‘g‘riligini oldindan ko‘ra bilish kabi vazifalarni tahlil qiladi.
Download 14.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling