1-mavzu. Viloyat (tuman, shahar) byudjeti daromadlari tarkibi, tuzilishi, miqdori va dinamikasini o‘rganish

Download 22.21 Kb.
Sana20.06.2023
Hajmi22.21 Kb.
#1635878
Bog'liq
1 mavzu

1-mavzu. Viloyat (tuman, shahar) byudjeti daromadlari tarkibi, tuzilishi, miqdori va dinamikasini o‘rganish
Budjet daromadlari mamlakat budjet jamg‘armasini shakllantirish jarayonida davlat bilan korxona (birlashma)lar, tashkilotlar v fuqarolar o‘rtasida paydo bo‘ladigan iqtisodiy munosabatlarni ifoda etadi. Bu iqtisodiy munosabatlar korxonalar, tashkilotlar va aholi tomonidan budjetga to‘lanadigan turli to‘lovlar ko‘rinishida yuz beradi, ularning moddiy-ashyoviy ifodasi budjet jamg‘armasiga yo‘naltiriladigan pul mablag‘lari hisoblanadi.
Budjet daromadlari, bir tomondan, ijtimoiy mahsulot qiymatini takror ishlab chiqarish jarayonidagi turli ishtirokchilar o‘rtasida taqsimlash natijalari bo‘lsa, ikkinchi tomondan, davlat qo‘lida to‘plangan qiymatni yana qayta taqsimlash obyekti hisoblanadi, chunki bu qiymat hududiy, tarmoq va maqsadli yo‘nalishidagi budjet jamg‘armalarini shakllantirishda foydalaniladi.
Turli mamlakatlarda daromadlarning shakllanishini tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, konkret to‘lov turlari xilma-xil bo‘lishiga qaramay hamisha budjetga pul tushumlarining asosan uchta manbai mavjud bo‘lgan va hozir ham shunday. Ular:

  • davlat mulki, umumdavlat resurslari. Ulardan foydalanganlik uchun haq olinadi, muayyan badallar to‘lanadi;

  • jismoniy va yuridik shaxslardan turli soliqlar va yig‘imlar ko‘rinishida undiriladigan majburiy to‘lovlar;

  • davlat zayomlarini qimmatli qog‘ozlar va lotereyalarni sotishdan, bankdagi qo‘yilmalar bo‘yicha olingan daromadlar shakllarida jalb qilingan resurslar.

Davlat budjeti daromadlarining tarkibi (ularni jamlash shakllari) davlatning moliyaviy siyosati bilan belgilanadi. O‘zbekiston Respublikasining “Budjet tizimi to‘g‘risida”gi qonunini 11-moddasiga asosan Davlat budjeti daromadlari:

1) qonun hujjatlarida belgilangan soliqlar, yig‘imlar, bojlar va boshqa majburiy to‘lovlar;
2) davlatning moliyaviy va boshqa aktivlarini joylashtirilishi, foydalanishga berilishi va sotilishidan olingan daromadlar;
3) qonun hujjatlariga muvofiq meros olish, hadya etish huquqi bo‘yicha davlat mulkiga o‘tgan pul mablag‘lari;
4) yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet el davlatlaridan kelgan qaytarilmaydigan pul tushumlari;
5) rezident-yuridik shaxslarga va chet el davlatlariga berilgan budjet ssudalarini qaytarish hisobiga tushadigan to‘lovlar;
6) qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromadlar hisobiga shakllantiriladi.
Eng avvalo, Davlat budjeti daromadlari o‘zlarining manbalariga ko‘ra quyidagi uch guruhga bo‘linadi :

  • soliqli daromadlar;

  • soliqsiz daromadlar;

  • qaytarilmaydigan tarzda o‘tkaziladigan pul mablag‘lari.

Taxlil:
Ushbu reja bo’yichaa Qashqadaryo viloyati shahrisabz shahar moliya jami daromadlardagi salmog’i va daromadlar hajmining o’zgarish dinamikasiga ta’sir etgan omillarni o’rganib chiqdim va tahlil qildim. Bunda shuni aytish mumkinki shahrisabz shahar maxalliy byudjet daromadlar hajmi aniqlangan reja bo’yicha 67 001 744,bajarilishi esa 73 739 782, farqi 6 738 038,5, foizda esa 110,1 foizni tashkil etadi. Shuni aytish mumkinki pandimiya davri daromadlar hajmiga sezilarli darajada o’z ta’sirini o’tkazgan.Shu jumladan: bir qancha sohalarda daromadlar pasayishini ko’rish mumkin.
Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq -1 230 543
Barcha mulk shaklidagi kichik korxonalar uchun yagona soliq -2 165 792
Tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi jismoniy va yuridik shaxslarning daromadiga solinadigan soliq -196 513
O’z navbatida bir qancha sohalarda daromadlar salmog’ini oshganini aytish mumkin.

Tahlil:
Ushbu reja bo’yicha shahrisabz shahar byudjet xarajatlarini jami salmog’i va xarajatlar hajmining o’zgarish dinamikasiga ta’sir etgan omillarni o’rganib chiqdim. Bunda shuni aytish mumkinki jami xarajatlar aniqlangan reja bo’yicha 220 407 546, bajarilishi esa 229 485 684, farqi 9 078 138, foizda esa 104,1 ni tashkil etadi.Jadvaldan ko’rish mumkinki xarajatlar bir qancha sohalarda kamayganini ko’rish mumkin. Masalan:
Xalq talimi -20 780
Sog’liqni saqlash -102 402
Maxalliy o’z-o’zini boshqaruvchi organlar -1 495
Zaxira jamg’armasi -8 601
Ijtimoiy ko’nikma markazi -12 771
Va shuningdek bir qancha sohalarda xarajatlar miqdori rejadan oshib ketganligini ham ko’rish mumkin.Sog’liqni saqlash ta’lim va boshqa sohalarga davlat byudjetidan qo’shimcha mablag’lar ajratilishi xarajatlarni ham oshishiga olib keladi.

Xulosa qilib aytish mumkinki shahrisabz shahar daromadlar salmog’i yildan yilga o’sish suratlarda rivojlanmoqda buning sababi Prezdentimiz Shavkat Miromonivich Mirziyoyevning tadbirkorlarga berayotgan yengilliklari va soliq stavkalarini pasayganligi tadbirkorlikning rivojlanishiga turtki bo’lyapti va o’z navbatida bu tuman va shaxar byudjet daromadlarining o’sishiga olib keladi.

Taxlil:
Ushbu reja bo’yicha shahrisabz shahar byudjet xarajatlarini jami salmog’i va xarajatlar hajmining o’zgarish dinamikasiga ta’sir etgan omillarni o’rganib chiqdim. Bunda shuni aytish mumkinki jami xarajatlar aniqlangan reja bo’yicha 220 407 546, bajarilishi esa 229 485 684, farqi 9 078 138, foizda esa 104,1 ni tashkil etadi.Jadvaldan ko’rish mumkinki xarajatlar bir qancha sohalarda kamayganini ko’rish mumkin. Masalan:
Xalq talimi -20 780
Sog’liqni saqlash -102 402
Maxalliy o’z-o’zini boshqaruvchi organlar -1 495
Zaxira jamg’armasi -8 601
Ijtimoiy ko’nikma markazi -12 771
Va shuningdek bir qancha sohalarda xarajatlar miqdori rejadan oshib ketganligini ham ko’rish mumkin.Sog’liqni saqlash ta’lim va boshqa sohalarga davlat byudjetidan qo’shimcha mablag’lar ajratilishi xarajatlarni ham oshishiga olib keladi.
Download 22.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling