1-mavzu. Varvar qabilalari, Franklar davlati va Vizantiya imperiyasi Reja
Download 70.17 Kb.
|
1-mavzu. Varvar qabilalari, Franklar davlati va Vizantiya davlati
Buyuk Karl (taxminan 742 - 814) - Karolinglar sulolasining monarxi, 768 yildan franklar qiroli, 800 yilda imperator sifatida toj kiygan. Jami 46 yil davlatni boshqargan.
Buyuk Karl juda bo'yinli, bo'yi baland, baquvvat odam sifatida tasvirlangan. An'anaga ko'ra u sariq sochli deb aytilgan, ammo ba'zilar buning sababi uning sochlari haqida yomon tarjima bo'lishi mumkin deb o'ylashadi. Buyuk Karl karolinglar dinastiyasining eng atoqli namoyandasi edi. U 46 yil hukumronlik qildi. (768-814).Karl katta sarkarda va istilochi edi. Tarkib topayotgan frank feodal davlati Karl davrida juda katta agressiv siyosat yurgizdi. Juda ko’p joylarni istilo qilib, Buyuk Karl juda katta bir davlatga boshliq bo’ldi. Rim imperiyasi qulagandan keyin G’arbiy Yevropada Karl Buyuk davlatidek katta davlat dunyoga kelmagan edi. Bu davlat franklardan tashqari o’nlab boshqa qabila va xalqlarni o’z ichiga olgan edi. Buyuk Karlning shaxsan o’zi 50 dan ortiq yurushda qatnashdi. U Yevropaning turli joylarida urush qildi. U avvalo langobardlar masalasiga juda katta e’tibor berdi. Langobardlar Pipin tomonidan tor mor qilingan bo’lishiga qaramay, langobardlar saroyida franklar bilan ittifoqda bo’lishga qarshi turgan guruh bor edi.773-774 yillarda Karl langobardlarga qarshi yana urush ochdi. U Langobardlar poytaxti Paviyani bosib oldi va langobardlar karoli Dezideriyni taxtdan tushirdi. Langobardiya shundan keyin o’z mustaqilligini yo’qotdi, frank davlatiga qo’shib olinib, graflar tomonidan idora qilina boshlandi. Keyinchalik Karl Langobardiyaga o’zining o’g’li Pipinni vitse-qirol qilib tayinladi. VIII asrning 70-yillarida Karl arablar bilan ham urushdi. U 778-yilda Pirineya tog’lari orqasiga yurush qilib,Saragosa shahrini bosib olishga urindi. Yurush muvaffaqiyatsiz chiqdi, Saragosani ololmadi. Qaytishda Ronseval darasida franklar ilg’origa mahalliy aholi – basklar hujum qildi. Bu jangda franklar otryadi deyarli butunlay qirib tashlandi.Halok bo’lganlar qatorida Bretan markasining grafi Roland ham bor edi. Keyinchalik bu epizod “Roland haqida qo’shiq” nomli mashhur dostonga aylandi. Bu doston ancha keyin yozildi. 778-yilda Ispaniyaga qilingan yurush muaffaqiyatsizlikka uchragan bo’lsada franklarning Piriney tog’laridan oshib o’tishlarini o’zi diqqatga sazovordir. Keyinchalik VIII asrning oxiri va IX – asrning huddi boshida franklar Pirineya tog’lari orqasiga yana bir necha marta harbiy yurush qildilar. Bu yurushlar natijasida Pirineya tog’lari bilan Ebro daryosi o’rtasidagi viloyat bosib olindi. Bu yerda ispan markasi deb atalgan alohida bir chegara okrug tuzildi, bu okrugga keyincha Barselona grafligi deb nom berildi. Notinch Akvitaniya ustidan nazoratni kuchaytirish uchun Karl u yerga boshqa bir o’g’li Lyudovikni noib qilib tayinlab, unga Akvitaniya qiroli unvonini berdi. Lekin Buyuk Karl urushlarning ko’pini sharqda – Markaziy Yevropada olib bordi. U sakslar bilan bo’lgan urushlarga ayniqsa ko’p kuch sarf qildi. Bu urush qattiq bo’lib, 30 yildan ortiq (772-804) davom etdi. Franklarni qo’shmaganda sakslar G’arbiy Germaniyada yashagan qabilalar ichida eng katta qabila edi. Ular Reyndan Elbagacha cho’zilgan joyda katta yerda o’rnashgan edi. Sakslarning asosiy qismi urug’chilik aloqalari va qabila ichidagi aloqalar bilan o’zaro mahkam bog’langan erkin dehqonlar shu bilan bir vaqtda jangchilardan iborat edi. Biroq, ular tarqoq holda bo’lib juda ko’p qabilalarga va qabilaviy guruhlarga bo’lingan edi, bu qabilalar va qabilaviy guruhlar uzluksiz ravishda bir-biri bilan urushib turardi. Ularning ishlab chiqaruvchi kuchlari darajasi shaharlar va savdo mutlaqo yo’q edi, shuningdek, ularning qurol – aslahalari va urushish usullari franklarning iqtisodiy va ijtimoiy – siyosiy taraqqiyot darajasidan past edi. Feadallashib borayotgan frank zodogonlarining sakslarga qarshi olib borgan urushi feadallarga hos urush edi. Franklar o’z oldilariga sakslar yerini bosib olish va ularning o’zini krepasnoylarga aylantirishni maqsad qilib qo’ygan edilar. Saksoniyaga qarshi urishishning yana bir sababi bor edi. Karl Baltika dengiziga chiqishga harakat qiladi, Boltiq dengizi VIII asrning oxiri va IX asrning boshlarida katta savdo ahamiyatiga ega edi. Frank qiroli Boltiq savdosidan katta-katta soliqlar olishni mo’ljallar edi. Sakslar bilan urishish vaqtida Karl Sharqiy Yevropadagi boshqa xalqlar bilan ham urish olib borishga majbur bo’ldi. U Polab slavyanlari bilan urushdi va bu qabilalardan ba’zilariga - lyutichlariga va lujichanlarga-o’lpon soldi. Dunayning o’rta oqimidagi kuchli Avar hoqonligi franklarga qaram bo’ldi. Dunayning yuqori oqimidagi Bavariya qirolligi tamomila bosib olindi, ilgari bu qirollik franklarga onda sonda hiroj to’lab turar edi. Frank qiroli qo’l ostidagi yerlarningjuda kengayib ketishi, tabiiy, Buyuk Karl va uni maslahatchilarini unvonini o’zgartirish to’g’risida o’ylashga mafbur qildi. 800 yilda Karl Rimda bo’lgan vaqtida papa unga “rimliklar imperatori” tojini kiydirdi, “Rimliklar imperatori” degan ta’rifning qiziq joyi shundaki, bu ta’rif Rim traditsiyasining IX asrda ham odamlarga juda katta ta;sir o’tkazganligini ko’rsatadi. Karl franklar imperatori deb emas, balki Rimliklar imperatori deb e’lon qilindi, vaholanki, bu vaqtda endi rimliklar degan xalq yo’q edi. Bir oz vaqtdan keyin Sharqiy Rim-Vizantiya imperatori ham Karlning “bazilevsa” unvonini tan olishga majbur bo’lidi, udastlabki vaqtlarda bunga qattiq qarshilik qilib kelgan edi. Karlning zamondishi Bag’dod xalifasi Xorun ar Rashid ham Karlni imeprator deb tanidi va bular bir-birlariga elchilar yuborishdi. Karolinglar sulolasi davrida mayordam mansabi tugatiladi. Natijada saroy grafining roli oshadi. Bu davrda diniy ishlar bilan shug‘ullanuvchi arxikapellana degan mansab vujudga keladi. Bu odatda dindor shaxs bo‘lib, unga keyinchalik devonxona ham bo‘ysundirilgan. Endi u farmonlar tayyorlash, ularni saqlash ishlari bilan shug‘ullangan, uning eng birinchi yordamchisi kansler edi9. Bundan tashqari, imperator tomonidan deyarli har yili kuzda feodallarning syezdlari ham chaqirilar edi. Unda eng muhim kapitulyariylarning hammasi muhokama qilinardi. Oqsuyaklarning haqiqiy siyosiy ahamiyatga ega bo‘lgan ana shu kuzgi syezdlariga qarama-qarshi o‘laroq, may dalalari deb atalmish eski harbiy yig‘ilishlar - askarlarning yig‘ilishlari (bu yig‘ilishlar qadimgi german xalq yig‘ilishlarining qoldig‘i edi) Karolinglar zamonida oddiy bir harbiy ko‘rik bo‘lib qolgan edi. Bu ko‘rikda endi imperator tomonidan tasdiqlangan farmonlar ma’lumot uchungina e’lon qilinardi. Buyuk Karl zamonida cherkov sudlari ham paydo bo‘ldi. Bundan tashqari, aralash tarkibdagi sudlar ham vujudga keldi. Buyuk Karl davlatning hamma fuqarolaridan jon boshiga harbiy xizmat talab etishni bekor qilib, faqat yer egalarinigina harbiy xizmatga jalb etdi. Mayda yer egalari 3-4 dehqon uchastkalaridan bittadan qurolli kishi taqdim qilishlari lozim edi. Shu tariqa xalq lashkarlari butunlay malakali jangchilar bilan almashtirildi. Buyuk Karl zamonida harbiy benifitsiyalar tizimining avj olishi, erkin dehqonlarning zaiflashuvi va tushkunlikka uchrashi oqibatida dehqonlar harbiy xizmatni o‘tashga tobora kamroq chaqiriladigan bo‘ldi. Lekin benifitsiyalarning ham faqat bir qismi imperatorga, ko‘pchiligi esa katta yer egalariga - magnatlarga qaram edi, bu magnatlar harbiy yurishlarga odatda “o‘z sodiq kishilari”dan butun-butun otryadlar olib kelardilar. Shunday qilib, Buyuk Karl qo‘shini haqiqatda uning o‘ziniki bo‘lmay, balki tobora aniqroq tashkil topgan katta feodallar qo‘shini edi, bu feodallarning esa juda ko‘p pomestelari bo‘lib, ular joylarda keng siyosiy huquqlarga ega edi, ularning qaramog‘ida ko‘plab mayda ritsarlar bor edi10. 814 yilda imperator Buyuk Karl o’ladi. Franklar imperiyasining yangi hukmdori Lyudovik Taqvodor o'zining mashhur otasining xarizmasining bir qismiga ham ega emas edi. U o'z davri uchun juda ma'rifatli odam edi. Uni hukumat va harbiy yurishlardan ko'ra ko'proq ilohiyot va rohiblar bilan muloqot qiziqtirardi. Sulola siyosatida muammolar bor edi. Uchta o’g’il tug'ilgandan so'ng, imperator ulkan imperiyani uch qismga bo'lish haqidagi vasiyatnoma loyihasini tayyorladi. Ammo u shoshilgan edi. Hukmdorning ikkinchi nikohidan Karl ismli o'g'li bor edi, unga meros sifatida yer qoldirishi kerak edi. Oilada jiddiy kelishmovchiliklar bor edi. 840 yilda Lyudovik Taqvodor vafot etishi bilanoq, aka-uka o’rtasida urush boshlandi. Kichik ukalar Lyudovik Nemis va Karl Kal bosh merosxo'r Lotarga qarshi kurashda birlashdilar. 841 yil 25 iyunda Fontenoy-en-Pyuis jangida ikki aka-uka qo'shinlari Lotar qo'shinini yengishadi. Ammo urush shu bilan tugamadi: Lotar ukalarining yerlariga bostirib kirishda davom etdi. 842-yil 14-fevralda Reyn qirg‘og‘idagi Strasburg shahrida Lyudovik va Karl bitim tuzishdi. Ushbu uchrashuvdan keyin qolgan hujjatlar Strasburg qasamyodlari deb ataladi. Bitim matni ikki shevada - qadimgi nemis va proto-fransuz tillarida yozilgan. Lotar bilan shiddatli kurash asta-sekin tugaydi, ikkala tomonning ham urush olib borish uchun kuchi va resurslari tugadi. Bir yil o'tgach, 843 yil 11 avgustda urushayotgan karolinglar Verdun yaqinidagi Lotaringiyada bitim tuzishadi. “Verden bo'linishi” Lyudovik Taqvodor merosxo'rlariga tegishli yerlarni aniq belgilashni nazarda tutgan. Karl Kalga g'arbiy yerlar: bugungi Fransiya, Niderlandiyaning bir qismi va ispan markasi berildi. Buyuk Karl imperiyasining sharqiy qismi Lyudovik Nemisga o'tdi. Lotar langobardlar qiroli unvonini saqlab qoldi, Italiyaning shimoli, Shveysariya yerlarini va Niderlandiyaning ko'p qismini egalladi. Oilaning to’ng’ichi sifatida u ham Rim papasining qo'lidan imperator tojini oldi. Lotarning yerlari tarixga “Lotaringiya” nomi bilan kirdi. Bu hududlar G'arbiy va Sharqiy Franklar qirollarining merosxo'rlari o'rtasidagi tortishuvga aylanadi va 870-yilda Lotar qirolligining yerlarini o'zaro bo'lib olishadi. Download 70.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling