1-mavzu. Varvar qabilalari, Franklar davlati va Vizantiya imperiyasi Reja


Download 70.17 Kb.
bet3/6
Sana02.02.2023
Hajmi70.17 Kb.
#1146846
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-mavzu. Varvar qabilalari, Franklar davlati va Vizantiya davlati

4. Buyuk Karl davlati. VII asrning oxiri - VIII asrning boshlarida Franklar davlati butunlay parchalanib ketdi. Pipin Geristalskiyning g‘alaba qozongan bo‘lishiga qaramay, Neystriya va Burgundiya magnatlari hali ham o‘zlarini markaziy hokimiyatga u qadar qaram emas, deb his qilar edilar. Akvitaniya qirolligidan tamoman ajralib chiqqan Avstraziya gersogi Akvitaniyaning hokimiyatini tan olmagan edi. Reynning narigi tomonidagi qabilalar - allemanlar, frizlar, sakslar va bavarlar ham qirollikdan ajralib chiqadi. Janubi-g‘arbda arablar xavf tug‘dira boshlaydilar, hatto VIII asrning 20- va 30-yillarida butun Franklar davlati arablar tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bosib olinish xavfi ostida qolgandi.
Lekin yangi sulola ana shunday og‘ir bir sharoitda qirollikning harbiy kuchlarini qaytadan tashkil etib, tashqi dushmanga zarba berishga muvaffaq bo‘ldi. Bu sulola yanada feodallashgan oqsuyaklarning ta’sirini cheklash hamda o‘rta va mayda harbiy xizmatchilarga suyanib, qirollikni bir qadar markazlashtirishga harakat qildi. Bunda ayniqsa Karl Martell tomonidan amalga oshirilgan islohotlar katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Karl Martell Franklar davlatida qirol hokimiyatini juda kuchaytirdi. Uning taxt vorisi Pipin III Pakana (741-768 yillar) ham dastlab faqat mayordam unvoni bilan yurgan bo‘lsa-da, lekin davlatni boshqarishda hal qiluvchi rol o‘ynar edi.
Uning davrida ham qirollar odatda davlatni idora etishda qatnashmasdilar. Nihoyat, Pipin davlat o‘zgarishi yasab, har qanday hokimiyatdan mahrum bo‘lgan eski sulolani taxtdan tushirib, 751 yilda franklarning qiroli deb e’lon qilindi. Karolinglar sulolasi shu tariqa rasmiylashgan edi. Oradan ko‘p vaqt o‘tmay, G‘arbiy Germaniyadagi frank missionerlarining ishiga boshchilik qilib turgan Mayns arxiyepiskopi Bonifatsiy papaning buyrug‘iga ko‘ra Pipinni qirol deb tanish udumini o‘tkazdi. Shunday qilib, yangi sulola cherkovdan o‘ziga kerakli sanksiya olishga muyassar bo‘ldi. Pipinning o‘g‘li Buyuk Karl imperator unvonini olib, juda katta hokimiyatni qo‘lga kiritishga erishdi. Buyuk Karl amaldorlar orqali, imperatorning maxsus farmonlarini chiqarish, mahalliy hokimiyatni bir qadar muntazam nazorat qilib turish yo‘li bilan idora etuvchi markazlashgan davlat tuzishga harakat qildi.

Download 70.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling