1-mavzu. Viloyat (tuman, shahar) byudjeti daromadlari tarkibi, tuzilishi, miqdori va dinamikasini o‘rganish


Download 14.95 Kb.
Sana26.06.2023
Hajmi14.95 Kb.
#1656363
Bog'liq
1 mavzu


1-mavzu. Viloyat (tuman, shahar) byudjeti daromadlari tarkibi, tuzilishi, miqdori va dinamikasini o‘rganish
Budjet daromadlari mamlakat budjet jamg‘armasini shakllantirish jarayonida davlat bilan korxona (birlashma)lar, tashkilotlar v fuqarolar o‘rtasida paydo bo‘ladigan iqtisodiy munosabatlarni ifoda etadi. Bu iqtisodiy munosabatlar korxonalar, tashkilotlar va aholi tomonidan budjetga to‘lanadigan turli to‘lovlar ko‘rinishida yuz beradi, ularning moddiy-ashyoviy ifodasi budjet jamg‘armasiga yo‘naltiriladigan pul mablag‘lari hisoblanadi.
Budjet daromadlari, bir tomondan, ijtimoiy mahsulot qiymatini takror ishlab chiqarish jarayonidagi turli ishtirokchilar o‘rtasida taqsimlash natijalari bo‘lsa, ikkinchi tomondan, davlat qo‘lida to‘plangan qiymatni yana qayta taqsimlash obyekti hisoblanadi, chunki bu qiymat hududiy, tarmoq va maqsadli yo‘nalishidagi budjet jamg‘armalarini shakllantirishda foydalaniladi.
Turli mamlakatlarda daromadlarning shakllanishini tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, konkret to‘lov turlari xilma-xil bo‘lishiga qaramay hamisha budjetga pul tushumlarining asosan uchta manbai mavjud bo‘lgan va hozir ham shunday. Ular:



  • davlat mulki, umumdavlat resurslari. Ulardan foydalanganlik uchun haq olinadi, muayyan badallar to‘lanadi;

  • jismoniy va yuridik shaxslardan turli soliqlar va yig‘imlar ko‘rinishida undiriladigan majburiy to‘lovlar;

  • davlat zayomlarini qimmatli qog‘ozlar va lotereyalarni sotishdan, bankdagi qo‘yilmalar bo‘yicha olingan daromadlar shakllarida jalb qilingan resurslar.

Davlat budjeti daromadlarining tarkibi (ularni jamlash shakllari) davlatning moliyaviy siyosati bilan belgilanadi. O‘zbekiston Respublikasining “Budjet tizimi to‘g‘risida”gi qonunini 11-moddasiga asosan Davlat budjeti daromadlari:


1) qonun hujjatlarida belgilangan soliqlar, yig‘imlar, bojlar va boshqa majburiy to‘lovlar;
2) davlatning moliyaviy va boshqa aktivlarini joylashtirilishi, foydalanishga berilishi va sotilishidan olingan daromadlar;
3) qonun hujjatlariga muvofiq meros olish, hadya etish huquqi bo‘yicha davlat mulkiga o‘tgan pul mablag‘lari;
4) yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet el davlatlaridan kelgan qaytarilmaydigan pul tushumlari;
5) rezident-yuridik shaxslarga va chet el davlatlariga berilgan budjet ssudalarini qaytarish hisobiga tushadigan to‘lovlar;
6) qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromadlar hisobiga shakllantiriladi.
Eng avvalo, Davlat budjeti daromadlari o‘zlarining manbalariga ko‘ra quyidagi uch guruhga bo‘linadi :



  • soliqli daromadlar;

  • soliqsiz daromadlar;

  • qaytarilmaydigan tarzda o‘tkaziladigan pul mablag‘lari.

Download 14.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling